• Ko‘prik osti kema qatnovi gabariti sinflari
  • Avtomobil yo’llaridagi muhandislik inshootlari




    Download 5.75 Mb.
    bet15/97
    Sana09.06.2022
    Hajmi5.75 Mb.
    #23330
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   97
    Bog'liq
    N.Saydazimov DARSLIK (1)
    Ijodiy shaxsning mahorati va qobiliyatlari, Jaloliddinova Sarvinoz Kalomiddin qizi (0), RIVOJLANISHDA NUQSONI BOR BOLALAR TASNIFI
    Ko‘prik gabaritlari



    Ko‘cha va yo‘llarning toifasi

    Harakat tasmalari soni n

    O‘tish qismi kengligi nb, m

    Xavfsizlik tasmasi kengligi, m

    Gabarit


    I

    6

    11,25 x
    2

    2,0

    G-(13,25 + S+ 13,25) 2(G-

    I

    4

    7,5 x 2

    2,0

    G-(9,5 + S + 9,5) 2(G-11,5)

    II

    2

    7,5

    2,0

    G-11,5

    III

    2

    7,0

    1,5

    G-10

    IV

    2

    6,0

    1,0

    G-8

    V

    1

    4,5

    1,0

    G-6,5

    V

    1

    3,5

    0,5

    G-4,5

    I-S

    2

    6,0

    1,0

    G-8

    II-S

    1

    4,5

    1,0

    G-6,5

    II-S

    1

    3,5

    0,5

    G-4,5

    SH-S

    1

    3,5

    0,5

    G-4,5

    Tez harakatli magistral yo‘llar va shahar ahamiyatidagi uzluksiz harakatli ko‘chalar

    8

    15 x 2

    1,5

    G-(16,5 + S+ 16,5) 2(G-18)

    6

    11,25 x
    2

    1,5

    G-(12,75 + S+ 12,75) 2(G-

    4

    7,5 x 2

    1,5

    G-(9,0 + S + 9,0) 2(G-10,5)

    Magistral yo‘llar va umumiy shahar ahamiyatidagi boshqariladigan harakatli ko‘chalar

    8

    14 x 2

    1,0

    G-(15,0 + S+ 15,0) 2(G-16)

    6

    10,5 x 2

    1,0

    G-(11,5 + S+ 11,5) 2(G-12,5)

    4

    7,0 x 2

    1,0

    G-(8,0 + S+ 8,0) 2(G-9)

    2

    7,0

    1,0

    G-9

    Magistral yo‘llar va tuman ahamiyatidagi
    ko‘chalar

    4

    7,0 x 2

    1,0

    G-(8,0 + S+
    8,0) 2(G-9,0)

    2

    8,0

    1,0

    G-10

    2

    7,0

    1,0

    G-9

    Mahalliy ko‘chalar va yo‘llar

    2

    6,0

    1,0

    G-8
    2.4.Ko‘prikni oraliqlarga bo‘lish

    Ko‘prikni oraliqlarga bo‘lishda oraliq qurishni birxillashtirish va tejamkorlik talablariga, ko‘prikni kema o‘tkazish, hamda ko‘prikni suv toshqinlari va muz oqimlarini o‘tkazishini hisobga olinadi. Kema o‘tish uchun mo‘ljallangan oraliqni asosiy oqimga (suvning kemalar o‘ta oladigan qismiga) joylashtirish kerakki, bunda ko‘prik tayanchlar kema qatnoviga halal bermasligi lozim. Kema qatnovi oraliqlari soni va o‘lchami kemachilik talablariga va maxsus ishlab chiqilgan ko‘prik osti gabaritlariga qarab aniqlanadi.
    Ko‘prik osti kema o‘tish gabariti oraliq qurilma ostidagi chegaralangan eng kichik bo‘shliqning ko‘rinishi bo’lib, kema va sol oqizuvchilar bemalol o‘tishini ta’minlaydi. Uning ichiga ko‘prikning hech qanday konstruksiya qismi va kemachilikni boshqaruvchi belgilar ham kirmaydi.
    Suv yo‘lining kema o‘tish chuqurligi yettita sinfga bo‘lingan va ularning har biri uchun ko‘prik osti gabariti o‘rnatilgan (2.2.jadval).
    Ko‘tariladigan va qo‘zg‘almaydigan oraliq qurilmali ko‘prik osti gabaritining ko‘rinishi va o‘lchamlari ichki suv yo‘li sinfi 2.2 jadval va 2.2 rasmda ko‘rsatilgan miqdorlarga mos kelishi kerak. Bunda ko‘prik osti gabaritining suv ustidagi balandlik KQSga mos bo‘lishi, kema yo‘lining kafolatlangan chuqurligi SKQSdan hisoblanadi.
    2 jadval
    Ko‘prik osti kema qatnovi gabariti sinflari



    Ichki suv yo‘li sinfi

    Suv yo‘lidagi kema qatnovi chuqurligi, m

    Ko‘prik osti gabariti balandligi, m

    Ko‘prik osti gabariti kengligi, m

    kafolatlangan



    o‘rtachasi



    Ochilib yopilmaydigan oraliq uchun

    Ochilib yopiladi- gan oraliq uchun

    asosiy

    yondosh

    I

    3,2dan katta

    3,4dan katta

    16,0

    140

    120

    60

    II

    2,5...3.2

    2,9…3,4

    14,5

    140

    100

    60

    III

    1,9…2.5

    2,3…2,9

    13,0

    120

    80

    50

    IV

    1,5...1,9

    1,7…2,3

    11,5

    120

    80

    40

    V

    1,1…1,5

    1,3…1,7

    10,0

    100

    60

    30

    VI

    0,7...1,1

    0,9…1,3

    7,5

    60

    40



    VII

    0,5...0,7

    0,6…0,9

    5,0

    40

    30



    Ko‘prik osti gabariti ko‘rinishi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lishi kerak (2.2.rasm ABSD konturi). I-IVsinfga tegishli suv yo‘llari. Ko‘prik oralig‘i qo‘zg‘almaydigan oraliq qurilmasining pastki belbog‘i egri chiziqli ko‘rinishga ega bo‘lgan tor sharoitga joylashgan (shaharda kirishda va shaharda joylashgan, transport tarmoqlari yaqinidagi, qirg‘oqqa bog‘langan avtomobil yo‘llarida) va ko‘prik osti gabariti AEFKLD konturi ko‘rinishida qabul qilishga ruxsat etiladi (2.2.rasmga qarang).





      1. rasm Ko‘prik osti gabaritlari

    Ko‘tarilmaydigan ko‘priklar ikki oraliq qurilmaga ega kema qatnaydigan qilib loyihalanadi: asosiy- kemalarni va sel qilib oqiziladigan tuzilmalar orqama-orqa qatnovi uchun; yondosh-oqimga qarshi yo‘nalishdagi oraliq. Agar suv yo‘li kengligining kafolatlangan chuqurligi ikkita kema qatnovi oralig‘ini loyihalash uchun yetarli bo‘lmasa unda kema qatnovi uchun bitta oraliq joylashtiriladi. Ko‘tarma ko‘priklarda kema qatnovi uchun bitta oraliq loyihalanadi. Suv oqimlari bir xil bo‘lmagan keng daryolar uchun ko‘prik sxemasi bir xildagi oraliq qurilmalardan loyihalanadi, suv oqimi o‘zgarishi ularning har biri kema qatnovi uchun mos bo‘lishi kerak. Kema qatnovi mavjud bo‘lmagan daryolarda, kema qatnovi mavjud bo‘lgan daryo ko‘priklarining kema qatnamaydigan oraliqlarida oraliq qurilmani tagini hisobiy sathdan ko‘tarish tirgakni hisobga olgan holda 0.5m dan, muz oqimlarini yuqori sathdan 0.75m dan kam bo‘lmasligi kerak. Har xil turdagi daraxt va ildizlarni oqib kelishi va sel kelishi mumkin bo‘lgan daryolarda oraliq qurilma tagini 1m dan kam bo‘lmagan balandlikka ko‘tariladi.
    Yog‘och ko‘priklarda ko‘prik ko‘tarmasi konstruksiyasining pastki qismlari SEBSdan -0.25m dan kam bo‘lmagan, muz oqimlar sathidan -0.75m kam bo‘lmagan miqdorda ko‘tarish kerak.
    Avtomobil yo‘llariga va shahar ko‘chalariga yo‘l o‘tkazgich qurilganda uning ostidan o‘tayotgan yo‘l gabaritiga amal qilish kerak. Temir yo‘l ustidan o‘tadigan yo‘l o‘tkazgich ularni tagiga temir yo‘lni qurishdagi yaqinlashish gabaritini saqlash lozim.
    Avtomobil yo‘lining tagidan hududiy yo‘llarni o‘tkazilganda eng kichik o‘tish oralig‘i balandligi 4.5m, kengligi 6m, mol-qo‘ylarni o‘tkazish oralig‘i 4m, balandligi 2.5m dan kam bo‘lmasligi kerak.
    Avtomobil yo‘lidagi yoki shahar ko‘priklarining hisobiy oralig‘i yoki ko‘prik ko‘tarmasining to‘la uzunligi qurilishni modellashtirish va birxillash shartlariga amal qilgan holda 3,9,12,15,18,21,24,33 va 42m ga tenglashtirish kerak, katta oraliqlarda –21mni bir necha barobari hisobida. Keltirilgan o‘lchamlar asosan hisobiy oraliqqa mos keladi. Uzlukli oraliq qurilmali temirbeton ko‘priklar ko‘prik ko‘tarmasining umumiy uzunligi 42m gacha bo‘lsa yuqoridagi o‘lchamli to‘sinlardan foydalanish mumkin, 33m gacha bo‘lganda boshqa turdagi materiallardan qurilgan ko‘priklar uchun.
    Ko‘prik ko‘tarmasi oralig‘i uzunligi ko‘prik 1p.m ga to‘g‘ri keladigan narxiga ta’sirini ko‘rib chiqamiz. Bitta tayanchga ketadigan material narxini quyidagi formula orqali aniqlanadi

    S1 = S0 + βl,


    bu yerda S0 —oraliq o‘lchamiga bog‘liq bo‘lmagan, tayanch bahosining qismi; βl-ko’prik oralig’I l narxiga bog’liqligini bildiradi.
    S0 va β qiymatlarini oldindan tayyorlangan loyihalardan olish mumkin.
    1m ko‘prik ko‘tarmasining narxi, ko‘prikning ko‘tarib turuvchi qismlari va o‘tish qismining narxlari yig‘indisiga teng 1p.m o‘tish qismining narxi So‘.q oraliqning qiymatiga bog‘liq bo‘lmaydi. 1m ko‘taruvchi qismlarning narxi Sk.q –
    uning oralig‘iga miqdorlariga mos keladi. Bunda 1m ko‘prik ko‘tarmasining qiymati quyidagicha aniqlanadi.
    S2 = So‘.q + Sk.q - So‘.q + α1
    1m ko‘prikning narxi
    S = S1/1 + S2 = S0/1 + β + So‘.q + α1
    oraliq uzunligi l ko‘prikning qiymati eng kichik bo‘lganda, shartli hosilasi 0ga teng bo‘lganda quyidagicha aniqlanadi.

    Bundan aniqlaymiz
    𝑑S d𝑙
    = - S0 + α = 0.
    𝑙
    2


    αl2 = S0. (2.1)
    (2.1) formula shuni ko‘rsatadiki, 1m ko‘prikning eng kichik qiymati, oraliq tayanchning asosiy qiymati S0 o‘tish qismi qiymati qo‘shilmagandagi oraliq qurilma qiymatiga αl2 tenglanadi. Shunday qilib, tayanch qiymati qancha baland bo‘lsa, u zaminda chuqur poydevorga ega va uning bo‘yi baland bo‘ladi, bunda tejalgan oraliqlar o‘lchami ko‘p bo‘ladi.
    Tejalgan oraliqlar uzunligini o‘zgartirish namunali oraliq uzunliklari va kema o‘tish gabaritlari bilan chegaralanadi. Agar kema o‘tish oralig‘ining qiymati maqsadga muvofiq bo‘lsa, unda kemachilik talablari qondiriladi. Shuning uchun kema qatnovi bor daryolarni kesib o‘tganda bosh oqimdagi ikki oraliq uzunligi ko‘p hollarda kemachilik talablariga qarab aniqlanadi. Faqat bosh oqimdagi va qayirdagi oqimlar oraliqlarini o‘zgartirish mumkin (kema o‘tish yo‘lidan tashqarida). Bosh oqimda joylashgan kema qatnovi oralig‘i yonidagi oraliqlar ham ko‘pchilik hollarda kema qatnaydigan oraliq deyiladi, kema o‘tishi uchun chuqurligi holati o‘zgarishi munosabati bilan va birxillashtirish nazarda tutgan holda belgilanadi. Qayirdagi joylashadigan oraliqlarni belgilanayotganda standart o‘lchamli to‘sinlar belgilash va ular o‘lchamlarini birxillashtirish, qayirga joylashtirilgan tayanchlarning balandligi va qiymati qayirning uzunligiga qarab o‘zgarishini hisobga olgan holda bajariladi. Kuchli muz oqimlari bo‘ladigan daryolarda va vaqtinchalik quriladigan ko‘priklarda oraliqni belgilashda muz
    oqimlarini o‘tkazish shartlari asosida bajariladi. Muz o‘tish oralig‘i uzunligi muz

    oqimlarining tezligi va jadalligiga qarab belgilanadi. Muz oqimlarining jadalligi muzning o‘lchamlariga bog‘liq kattaligi va qalinligiga, muz oqimlarini o‘tish vaqtiga va ularning oraliqqa tiqilishini hisobga olinadi. Muz oqimlari kuchsiz, o‘rtacha va kuchli bo‘ladi (2.3.jadval)
    Kattaroq tezlikdagi muz oqimlari bosh oqimda bo‘ladi, bu yerda oraliqni kattalashtirishni talab qiladi. Qayirda muz oqimlari harakati past bo‘lganligi uchun oraliqni kichraytirish mumkin. 2.4.jadvalda muz oqimlarini bemalol o‘tishini ta’minlovchi eng qisqa oraliq nomlari keltirilgan.
    Bosh oqimdagi va qayirdagi ko‘prik ko‘tarmalarini loyihalashda ko‘prik oralig‘ini shunday tanlanadiki, bunda ko‘prik tagidan o‘tadigan katta suvlar tayanchlari yuvib o‘tganda ularga zarar yetkazmasligi kerak.
    Kemachilik talablari, suv toshqinlari va muz oqimlari, shuningdek, qiymati va ish qobiliyati talablari asosida loyihalanayotgan bosh oqim va qayirdagi oraliqlar birxillilik talablari asosida aniqlangan va ozgina uzaytirilgan bo‘lishi mumkin.
    Demak, ko‘prik oraliqlari o‘z-o‘zidan qabul qilinmaydi va bir qancha talablar asosida loyihalanadi. Shuni nazarda tutish kerakki, oraliq uzunligi ko‘prikning tizimiga bog‘liq bo‘ladi, lekin oraliq uzunligi ko‘p holda ko‘prikning tizimini aniqlaydi.

      1. jadval


    Download 5.75 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   97




    Download 5.75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomobil yo’llaridagi muhandislik inshootlari

    Download 5.75 Mb.