Avtomobillar tuzilishi, ularga servis xizmat ko’rsatishva ta’mirlash ishlari




Download 3,83 Mb.
bet32/44
Sana27.01.2024
Hajmi3,83 Mb.
#147300
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   44
Bog'liq
Avto tuzi servis xizmat ko\'rsatish Abdulhakimov Sherzod

O'zak podshipniklar uyalari maxsus tekshirish jo'vasida (skalkada), deformatsiyalanishga tekshiriladi. Agar jo'va uyaga tushib qiyinchiliksiz burilsa, demak deformatsiyalanish mavjud emas.
O'zak podshipniklar uyalarini yeyilishini hamda o'qdoshlikdan chetga chiqishini NIIAT konstruksiyasidagi maxsus moslamada aniqlash mumkin (34.5-chizma). Uning ishlash tamoyili shundan iboratki, jo'va (2) vtulkalar (3) yordamida o'zak podshipniklar ichqo'ymalarining uyalariga fiksirlanadi. Har bir teshikni tekshirish uchun jo'vaga (uyaga kirish chog'ida ketma-ket qilib) indikatorlar joylashtiriladi. Indikatorli qurilmaning richaglari (1) tekshirilayotgan teshiklarga kiritiladi. Indikatorlarni nolga to'g'rilab jo'vaga mahkamlab qo'yiladi. Jo'va aylantirilganda indikatorlar strelkasining og'ishi, har bir teshikning o'qdoshliqdan chetga chiqishi ikkilangan qiymatini ko'rsatadi.
O'zak podshipniklarning yyeyilgan va deformatsiyalangan uyalari nominal o'lchamga yo'niladi. Podshipniklarning yechib olingan qopqoqlarga albatta, belgi qo'yiladi (silindrlar blokining raqami va

qopqoqningtartibraqamiyoziladi). Qopqoqningblokkayopishadigantekisliginima'lumbirmiqdorga (0,6 - 0,8 mm) frezalanadivaindikatorlimoslamadanazoratqilinadi. O'zakpodshipniklariningoldingiqopqog'idagitashqiariqcha (paz) vaorqaqopqog'idagashakldorariqchahamfrezalanadi. IshlovberilganhamdaTNBtomonidanqabulqilinganqopqoqlarulargaqo'yilganbelgilargamosholdasilindrlarblokigayig'iladi.


Podshipnikqopqoqlariyig'ilgansilindrlarblokiyo'nibkengaytirishdastgohiningplitasigao'rnatiladivamahkamlanadi. O'zakpodship­niklarteshiklariniborshtangagao'rnatilgankeskichlarningbirmartao'tishida, chizmadayokitexnikshartlardabelgilangano'lchamgayo'nibkengaytiriladi. Yo'nibkengaytirilganda, so'ngteshiklarningo'lchamlari, yuzalarningg'adir-budurligivao'zakpodshipniklarteshiklariorasidagihamdataqsimlashvalivtulkalariorasidagimarkazlararomasofalartekshiriladi.
Silindrlarblokiningkallagihamdaklapanmexanizminingdetallariog'irsharoitlarda, ya'niyuqoriharoratdahamdamexanikvaissiqlikyuklanishlarita'siridaishlaydi. Shuning uchun ta'mirlash usulini nuqson va uning joylashish o'rniga qarab belgilash lozim. Darzlarni epoksid pastasida, kallakni to'liq qizdirgan holda payvandlab, yamoq solib va shtiftlash orqali yamash mumkin.
Kallakning silindrlar bloki bilan tutashadigan tekisligidagi qiy-shayishlarini jilvirlash yoki avval frezalab, so'ng jilvirlash orqali bartaraf etiladi. Bunda muayyan bir dvigatel uchun yopish kamerasining texnik shartlarda ko'rsatilgan minimal chuqurligi saqlanishi lozim. Tekislikdagi qiyshayishlarni bo'yoq surtilgan plitada yoki nazorat chizg'ichi va shchup yordamida aniqlash mumkin.
Klapanlarning yo'naltiruvchi vtulkalaridagi hamda ular o'tkazilgan yyeyilgan teshiklarga razvyortka bilan ishlov berib, nominal yoki ta'mirlash o'lchamiga keltiriladi. Yeyilishlari ruxsat etilgan qiymatdan ortib ketgan vtulkalar almashtiriladi.
Klapanlar o'rindig'ining faskalaridagi yeyilishlar va o'yiqlar jilvirlash orqali bartaraf etiladi yoki o'rindiq almashtiriladi. O'rindiqni klapan bilan ishqalab moslashtirish yoki uni avval zenkerlab, jilvirlab so'ng ishqalab moslashtirish amalga oshiriladi. Zenkerlashda (34.6-chizma), kesuvchi qirralarining qiyalik burchagi 30,45,75 va 15° bo'lgan turtta zenker ishlatiladi. Burchaklari 75° va 15° bo'lgan zenkerlar yordamchi bo'lib, ulardan zarur ishchi faska olish uchun foydalaniladi.
Klapan o'rindig'ining ishchi faskasi charxtosh yordamida mos burchak bilan jilvirlanadi. Masalan, ZIL-130 dvigateli uchun yo'nal­tiruvchi vtulka o'qiga nisbatan kiritish klapanlari 60° burchak ostida,



chiqarish klapanlari esa 45° burchak ostida jilvirlanadi. ZIL dvigatelida klapan o'rindig'ining ishchi faskasi eni 2,5 - 3,0 mm bo'lishi lozim.
Klapan o'rindig'idagi yeyilishlar katta bo'lganda, ya'ni kalibrning botishi texnik shartlarda ko'rsatilgan ruxsat etilgan qiymatdan ortib ketganda klapan o'rindig'i yangisiga almashtiriladi. Buning uchun klapan o'rindig'ining eskisi yo'nib tashlanadi, yangisi esa maxsus moslama yordamida zarblab joylashtiriladi. Shundan keyin ishchi faskani talab etilgan o'lchamga keltirish uchun zenkerlanadi va jilvirlanadi. So'ng klapanning ishchi yuzasi bilan ishqalab moslashtirish amalga oshiriladi.
Ishqalab moslashtirish ishlari to'liq mexanizatsiyalashtirilgan va bir paytni o'zida barcha klapanlarga ishlov bera oladigan maxsus dastgohlarda bajariladi. Ishqalash uchun ishqalash pastasi yoki GOI pastasi ishlatiladi. Avvalo, ishqalashda dag'al pasta ishlatish tavsiya etiladi. Mayin pastadan esa yakuniy toza yuza olish uchun foydalaniladi. Ishqalab moslash-tirilgandan so'ng klapan va o'rindiqning ishchi faskalari, gazlarni o'tkazib yubormaydigan darajada bir-biri bilan germetik ravishda zich tutashishi lozim. Ishqalab moslashtirilgan klapan va o'rindiq, faskaning to'liq ayla-nasi bo'yicha ma'lum a kenglikdagi (34.7-chizma) tekis jilosiz yuzaga ega bo'lishi kerak. Masalan, ZIL dvigatellari uchun bu yuzaning kengligi, o'rindiq ishchi faskasi kengligining yarmiga teng bo'lishi zarur.
Ishqalab moslashtirish sifati maxsus asbob (34.8-chizma) yordamida, klapan ustida ortiqcha 0,07 MPa havo bosimi hosil qilinib tekshiriladi. Bosim manometrga qarab belgilanadi va u bir daqiqa mobaynida sezi-larli darajada pasaymasligi lozim.
Klapan o'rindig'ining uyaga nisbatan tig'izligi pasayib ketsa, u hol-da sug'urib tashlanadi. Uyani esa ta'mirlash o'lchamidagi o'rindiqni o'rnatish uchun yo'nib kengaytiriladi. Urindiqni sug'urib olishda turli xil ajratkichlar ishlatiladi. (34.9-chizma).

Porshentepasidagivaariqchalaridagiqurumlar, halqajoylashadiganhamdabo'rtmadagiteshiklarningyeyilishi, devorlardagidarzlarvatirnalishlarporshenningasosiynuqsonlarihisoblanadi. Porshenariqcha-lariniqurumlardantozalashuchun, ichkiyuzasigakeskichlarmahkam-langanpo'lattasmako'rinishidagidastalimoslamadanfoydalaniladi. Keskichlarni ariqchadan tushirib va moslamani porshen atrofida aylan-tirilib qurumlar chiqarib olinadi.
Porshen halqalari joylashadigan ariqchalari ko'p yyeyilgan porshen-lar, mos o'lchamdagi yangisiga almashtiriladi. Porshen bo'rtmasining yeyilgan teshiklari razverkalab va unga o'lchamlari kattalashtirilgan porshen barmoqlarini o'rnatish orqali tiklanadi. Porshenning tashqi yuzasi arzimas tirnashuvlar va chiziqlar jilvir qog'oz yordamida bartaraf etiladi. Darzlari va chuqur tirnashlari bo'lgan porshenlar yangisiga almashtiriladi.
Yeyilgan va qayishqoqligini yo'qotgan porshen halqalari o'rniga yangisi qo'yiladi. Yangi halqalar porshen va silindrning o'lchamiga moslab tanlanadi. Porshenga halqa tanlanayotganda, uni porshendagi ariqchaga solib aylantirib ko'riladi. Agar u qadalib qolmasa, u holda

shchupyordamidatirqishaniqlanadi. Halqaariqchagaqadalibqolgandayokitirqishkichikbo'lganholatlardahalqanitekisplitagaqo'yilganmayinjilvirlashqog'oziyordamidajilvirlanadi. Ariqchaningbalandligibo'yichao'lchanadigantirqishningqiymatiyuqorigihalqauchun 0,052 - 0,082 mmdan, qolgankompressionhalqalaruchunesa 0,035 — 0,070 mmdanortibketmasligilozim.
Silindrbo'yichatanlashdahalqanisilindrgajoylashtirib, uninguchlariorasidagitirqishaniqlanadi (34.10-chizma, b). Halqaniichkidiametrisilindrdiametrigatengbo'lgankalibrgao'rnatibhamtekshirishmumkin. Tirqishbo'lmagandayokiuningo'lchamikichikbo'lgandahalqaninguchlaritekisegovyordamidaegovlanadi. Bunda halqa uchidagi tekisliklar parallel bo'lishi lozim. Texnik shartlarda har bir dvigatel uchun ma'lum bir tirqishlar belgilab qo'yilgan. Kompression halqalar uchun tirqish 0,3 - 0,5 mm, moy sidiruvchi halqalar uchun esa 0,15 - 0,45 mm bo'lmog'i kerak. Agar tirqish bundan katta bo'lsa halqalar yaroqsizga chiqariladi.
Yeyilgan porshen bar-moqlari xromlash yoii bilan tiklanadi. G'ovak xrom moyni yaxshi tutib turadi. Xrom qatlami qop-langan barmoqlar jilvir-lanib kerakli o'lchamga keltiriladi. Diametr bo'yi­cha 0,03 mm dan ortiq yoyilgan barmoqlar ta'mir-lanadi yoki yangisiga almashtiriladi. Dvigatel-larni asosiy ta'mirlashda faqat nominal o'lchamdagi porshen barmoqlarini o'r- natish tavsiya etiladi. Yig'ish ishlarini yengillashtirish uchun ularning o'lchamlari bir qator guruhlarga ajratilgan.


Shatundagi asosiy nuqsonlar o'zakning egilishi va buralishi, yuqorigi kallakdagi vtulka o'rnatilgan teshikning hamda vtulkadagi teshikning yeyilishlari, pastki kallak teshigidagi va tores yuzasidagi yeyilishlardir. Shatunning yuqorigi kallagidagi yeyilgan vtulka yangisiga almashti­riladi. Ba'zan vtulka teshigi, o'lchami kattalashtirilgan porshen barmo-g'iga moslab yo'niladi yoki razvyortkalanadi.
Vtulka o'rnatiladigan teshiklari yeyilib ketgan shatunlarni ishlov berish orqali ta'mirlash o'lchamiga keltiriladi (YAMZ-236 va YAMZ-238 dvigatellarining shatunlari) yoki yaroqsizga chiqariladi (ZIL-130, ZIL-164, GAZ-51 va boshqa dvigatellarning shatunlari).
Shatunning pastki kallagidagi tutashuvchi sirtlarga ishlov berilgan-dan so'ng, ichqo'yma o'rnatiladigan teshikni nominal o'lchamga yo'ni­ladi va jilvirlanadi. Shatun va qopqoqning bir-biriga tutashuvchi sirtlari maxsus moslamalardan frezalanadi yoki jilvirlanadi. Galvanik maydon-cha mavjud bo'lsa, shatunning pastki kallagidagi teshikni po'latlash yoii bilan ta'mirlash maqsadga muvofiqdir. Po'latlashdan so'ng teshikni nominal o'lchamga tiklanadi. Ta'mirlashning bunday usuli shatun kal-laklarining teshiklari orasidagi markazlararo masofani hamda detaining bikrligini saqlab qolishga imkon beradi.
Shatun o'zagidagi burilishlar va egilishlarni to'g'rilash orqali bartaraf etiladi. Shatunni to'g'rilash va nazorat qilish uchun turlicha moslamalarishlatiladi. 34.11-chizmada ko'rsatilgan moslamada bir paytning o'zida sha-tundagi egilishlar va bura-lishlar hamda kallaklar-ning markazlararo maso-si tekshiriladi. Agar ruxsat etilgan qiymatdan chetga chiqishlar mavjud bo'lsa, u holda shatunni moslama-dan chiqazmagan holda maxsus kalit yordamida to'g'rilanadi. Bu paytda shatunning yuqorigi kal-lagi vertikal va gorizontal plitalar orasidagi vaziyatni egallashi lozim.
Stoyka (9) orqali o't-kazilgan katta jo'va (8) yordamida shatun mosla-maga zich qilib o'rnatiladi. Kichik jo'va (10) esa sha­tunning yuqoridagi kalla-gidagi ishlov berilgan te-shikka joylashtiriladi. Avvalo, shatunning bura-lishi dastlabki tekshiruv-dan o'tkaziladi. Buning uchun gorizontal holatda o'rnatilgan shatun qo'l bilan shunday buraladiki, kichik jo'va stoykalari (11) suxariklariga navbati bilan tayansin. Tirqishning mavjudligi shatunni buralib ketgan-ligidan darak beradi.

Buralish va egilish miqdorini aniqlash shatun vertikal holatda joylashganda amalga oshiriladi. Bunda kichik jo'va (10) koromislo (4) tiraklariga tutashgan holda shatunning buralishini ko'rsatuvchi (1 va 7) indikatorlarning shtiftlari (2) bilan kontaktda bo'ladi. Shatunning pastki va yuqorigi kallaklaridagi teshiklarning o'qlari orasidagi masofani o'zgarishini indikator (5) ko'rsatadi, indikator (6) esa teshik o'qlarining paralell emasligini aniqlaydi.


To'g'rilash hamda nazoratdan so'ng dastani (13) keskin harakat-lantirib katta jo'va (8) chiqarib yuboriladi va shatun ozod qilinadi. Ishboshlashdan avval moslama indikatorlari etalon shatunga to'g'rilangan bo'lali.
Tirsakli valdagi asosiy nuqsonlar uning egilishni, shatun va o'zak bo'yinlarining yeyilishi, uzatmalar qutisidagi yetaklovchi valning podshipnigi joylashadigan teshiklarni hamda val flanesidagi maxovik boltlari qotiriladigan teshiklarni yeyilishidir. Dvigatel tirsakli valining egilishini stendda, nazorat plitasiga o'rnatilgan prizmalarda yoki tokarlik dastgohiga o'rnatilgan markazda indikator yordami bilan tekshirilali. Texnik shartlarda belgilangan ruxsat etilgan qiymatdan ortib ketgan egilish (o'rtadagi o'zak bo'ynini chekkadagilarga nisbatan tepishini) zarb yordamida to'g'rilanadi. Tirsakli val prizmalarga chekkadagi o'zak bo'yinlari bilan o'rnatiladi va uning egilishiga qarama-qarshi tomonidan mis yoki latun qistirma qo'yib zichlov shtokida . bosiladi. Bu paytdagi egilish bartaraf etilayotgan egilishdan 10 marta ko'p bo'lishi lozim. Valni zichlovda, yuklanish ostida 2-4 daqiqa mobaynida ushlab turiladi. To'g'rilashdan keyin valga termik ishlov berish, ya'ni uni 180 - 200°C gacha qizdirish va shu haroratda 5-6 soat kutib turish tavsiya etiladi. Shundan so'ng valni tepishi tekshiriladi. O'rtadagi bo'yinlarni chekkadagi bo'yinlarga nisbatan tepishi 0,05 mm dan ko'p bo'lmasligi lozim.
Tirsakli valning yeyilgan shatun va o'zak bo'yinlari ta'mirlash o'lchamiga jilvirlanib tiklanadi. Barcha shatun bo'yinlariga bir xildagi ta'mirlash o'lchami, o'zak bo'yinlariga ham alohida bir xildagi ta'mirlash o'lchami belgilanadi. Bu o'lchamlar texnik shartlardagi tavsiyalarga hamda vat bo'yinlarini o'lchash natijasida olingan eng kichik diametrga bog'liq bo'ladi. Val bo'yinlariga ishlov berishni yaltiratish va superfinishlash orqali kerakli g'adir-budurlikdagi yuzani olish bilan yakunlanadi. Yaltira-tishni maxsus yaltiratish dastgohlarida GOI №10 pastasi yoki EB 220 tasmasidan foydalanib amalga oshiriladi. Shundan so'ng valni maxsus vannaga solib, uning tashqi yuzalari va moy kanallari kerosinda yuviladi.
Agar barcha ta'mirlash o'lchamlaridan foydalanib bo'lingan bo'lsa hamda val diametrini bundan keyin kichraytirishga ruxsat etilmasa, ammo uning mustahkamligi yetarlicha bo'lsa, u holda val bo'yinlari suyultirib qoplash yo'li bilan tiklanadi va ishlov berib nominal o'lchamga keltiriladi.
Tirsakli val bo'yinlarini tiklashda, o'rnatish bazasini to'g'ri tanlash ancha muhimdir. Valni dastgohga o'rnatishda uni tayyorlash chog'ida ishlatilgan bazaviy yuzalardan foydalanish tavsiya etiladi. Shundagina o'rnatish bilan bog'liq bo'lgan xatolik eng kichik bo'ladi.3HJI-130, GAZ-53, YAMZ-236 va boshqa dvigatellardagi tirsakli val konstruksiyalarida ikki tomondagi faskalar ko'zda tutilgan (xrapovik joylashadigan teshik tomonidagi va yetaklovchi valning yo'naltiruvchi uchini podshipnigi joylashadigan teshik tomonidagi). Ushbu faskalarni o'rnatish bazalari sifatida qabul qilinadi. Ularni oldindan tekshirib ko'riladi va zarurat bo'lganda tozalanadi yoki to'g'rilanadi.
GAZ-51, ZIL-164 dvigatellaridagi tirsakli vallarning konstruksiya-larida, tayyorlash chog'ida foydalanilgan markazlovchi teshiklar keyinchalik olib tashlanadi. Shuning uchun tirsakli val bo'yinlarini jilvirlashda unga qo'yiladigan talablarni qanoatlantiradigan yangi o'rnatish bazalarini to'g'ri tanlash zarur. Bunday vallar uchun o'rnatish bazasi qilib quyidagilarni qabul qilish mumkin: o'zak bo'yinlarini jilvirlashda - faskani, xrapovik joylashadigan teshikni va yetaklovchi valning yunaltiruvchi uchini podshipnigi joylashadigan teshikni; shatun bo'yinlarini jilvirlashda - shesterna o'tkaziladigan bo'yinni va maxovik o'rnatiladigan flanesning tashqi silindrsimon yuzasini; valga ishlov berishda talab etiladigan aniqlikni ta'minlash uchun, tanlab olingan bu sirtlar oldindan tayyorlanadi.
Jilvirlangan o'zak bo'yinlari shatun bo'yinlarini jilvirlash uchun texnologik baza sifatida qabul qilinishi mumkin. Bunda shatun bo'yinlarini aylanish o'qi dastgoh shpindelining o'qiga aniq mos tushishi kerak. Uzatmalar qutisidagi yetaklovchi valning podshipnigi o'rnatiladigan teshikni, vtulka o'rnatib tiklanadi (34.12-chizma). Maxovik boltlari mahkamlanadigan val flanesidagi yeyilgan teshiklarni
maxovik bilan birgalikda razvyort-kalab, ta'mirlash o'lchamiga keltiriladi. Yig'ish chog'ida kattalashtirilgan ta'­mirlash o'lchamidagi boltlar ishlatiladi. Bajarilgan ishlar sifatini hamda paydo boiishi mumkin boigan chuqurchalar va darzlarni aniqlash uchun ta'mirlashdan so'ng, tirsakli valni albatta nazoratdan o'tkaziladi.
Tirsakli valning o'zak va shatun bo'yinlari uchun podshipniklar yupqa devorli po'lat ichqo'ymalar ko'rini-shida tayyorlangan bo'lib, ularning ichki tomoniga antifriksion qotish-malar qo'yilgan bo'ladi. Zavodlarda ham nominal o'lchamdagi, ham ta'mirlash o'lchamlaridagi ichqo'ymalar ishlab chiqariladi. Ular yeyilganda yangisiga almashtiriladi va hech qanday qo'shimcha moslashtirish ishlari bajarilmaydi. Ichqo'ymalar faqat juft holda almashtiriladi.



Download 3,83 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   44




Download 3,83 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomobillar tuzilishi, ularga servis xizmat ko’rsatishva ta’mirlash ishlari

Download 3,83 Mb.