• Temirbeton ko‘priklarning asosiy tizimlari va ularni qo‘llanilish hududlari
  • Temirbeton ko‘priklarning qatnov qismi konstruksiyalari
  • Konstruksiya elementlarini birlashtirishda qo‘llaniladigan




    Download 5.75 Mb.
    bet25/97
    Sana09.06.2022
    Hajmi5.75 Mb.
    #23330
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   97
    Bog'liq
    N.Saydazimov DARSLIK (1)
    Ijodiy shaxsning mahorati va qobiliyatlari, Jaloliddinova Sarvinoz Kalomiddin qizi (0), RIVOJLANISHDA NUQSONI BOR BOLALAR TASNIFI
    Konstruksiya elementlarini birlashtirishda qo‘llaniladigan yelimlar. Yelimlar konstruktiv material hisoblanib, beton qismlarini yelimlab birlashtirishda, agar uning birlashtirish mustahkamli yelimlanayotgan konstruksiya betoni mustahkamligidan kam bo‘lmaganda iqtisodiy samarador hisoblanadi, egilish moduli esa qotgan holatdagi va kengayish koeffitsientlari yo‘nalishi bo‘yicha yelimlanayotgan betonnikiga yaqin bo‘ladi. Yelimlangan bog‘lanishlar uzoq muddat ishlashi va ekspluatatsiya davrida tashqi muhit ta’siriga chidamli bo‘lishi kerak. Bunday talablarga enoksid smolasi asosida tayyorlangan yelimlar kiradi. Ularda yelimdan tashqari qotiruvchi, plastifikator, to‘ldiruvchi va modifikatsiyalovchi (turlantiruvchi) qo‘shimchalar qo‘llaniladi. Ko‘priksozlikda asosan, Rossiyada ishlab chiqarilgan ЭД5, ЭД 6, va ЭД 40 markali epoksid yelimlari ishlatilgan, 1973-yildan boshlab yangi ЭД 22, ЭД 20,
    ЭД 16 va ЭД 14 qandaydir texnolik afzallikka ega bo‘lgan epoksid yelimlar ishlab chiqarilgan.
    Polimerlash (tayyorlash) mumsimon qatronlarni qotirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Qotiruvchining turiga qarab epoksid yelimlar oddiy yoki qizdirilgan holatda tayyorlanishi mumkin. Ko‘prik qurilishida sovuq jarayonda qo‘llaniladigan qotiruvchilar: geksametilendiamin, polietilen poliamin va trietanoldiamin. Yelimning texnologik xossasini qotiruvchining turi va o‘lchami orqali plastifakator va qo‘shimchalarni qo’shib amalga oshiriladi. Qotiruvchining miqdori epoksid yelimning og‘irligining 10...15% ni tashkil etadi. Plastifikatorlar sifatida dibutilftalat va poliefirkrilat ishlatiladi. Ularni 5...30% epoksid yelimining og‘irligiga nisbatan qo‘shiladi. Plastifikator keragidan ortiqcha qo‘shilsa yelimlangan joyni mustahkamligi kamayadi va deformatsiyasi oshadi.
    To‘ldiruvchi yelimning jadvchanligiga polimerlash vaqtida ta’sir etmaydi va asosan yelimning haroratda kengayish koeffitsientining o‘zgarishi va epoksid yelimining sarfini kamayishiga olib keladi. Ko‘prik qurilishida to‘ldiruvchi sifatida
    portlandsement, maydalangan kvarts qumi, andezit yoki diabazon unidan foydalaniladi.
    Oliy sifatli yelimdan foydalanib birlashtirish hosil qilish uchun – birlashtirilayotgan yuzalarni yelimlashga yaxshi tayyorlash kerak. Betonning yuzasi toza, quruq, mustahkam bo‘lishi kerak. Yuzalarni tozalashni qumni bosim bilan otadigan jihozlar va mexanik cho’tkalar bilan amalga oshiriladi.
    Yelimlarni enoksid qatronidagi yashovchanligi 20 dan 25 haroratda 2...2,5 soat. Undan past haroratda yelimning yashovchanligi uzayadi.
    Betonni birlashtirish uchun ishlatiladigan yelimlar past haroratda va sovuqda qizdirib ishlatiladi. Eski qotgan beton bilan yangi quyilgan bettonni birlashtiradigan yelimlar ham ishlab chiqilgan.


      1. Temirbeton ko‘priklarning asosiy tizimlari va ularni qo‘llanilish hududlari

    Zamonaviy ko‘priksozlikda temirbeton ko‘priklar kichkina, o‘rtacha va eng uzun oraliqlarni yopishda keng qo‘llash boshlandi. Ularda har xil konstruktiv yechimlar va statik sxemalar qo‘llanilmoqda: to‘sinli, romli, ravoqli va aralash sxemali.
    Uzlukli, uzluksiz va konsolli tizimli to‘sinli ko‘priklar keng qo‘llanilmoqda. Uzlukli to‘sinli ko‘priklar (3.2.a.rasm) 42 m gacha bo‘lgan oraliqlarni yopishda qo‘llaniladi. Uzluksiz tizimlar o‘zining bikirligi va oraliq qurilmaga vaqtinchalik yuklar ta’sirida deformatsiyaning kamligi bilan tasniflanadi. Uzluksiz to‘sinli ko‘priklar (3.2.б.rasm) 33m dan 147m gacha oraliqlarni yopishda qo‘llaniladi. Lekin uzluksiz tizimlar tayanchlarni cho‘kishini yuzaga kelmaydigan hollarda qo‘llaniladi. Uzluksiz to‘sinli oraliq qurilmalarda tayanchlarni cho‘kishi qo‘shimcha katta miqdordagi kuchlanishlarni paydo bo‘lishiga olib keladi va bu ko‘prikni qulashiga sabab bo’ladi. Hozirgi kunda quruvchilar har xil gruntli sharoitlarda tayanchlarni cho‘kishini bartaraf etishi natijasida uzluksiz to‘sinli
    tizimlar keng qo‘llanilmoqda.
    Konsolli tizimlarda (3.2.в.rasm) oralig‘i 𝑙₁ bo‘lgan osilgan oraliq qurilma asosiy tizimning konsol uzunligi 𝑙, ga tayanib turadi. Konsolli tizimlarda kuchlarning taqsimlanishi uzluksiz tizimnikiga yaqin bo‘ladi, ammo bikirligi kam bo‘lib, yuklar ta’sirida konsolda osilib turuvchi oraliq qurilmani tutashuvchi qismida egiluvchi chiziqlarda sinishlar paydo bo‘ladi. Konsolli tizimning statik jihatdan aniqlanganligi natijasida tayanchlarning cho‘kishi natijasida oraliq qurilmalarda qo‘shimcha zo‘riqishlar yuzaga kelmaydi. Shunga qaromsdan hozirgi vaqtda konsol tizimi qo‘llangan ko‘priklarni asosiy va osilgan oraliq qurilmaning bog‘langan joyi juda murakkab bo‘lganligi uchun qo‘llanilmaydi.
    Konsolli va uzluksiz tizimli ko‘priklar tayanchlari ularni markaziy yuklanishi ustiga bittadan tayanch qismi joylashganligi sababli kengligi, uzlukli ko‘prik tayanchlarini kengligidan kam bo‘ladi.





      1. rasm. To‘sinli (a- в) va romli (г,д) ko‘priklar turlari

    Oddiy rom tizimli ko‘prik (3.2.г.rasm) 30-60 m gacha bo‘lgan oraliqlarda qo‘llaniladi. Oraliq qurilmalar tayanch bilan birgalikda ishlaganligi uchun oraliq qurilmalarga ta’sir etuvchi eguvchi daqiqalar kamayadi. Bu oraliq qurilmaning qurilish balandligini qisqartirish imkonini beradi. Qiya ustunli romli ko‘priklar eng ko‘p tarqalgan(3.2.д.rasm). Eng ko‘p tarqalgan T shaklidagi romli ko‘priklar: rom- to‘sinli va rom – konsolli. Rom- to‘sinli (6.3.a.rasm) ko‘priklar tizimlari romni va oraliq qurilmalarning oshiq- moshiqli birlashtirilishidan hosil bo‘ladi. Bunday tizimlarning oralig‘i 𝑙 40 m dan 150 gacha bo‘lishi mumkin. T shaklidagi romlarni rigellarida faqat manfiy daqiqalar yuzaga keladi, unining oraliq qurilmalarda esa – faqat musbat daqiqalar. Bu romlarni tayanchlari vertikal kuchlar ta’sirida asosga vertikal kuch va eguvchi daqiqani uzatadi.
    Rom- konsolli tizimlarda (3.3.б.rasm) T-shaklidagi romlar bir-biri bilan oshiq-moshiq orqali biriktirilgan. Bunday tizimlarni 60dan 200 gacha bo‘lgan oraliqlarda qo‘llaniladi. Bunday tizimlarning tayanchlari asosga qo’shimcha gorizontal kuchlarni uzatadi. Romlar konsollari yaxlit betondan tayyorlanishi mumkin, bu holatda oralig‘i 250 m gacha bo’lgan ko‘p oraliqli romli tizimlar hosil bo‘ladi.
    Ko‘rib chiqilgan romli tizimlarni osma usulda yaxlit betonlash va qismlarini osma usulda yig‘ish mumkin.
    Rom konsolli ko‘priklarni maxsus turlari qurilgan (3.3.в.rasm) T-shaklidagi romlar ikkita yarim ravoqdan iborat bo‘lib, yurish qismi sathidan tortib bog‘langan. Bunday tizimli ko‘priklarda oraliq uzunligi 120gacha yetgan.
    Tayanch asosi mustahkam gruntga ega bo‘lsa, ravoq tizimli ko‘priklarni qo‘llash mumkin (3.4.a.rasm). Temirbeton ko‘priklarda ravoqlar bilan 50m dan 390m gacha oraliqni yopish mumkin. Bu ko‘priklarning tayanchlari hosil bo‘lgan sezilarli gorizontal reaksiyalarni qabul qilganligi sababli, tayanch poydevorini kuchaytirish kerak bo‘ladi. Ravoqlar siqilishga ishlaydi, bunda temirbetonning mustahkamligi yaxshi samara beradi.


      1. rasm. Romli-to‘sinli (a) va romli konsolli (б, в) ko‘priklar tizimlari




      1. rasm. Ravoqli (б) va vantli (в) tizimli ko’priklar

    Oxirgi o’n yillikda temirbeton ko‘priklarda vantli tizimlar (6.4. б.rasm) qo‘llanilmoqda. Ular dev ustunga qiya tortilgan va cho‘qqisiga mahkamlangan po‘lat arqonlarda ushlab turiladigan bikir temirbeton to‘sinlarni ushlab turadigan qismlardan iborat. Vantlar faqat cho‘zilishga ishlaydi, ular bikir to‘sin uchun egiluvchi tayanchni vujudga keltiradi, bu bilan uning ishlashini osonlashtiradi. Dev ustun asosan siqilishga ishlaydi. Bunday tizimdagi bikir temirbeton to‘sinli ko‘priklarni oralig‘i hozirgi vaqtda 400m gacha yetkazildi.
    Oxirgi o’n yilda dunyo ko‘prik qurilishida ekstradoz (3.5. б.rasm) odatiy oldindan zo‘riqtirilgan temirbeton oraliq qurilmalarni o‘rtasiga joylashadigan (3.5.a.rasm) yaxlit temirbetondan tenglashtirib betonlash (yoki yig‘ish) usulida va vantli (3.5.в.rasm) oraliq qurilmalar bilan birgalikda barpo etiladigan temirbeton oraliq qurilmalarni qo’llash tarqalmoqda. Ularning asosiy xossasi zo‘riqtirilgan armaturani tashqarida joylanishi va ustun balandligini oraliq uzunligiga kichik nisbati (0,1dan katta bo’lmagan) vantli oraliq qurilmalardagi zo‘riqtirilgan elementlar materiali mustahkamligi qo‘llash imkoniyati samarali bo‘ladi, chunki ular faqat oraliq qurilmani siqish uchun ishlatiladi.




      1. rasm. Ekstrodozlini (б) to‘sinli (a) va vantli (в) oraliq qurilmalarga

    nisbatan solishtirilgani
    Zamonaviy temirbeton ko‘priklar yig‘ma va yaxlit usulda quriladi. Har xil usulda yaxlit betondan quriladigan ko‘priklar metall qolipli jihozlarni qo‘llab quriladi. Yig‘iladigan ko‘priklar zavodlarda yoki maxsus maydonlarda tayyorlangan elementlardan yig‘iladi. Yaxlit ko‘priklar yig‘iladigan ko‘priklarga nisbatan ishonchli biroq qurilish sur’ati yig‘ma ko‘priklarnikidan kam. Yig‘ma ko‘priklarni qo‘llanilishi, qurilish sur’atini oshirish imkonini beradi va qurilish maydonidagi ish hajmini kamaytiradi. Bundan tashqari, oraliq qurilmalarni yozgi mavsumda ham, qishgi mavsumda ham yig‘ish mumkin.
      1. Temirbeton ko‘priklarning qatnov qismi konstruksiyalari

    Oraliq qurilmaning qatnov qismi bu tushunchaning keng ma’nosi, harakatlanuvchi yuklarning ta’sirini qabul qiluvchi, ularni oraliq qurilmaning ko‘tarib turadigan qismiga uzatuvchi konstruktiv elementlar jamlamasi tushuniladi. Qatnov qismi tarkibiga ko‘prik ko‘tarmasining ko‘tarib turuvchi elementlari kiradi. Ko‘prik ko‘tarmasi tarnsport vositalari va piyodalarning harakatiga yaxshi sharoitni ta’minlash, shuningdek, ko‘prik qoplamasidan va unga yondosh tutashmadagi suvlarni chetlatish uchun ko‘zda tutilgan barcha elementlar to‘plami hisoblanadi (1.6.rasm). U yurish tasmasi, yo‘lak, g‘ovli qurilmalar, suvni ketkazish, isitish va yoritish qurilmalari, deformatsiya choklari va ko‘prikning
    unga yondosh tutashmalarini o‘z ichiga oladi.
    Temirbeton ko‘priklarning ko‘prik ko‘tarmasi o‘tish qismi tosh taxtasida joylashgan, o‘tish qismining yuk ko‘taruvchi elementi hisoblanib va u bilan birgalikda o‘zi oraliq qurilmaning asosiy yuk ko‘taruvchi tuzilmasiga kiradi, ular bilan birgalikdagi ishlash tizimi makonini hosil qiladi.
    Yurish poyining qoplamasi quyidagi asosiy vazifalarni bajarishi kerak:

    • o‘zining tagidagi konstruksiyalarni mexanik ta’sirdan saqlash, bunda u yeyiluvchi qatlam sifatida xizmat qilishi kerak;

    • o‘zining tagidagi konstruksiyani atrof-muhit namlaridan saqlash, bunda o‘zi suv o‘tkazmaslik vazifasini bajarishi kerak;

    • o‘zining tekkis yuzasi bilan harakat qulayligini yaratish kerak.

    Yurish poyining qoplamasi (3.6.rasm) o‘tish qismining temirbeton tosh taxtasida joylashgan bo‘lib tekislovchi qatlam, suv o‘tkazmaydigan qatlam, armaturalangan himoya qatlami va asfaltbeton to‘shamasidan tashkil topgan.
    Tekislovchi qatlamni (qalinligi 30mm dan kam bo‘lmagan) betondan yoki qum-sementi qorishmasi yotqiziladi. Uning ustiga suvdan himoya qatlami yelimlanadigan namto‘sqich yotqiziladi.O‘tish qismiga yotqizilgan namto‘sqichning holati butun inshootning uzoq xizmat ko‘rsatishiga ta’sir qiladi, shuning uchun uni yuqori sifatli o‘rom materiallardan foydalanib amalga oshirish kerak. Uning ustidan qum-sementli aralashma yoki kichik zarrali betondan qalinligi 40mm dan kam bo‘lmagan himoya qatlami yotqiziladi.


      1. rasm. O‘tish qismi to‘shamasi:

    1-asfaltbeton; 2-himoya qatlami; 3-nam to‘sqich; 4-tekislovchi qatlam; 5-o‘tish qismi
    tosh taxtasi
    Himoya qatlami yo‘l to‘shamasi yotqizilayotgan yoki ta’mirlanayotgan davrda namto‘sqichga zarar yetkazmaslik uchun yotqiziladi. Himoya qatlamini diametri 2.5mm , oralig‘i 45mm kengligi 1500mm bo‘lgan simdan tayyorlangan to‘r bilan armaturalanadi. Ular yotqizilganda bir-biriga 200…300mm dan mindiriladi.
    O‘tish qismining qoplamasi ikki qatlami asfaltbeton yoki sementbetondan yotqizilib uning qalinligi 70…80mm tashkil etadi. Sementbeton qoplamasining qatlami orasiga diametri 40mm li oralig‘i 250mm ko‘ndalang, diametri 6mm oralig‘i 100mm bo‘ylama armaturali payvandlangan to‘r qo‘yiladi. To‘rning kengligi 1500mm bo‘lib bir-biriga 200…300mm mindiriladi.

    Download 5.75 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   97




    Download 5.75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Konstruksiya elementlarini birlashtirishda qo‘llaniladigan

    Download 5.75 Mb.