Avtomobil yo’llaridagi muhandislik inshootlari




Download 5.75 Mb.
bet22/97
Sana09.06.2022
Hajmi5.75 Mb.
#23330
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   97
Bog'liq
N.Saydazimov DARSLIK (1)
Ijodiy shaxsning mahorati va qobiliyatlari, Jaloliddinova Sarvinoz Kalomiddin qizi (0), RIVOJLANISHDA NUQSONI BOR BOLALAR TASNIFI
Temirbeton ko‘priklar uchun ishlatiladigan betonlarga qo‘yiladigan talablar. Ko‘priklar juda qiyin sharoitlarda ekspluatatsiya qilinadi. Ular og‘ir harakatlanuvchi yuklar ta’sirida turadi: ularning yuk ko‘tarish konstruksiyalarini har xil atrof-muhit ta’siridan; haroratning o‘zgarishi, namlik, zararli gazlar himoya qilinmagan; ularning tayanchlari muz oqimlarining, daryodagi har xil ildizlar va boshqa narsalarning oqib kelishi, daryodagi oqim sathining yil davomida o‘zgarib turishining faol ta’sirida bo‘ladi. Ko‘priklar ishlatilayotgan vaqtdagi og‘ir sharoit, ularni qurish vaqtidagi ishlab chiqarish shartlari ko‘prik uchun ishlatiladigan material va buyumlarga bir qator talablarni qo‘yadi.
Temirbeton ko‘prik uchun ishlatiladigan betonga quyidagi talablar qo‘yiladi: yuqori mustahkamlik, suv va gaz o‘tkazmaslik xossasi, muzlashga chidamlilik, kimyoviy chidamlilik, betonning kerak bo‘lgan qotish vaqti, qulay joylashuvchanlik, qo‘zg‘aluvchanlik va uning hajmini qotish davridagi kichrayishi. Beton mustahkamligi ko‘rsatkichi betonning o‘qdagi siqilishdagi mustahkamlik sinfi B- vaqtinchalik siqilishga qarshiligini, MPa, o‘lchamlari 15sm bo‘lgan kubni nam havoda 20±2ºCda 28 kun saqlangandan keyin aniqlanadi. Ko‘priklar va quvurlar konstruksiyalari uchun siqilishga mustahkamligi bo‘yicha quyidagi beton sinflari ishlatiladi; B20, B25, B30, B35, B40, B45, B50, B55 va B60. Konstruksiyalarning ko‘rinishi va bajaradigan ishiga qarab, ularni armaturalash usullari uchun ularga qo‘llanilayotgan betonning sinfiga bog‘liq
(SHNQ 2.05.03-12 dagi 21-jadvalda ko‘rsatilgan).
Yuk ko‘taruvchi, asosan oldindan zo‘riqtirilgan ko‘prik konstruksiyalarida yuqori mustahkamlikka ega betonlarni qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ularni quyidagi yo‘llar bilan hosil qilinadi:

  • yuqori faol sementlarni qo‘llash ( sementni faolligi betonning siqilishdagi mustahkamligi sinfidan 1.3 1.8 marta ko‘p bo‘lishi);

  • sementning beton tarkibidagi me’yorini oshirish (1m³ betonga 450kg dan ko‘p va 250kg kam bo‘lmagan miqdorda, sementning ko‘p miqdorda qo‘shilishi, cho‘kish deformatsiyanig oshishiga va qo‘zg‘aluvchanlikni oshishi natijasida yoriqlar paydo bo‘lishiga olib keladi);

  • suv sement nisbatini kamaytirish;

  • mustahkam beton to‘ldiruvchilarini qo‘llash sement bilan yopishishini qovushqoqligi kamaytiruvchi omillar ularni loy va changlardan yuvib tozalanadi;




  • chaqiq tosh va qumning granulometrik tarkibini maqbulini tanlash, chaqiq tosh va qumdan kam mustahkamlikka ega bo‘lgan sement toshlari tarkibi kamayadi va ular bilan to‘ldirilayotgan beton hajmini to‘liqroq bo‘lishini ta’minlaydi.

Betonning tashqi ta’sirlarga chidamliligi, suv va gaz o‘tkazmaslik qobiliyati uning zichligini kg/m³ birlikda o‘lchangandagi oshirish bilan ta’minlanadi. Kerak bo‘lgan zichlikni ta’minlash betonni titratish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ko‘prik va quvurlar konstruksiyalarida zichligi 2200 dan 2500kg/m³ zichlikka ega bo‘lgan og‘ir betonlar qo‘llaniladi. Undan kam bo‘lgan zichlikka ega bo‘lgan betonlarning sinalayotgan konstruksiyalarda ishlatish mumkin.
Betonning muzlashga chidamlilik belgisi F-28 sutka ushlab turilgan kubni bir necha marotaba muzlatib, eritilganda uning mustahkamligi 15%dan ko‘p miqdorda kamaymasligiga bog’liq. Ko‘prik va quvurlar betonining muzlashga chidamliligi belgisi F qurilish olib borilayotgan hududning ob-havo sharoitiga, suv sathiga nisbatan joylashuviga va konstruksiyaning ko‘rinishiga qarab 100dan 400gacha SHNQ 2.05.03-12 ni 22-jadvalida keltirilgan. Ob-havo sharoiti eng sovuq oyning o‘rtacha oylik haroratiga bog‘liq bo‘ladi. (mo‘tadil-harorat 10ºC dan past, og‘ir-
harorat -10ºC dan-20ºC gacha, o‘ta og‘ir-harorat-20ºC past). Betonning muzlashga chidamliligini betonni tarkibida kichkina teshikchalar hosil qiluvchi havo aralashtiruvchi qo‘shimchalarni qo‘shib amalga oshiriladi, bu muzlashda beton tarkibidagi suvning erkin kattalashishini ta’minlaydi.
Betonning suv o‘tkazmaslik markasi W, suvning bosimiga mos MPa; balandligi 15sm li 28 kunlik beton namunasini sizib o‘tib tomchilamagan kub holatdagi, maxsus usulda sinalgandagi suvning bosimi. Bu belgi yer va suvning tagidagi konstruksiya qismlarda W 4dan kam va suv o‘tkazuvchi quvurlarda, yurish qismining yo‘l to‘shamasi va o‘tish tosh taxtalari uchun W6 kam bo‘lmasligi kerak.
Betonning kimyoviy chidamliligi ko‘proq uning zichligi va qo‘llanilayotgan sementning turiga bog‘liq. Temirbeton ko‘priklarda portlandsement, sulfat kislota tuziga chidamli portlandsement va alyuminiy oksidli sement tarkibli betonlar qo‘llaniladi. Portlandsement katta ma’suliyatga ega bo‘lgan ko‘priklarda qo‘llaniladi. Sulfat kislota tuziga chidamli portlandsement va alyuminiy oksidli sementlar dengiz, minerallangan va balchiq suvlari ta’sir etishi mumkin bo‘lgan yoki kimyoviy tajovvuz qiluvchi, portlandsementga zarar yetkazuvchilar ta’siri bo‘lishi mumkin bo‘lgan konstruksiyalarda ishlatiladi.
Betonning qotish davri va jadalligi, uning kerakli mustahkamlikka erishishi, ishlab chiqarish ishlarini tezlashtirish uchun kerak. Oddiy maydalangan sementning uch kunlik yoshida 50% mustahkamlikka, yaxshi tuyilgan tez qotuvchi sementlar bir sutkadan keyin 40...50% mustahkamlikka ega bo‘ladi, lekin ular ishlatilganda betonning kirishib qisqarishi oshadi va muzlashga chidamliligi kamayadi. Betonni qotishini tezlashtirish va mustahkamligini qabul qilishi, kameralarda betonni bir tekisda bug‘lantirib, uni sekin-asta sovutish orqali amalga oshiriladi.
Zich betonni hosil qilish uchun uning qo‘zg‘aluvchanligi muhim bo‘ladi. Uni S/S nisbatini oshirish orqali ko‘paytiriladi, bu betonning mustahkamligini kamaytiradi. Ko‘priklarda beton qorishmasining suv sement nisbati 0.6dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Beton qorishmasi uzoq vaqt titratish va S/S nisbatining 0.3 olib
qattiq qorishma qo‘llash mumkin. Shunday yumshatuvchi qo‘shimchalar borki, ular S/S nisbati kichkina bo‘lganda ham o‘ta qo‘zg‘aluvchan qorishma hosil qilinadi.
Betonning cho‘kishi- uning qotish davridagi va to‘la qotgunga qadar hajmiy kamayishi. Statik jihatdan aniqlanmagan temirbeton konstruksiyalarda qo‘shimcha kuchlanish va yoriqlar bir tekisda cho‘kmagan betonlarda paydo bo‘ladi. Beton qotayotgandagi cho‘kishdagi deformatsiyalarni kamaytirish uchun betondagi suv va sementning tarkibini qisqartirish orqali va cho‘kishga qarshi armatura qo‘yish orqali amalga oshiriladi. Betonning qo‘zg‘aluvchanligi- qo‘zg‘almas yuklar ta’siri vaqtidagi uning deformatsiyasini oshirish. U statik jihatdan aniqlanmagan konstruksiyalarda ichki kuchlarni qaytadan taqsimlanishiga va zo‘riqtirilgan armaturada kuchlanishni kamayishiga olib keladi.
Sinalgan konstruksiyalarda oddiy og‘ir beton bilan birgalikda yengil beton to‘ldiruvchisi keramzitdan yoki boshqa materialdan tayyorlangan qorishmani qo‘llashga ruxsat etiladi. Bunday betonlarning o‘rtacha zichligi 1800kg/m³ tashkil etadi. Betonga polimer qo‘shimchalarni qo‘shib uning cho‘zilishga qarshiligi va suv o‘tkazmaslik xossasini katta miqdorda oshirilgan betonlar kelajakda rivojlanishi mumkin. Fibrobetonning cho‘zilishga mustahkamligi oddiy betondan 2-3 marotaba ko‘p bo‘lganligi uchun unga qiziqish bor.

Download 5.75 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   97




Download 5.75 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomobil yo’llaridagi muhandislik inshootlari

Download 5.75 Mb.