• II-BO‘LIM
  • Avtomobil yo’llaridagi muhandislik inshootlari




    Download 5.75 Mb.
    bet11/97
    Sana09.06.2022
    Hajmi5.75 Mb.
    #23330
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   97
    Bog'liq
    N.Saydazimov DARSLIK (1)
    Ijodiy shaxsning mahorati va qobiliyatlari, Jaloliddinova Sarvinoz Kalomiddin qizi (0), RIVOJLANISHDA NUQSONI BOR BOLALAR TASNIFI
    Nazorat savollari

    1. Avtomobil yo‘llarida qanday sun’iy inshootlar quriladi? Ular qanday farqlanadi?

    2. Ko‘prikli o‘tishning asosiy elementlari qanday vazifalarni bajaradi?

    3. Ko‘prikning asosiy qismlari qanday vazifalarni bajaradi?

    4. Ko‘priklar qanday asosiy xossalari bo‘yicha tasniflanadi?

    5. Avtomobil yo‘lidagi sun’iy inshootlar qanday tasniflanadi?

    II-BO‘LIM

    Ko‘prikli inshootlar va quvurlarni loyihalash asoslari




    2.1 Shahar va avtomobil yo‘lidagi ko‘prikli inshootlarga qo‘yiladigan talablar

    Ko‘prikli inshootlarga foydalanish davridagi, iqtisodiy, me’morchilik (estetik) va hisobiy loyiha talablari qo‘yiladi.


    Foydalanish davridagi talablar asosiy hisoblanib va shunga qaratiladiki, inshoot unga qo‘yilgan foydalanish davrida o‘zining yuk ko‘tarish qobiliyatini yo‘qotmasligi, avtomobil va piyodalar harakatini xavfsiz va qulay ta’minlash va transport vositalarining belgilangan tezligini kamaytirmaslik. Buning uchun inshoot quyidagi talablarga javob berishi kerak:

      • yetarli bikir bo‘lishi, chunki yuklar harakatlanayotgan vaqtdagi deformatsiya va surilishlar kutilganidan ortiqcha bo‘lmasligi, bog‘lanishlar tartibini buzmasligi va xavfsiz harakatga o‘zining ta’sirini o‘tkazmasligi kerak;

      • yurish qismi va piyodalar yo‘lkasi bajaradigan ishiga mos kenglikka ega bo‘lishi va kelajakdagi harakat jadalligini hisobga olgan holda bo‘lishi kerak;

      • harakat xavfsizligini ta’minlash uchun ko‘rkam ko‘ndalang va bo‘ylama kesimga ega bo‘lishi kerak;

      • uzoqqa chidaydigan, chidamli ashyolardan tayyorlangan, ko‘prik ko‘tarmasi yeyilmaydigan materiallardan tayyorlanishi ishonchli suv tushuruvchi naylarga ega bo‘lishi kerak;

      • suv toshqinlari muz oqimlarini bemalol o‘tkazishi va kema o‘tish talablariga javob berishi kerak.;

        • ko‘prikni ko‘rikdan o‘tkazish, tuzatish va rekonstruksiya qilish talablariga javob berishi kerak.

    Iqtisodiy talablarga, inshootning to‘liq narxi uning to‘la xizmat ko‘rsatish vaqtidagi, qurilish narxi, saqlab turish, tiklash va rekonstruksiya uchun ketadigan mablag‘lar o‘ta kam miqdorda bo‘lishi kerak. Keyingi yillarda iqtisodiyotdagi o‘zgarishlar bu sohadagi iqtisodiy talablarni kuchaytirishga olib keldi. Iqtisodiy talablarga erishish uchun joyning moddiy boyliklari va imkoniyatlaridan (zavodlar mavjudligi yoki qurilish materiallarining katta zaxirasi, mashina va mexanizmlar bilan ta’minlanganligi va o‘qitilgan ishchilar zaxirasi) va umumtexnik va tabiiy sharoit va shartlar (transport yo‘llarini mavjudligi, suv transportini qo‘llash mumkinligi, vertolyotlardan foydalanish imkoniyati).

    Ishning sifatini yaxshilab, yuqori darajadagi mexanizatsiyalashni amalga oshirib, zavodda ishlab chiqarilgan konstruksiyalardan foydalanish orqali inshootning to‘liq qiymatini pasaytirish mumkin.


    Ekologiya talablari atrof muhitni muhofaza qilishga qaratiladi. Keyingi yillarda atrof-muhit muhofazasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Sun’iy inshootlarni loyihalashtirilayotgan joylarda atrof-muhitga yetkaziladigan zarar iloji boricha kamaytirish shartlarini o‘z ichiga oladi.
    Me’morchilik talablari- ko‘prik shaklini hozirgi zamon go‘zalligi talablariga javob berishini, joyga va shahar qurilishini uyg‘unlashishini ko‘zda tutadi. Odatda oqilona loyihalangan sun’iy inshoot estetik talablarga mos bo‘lishi kerak. Bunda inshootning har bir qismi alohida o‘zgacha o‘zining vazifasini bajaradi. Hozirgi zamon me’morchiligi sun’iy inshootlarni ko‘rinishi oddiyligi har xil bezaklarni yo‘qotishni talab etadi. Shahar ko‘priklari uchun me’morchilik talablari katta, bunda inshootlarga qo‘yiladigan iqtisodiy talablarga ustun bo‘lishi mumkin, ammo saqlash davrida qo‘yiladigan talablardan ustun bo‘lolmaydi.
    Hisobiy konstruktiv talablar inshoot bir butun va uning qismlari maqsadga muvofiq bikir, pishiq, puxta, bardoshli, bo‘lishi kerak. Bu talablarni bajarilishi
    qolgan loyiha yechimlari me’morchilik, ekologik, iqtisodiy ko’rsatkichlarini bajarilishi uchun ham xizmat qiladi.

    Download 5.75 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   97




    Download 5.75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomobil yo’llaridagi muhandislik inshootlari

    Download 5.75 Mb.