• Kesishadigan joyda joylashish holatiga ko‘ra
  • Ko‘priklarning uzunliklariga ko‘ra quyidagi
  • Suv o‘tkazuvchi quvurlarning tasniflanishi.
  • Suv toshqinlarini, muz oqimlarini bemalol o‘tkazish imkoniyatiga




    Download 5.75 Mb.
    bet10/97
    Sana09.06.2022
    Hajmi5.75 Mb.
    #23330
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   97
    Bog'liq
    N.Saydazimov DARSLIK (1)
    Ijodiy shaxsning mahorati va qobiliyatlari, Jaloliddinova Sarvinoz Kalomiddin qizi (0), RIVOJLANISHDA NUQSONI BOR BOLALAR TASNIFI
    Suv toshqinlarini, muz oqimlarini bemalol o‘tkazish imkoniyatiga ko‘ra ko‘priklarni ikki guruhga ajratadi. Ular:

        • suvdan ancha baland quriladigan yoki suv toshqinlari bo‘lganida, katta muzlar oqqanda oraliq qurilmaga tegmasdan, tagidan bemalol o‘tib ketadigan ko‘priklar;

        • past ko‘priklar - bular esa cheklangan yoki kam muddatga xizmat qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, balandligi past va uzunligi ancha kam qilib quriladi. Ko‘p suv oqadigan paytlari va bahordagi toshqinlar bilan muzlar qo‘shilib oqsa, ularni cho‘ktiradi;

        • Suv osti ko‘priklari, oraliq qurilmalari suv tagida joylashgan bo‘lib, avtomobillar harakatlanganda suvni kechib o‘tadi. Suv osti ko‘priklari tinchlik vaqtida berkitish va harbiy holatda yashovchanligini oshirish uchun quriladi.

    Kesishadigan joyda joylashish holatiga ko‘ra uch xil ko‘rinishdagi ko‘priklar bo‘ladi. Ular to‘g‘ri yoki tik kesishadigan, qiya yoki egri o‘qli ko‘priklar yoki ko‘priksimon inshootlardir.
    Ko‘priklarda o‘tish qismining kengligi ikkala yo’nalishda ham farq qilishi mumkin. Harakat tasmalari soni ikkitadan sakkiztagacha bo‘lib avtomogistral yoki yo‘l toifasiga qarab belgilanadi.
    Ko‘priklarning uzunliklariga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratilgan:

      • kichkina ko‘priklar, umumiy uzunligi 25 m gacha , bo‘lganda;

      • o‘rtacha ko‘priklar, 25 m dan100 m gacha bo‘lganda;

    • katta ko‘priklar, 100m dan ortiq yoki 100m gacha bitta oraliq qurilma uzunligi 60m.dan katta bo‘lgan ko‘priklar bo‘lib, uchta guruhni tashkil qiladi.

    Suv o‘tkazuvchi quvurlarning tasniflanishi. Quriladigan joy sharoitiga qarab quvurlar 2 turga bo‘linadi: tekis yo‘llarga quriladigan va qiyaliklarga quriladigan quvurlar.
    Quvurlarni ishlab chiqarishda ishlatiladigan hom ashyo turi bo‘yicha: tosh, beton, temir beton, metall, yog‘och va polimer quvurlarlarga bo’linadi. Avtomobil yo‘llarida ko‘proq temir-beton quvurlar qo‘llaniladi, ular umumiy ulushning 90%ini tashkil etadi. Toifasi past yo‘llarda beton quvurlar ishlatilishi mumkin. Tosh quvurlar tog‘li hududlarda qo‘llanilishi mumkin. Keyingi yillarda yo‘l qurilishida qovurg‘ali metall quvurlar va har xil polimer ashyolardan tayyorlangan (shisha tolasi, yelim yog‘ochli) quvurlardan foydalanish yo‘lga qo‘yilmoqda. Yog‘och quvurlar vaqtinchalik inshoot sifatida o‘rmonli hududlarda qo‘llaniladi.
    Quvurlar ko‘ndalang kesimining shakliga ko‘ra, aylana, to‘g‘ri to‘rtburchak, oval shaklidagi yig‘ma quvurlar bo’ladi (1.12 rasm). Ko‘proq tarqalgan turi aylana va uchburchak shaklidagi quvurlar. Kengroq hajmdagi suvlarni o’tkazish uchun aylana va to’rtburchak shaklida quvurlarni 2, 3 va 4 ko‘zli qilib quriladi.
    Quvur orqali oqib o‘tayotgan suvning miqdoriga va quvurning ko‘zda tutilgan gidravlik ish tartibiga bog‘liq holda suv o‘tkazuvchi quvurlar bosimsiz, yarim bosimli va bosimli bo‘lishi mumkin. Ko‘p tarqalgani bosimsiz, yarim bosimda ishlaydigan quvurlar.



    a b в


    г

      1. rasm.Quvurning ko‘ndalang kesim turlari:

    a-aylana; б-to‘rtburchak; в-oval; г-yig‘ma
    O‘zini o‘rab turgan tuproq bilan statik ish tasnifi bo‘yicha bikir, qattiq va egiluvchan quvurlarga bo‘linadi. Qattiq quvurlarga solingan tuproq ularga harakatlanuvchi yuk sifatida ta’sir etadi. Egiluvchan va yumhoq quvurlarga tuproq quvur bilan birgalikdagi yuklarning ta’sirini qabul qiladi.
    Quvur tuynugining diametriga qarab kichkina (0.5 – 1.5m), o‘rtacha (2 -3m) va katta (4.5m) juda katta (6m) quvurlarga bo‘linadi.



    Download 5.75 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   97




    Download 5.75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Suv toshqinlarini, muz oqimlarini bemalol o‘tkazish imkoniyatiga

    Download 5.75 Mb.