• MOYLASH VA SOVITISH TIZEVIIDAGI ASOSIY DETALLARNI HAMDA ASBOBLARNI TAMIRLASH
  • Avtomobillar tuzilishi, ularga servis xizmat ko’rsatishva ta’mirlash ishlari




    Download 3,83 Mb.
    bet33/44
    Sana27.01.2024
    Hajmi3,83 Mb.
    #147300
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   44
    Bog'liq
    Avto tuzi servis xizmat ko\'rsatish Abdulhakimov Sherzod

    GAZ TAQSIMLASH MEXANIZMI
    Taqsimlash validagi asosiy nuqsonlar egilish, taqsimlash shesternasi o'tkaziladigan bo'yinni va tayanch bo'yinlarning yeyilishi hamda kulachoklarning yeyilishidir. Valni chekka bo'yinlari bilan prizmaga o'rnatib, oraliq buyinlarning tepishi tekshirib ko'riladi. Ruxsat etilgan tepish miqdori texnik shartlarda belgilab qo'yilgan. Agar tepish miqdori ruxsat etilgandan katta bo'lsa, u holda val zarb ostida to'g'rilanadi. Yeyilgan bo'yinlarni jilvirlab kichikroq diametrga, ya'ni navbatdagi ta'mirlash o'lchamiga keltiriladi. Jilvirlangan bo'yinlarni abraziv tasmada yoki GOI pastasida yaltiratiladi. Yeyilgan tayanch vtulkalarni ham yangisiga almashtiriladi. Zichlab joylashtirilgan bu vtulkalarning ichki diametrlarini taqsimlash valining jilvirlangan bo'yinlariga mos keltirish uchun razvyortkalanadi yoki keskich yordamida yo'niladi. Valning ta'mirlash o'lchamidan chiqib ketgan bo'yinlarini xromlash yoki po'latlash orqali nominal yoki ta'mirlash o'lchamiga keltirish mumkin.
    Kulachoklarning uncha katta bo'lmagan yeyilishlarini nusxalash-jilvirlash dastgohida sayqallab yo'qotiladi. Kulachok cho'qqisi ancha yeyilgan bo'lsa, uni suyultirib qoplash usulida sormayt №1 (asosi temir boigan serxromli va seruglerodli qattiq qotishma) qoplab tiklash mumkin. Shundan keyin unga elektr jilvirlash uskunasida dastlabki ishlov beriladi va nusxalash-jilvirlash dastgohida sayqallanadi. So'ng taqsimlash valining kulachoklari EB220 yaltiratish lentasida yoki GOI №10 pastasida yaltiratiladi.
    Klapanlarda ko'p uchraydigan nuqsonlar ishchi faskalarni yeyilishi va kuyib ketishi, likopni (kallakning) deformatsiyalanishi, o'zakning egilishi va yeyilishidir. Ishchi faskalar oz-moz yeyilgan klapanlarni o'rindiqqa ishqalab tiklanadi. Yeyilishlar katta bo'lganda yoki chuqur­chalar yoki chiziqlar bo'lganda awal jilvirlash keyin ishqalab moslash­tirish amalga oshiriladi. Faskani jilvirlagandan so'ng klapan kallagining silindrsimon qismining balandligi texnik shartlarda belgilanganda kichik bo'lib qolmasligi lozim. Barcha klapanlar bir paytning o'zida maxsus dastgohda ishqalab moslashtiriladi. Klapan - o'rindiq juftligining germetikligi maxsus asbobda nazorat qilinadi. (34.8-chizmaga qarang).
    O'zakdagi egilishning va kallakdagi ishchi faskaning o'zakkanisbatan tepishi maxsus moslamada tekshiriladi (34.13-chizma). Nazorat indikatorlar (10 va 11) yordamida amalga oshiriladi. Klapan o'zagini va ishchi faskani ruxsat etilgan tepishi texnik shartlarda belgilab qo'yil-gan. Tepish katta bo'lganda klapan o'zagi to'g'rilanadi.

    Klapanning yeyilgan o'zagini xromlash yoki po'latlash yo'li bilan tiklanadi va nominal o'lchamga jilvirlanadi. O'zakning yeyilgan tores qismini ham tekis silliq yuza olgunga qadar jilvirlanadi.


    Klapan turtkichlarida sferasimon va silindrsimon yuzalar eyiladi. O'zakni ta'mirlash o'lchamiga jilvirlab yoki xromlash yo'li bilan tiklanadi. Turtkich yo'naltiruvchisidagi teshikni o'rnatiladigan o'zak o'lchamiga moslab yoki vtulkani zichlab o'rnatish uchun razvyort-kalanadi. Vtulka qo'ng'ir cho'yandan tayyorlanadi va 0,02 - 0,03 mm tig'izlik bilan o'tkaziladi. Birikmadagi zarur tirqishni ta'minlash uchun zichlab o'tqazilgan vtulkaning ichki diametriga razvyortka bilan ishlov beriladi. O'zakning sferasimon sirtidagi yeyilishlarning andoza bo'yicha jilvirlab bartaraf etiladi. Bunda texnik shartlarda belgilangan balandlik albatta, saqlab qolinadi.
    Klapan koromislolarida asosan vtulkalar yeyiladi. Ular yangisiga almashtiriladi va teshiklari nominal yoki ta'mirlash o'lchamiga yo'nib kengaytiriladi. Yangi vtulkalarga moy teshiklari ham parmalanadi. Koromislo tumshug'idagi sferasimon sirtga jilvirlab ishlov beriladi.


    MOYLASH VA SOVITISH TIZEVIIDAGI ASOSIY DETALLARNI HAMDA ASBOBLARNI TA'MIRLASH
    Moy nasosining detallari dvigatel detallariga qaraganda sekinroq yeyiladi. Shuning uchun ta'mirlash chog'ida nasoslarni to'la-to'kis qismlarga ajratish shart emas, balki nazorat uchun ochib ko'rish, reduksion klapanni tozalash va stendda nasos parametrlarini tekshirishni o'zi yetarli bo'ladi.
    Moy nasosi detallarining ko'p uchraydigan nuqsonlari nasos qopqog'i yuzalaridagi, shesterna uyasidagi, shesternadagi, nasosning yetaklovchi validagi yeyilishlar, darzlar va sinishlar, teshiklardagi rezba-larni yeyilishlari va shikastlanishlaridir.
    Nasos qopqog'ining yuzasi tekis jilvirlash dastgohida jilvirlab tiklanadi. Korpus ichidagi shesterna uyasini yeyilishlari tokarlik dastgohida maxsus moslamalar bilan ishlov berib yo'qotiladi. Awalo, ichki yuzaga 2 mm dan ortib ketmagan chuqurlikda ishlov beriladi, so'ng uya chuqurligini texnik shartlarda berilgan qiymatini ta'minlagan holda tores yuzasidan kesib tashlanadi. Ishlov berish aniqligi indikatorli qurilma vositasida tekshiriladi. Yeyilgan shesternalarni yangisiga almashtiriladi. Yeyilgan yetaklovchi valikni jilvirlab, vtulkaning ta'mir­lash o'lchamiga yoki xromlab nominal o'lchamga tiklanadi. Yeyilgan teshiklar kattalashtirilgan ta'mirlash o'lchamiga moslab razvyortkalanadi va unga zichlab vtulka o'tkaziladi. O'tkazilgan vtulkaning ichki diametriga razvyortka bilan ishlov berilib, nominal o'lchamga keltiriladi. Darzlar va singan joylar payvandlanib, unga mexanik ishlov berilib, bartaraf etiladi. Rezbalari yeyilgan (shikastlangan) teshiklarni tiklash uchun ularga ta'mirlash o'lchamidagi rezba ochiladi yoki payvandlab qo'yish usulida teshikni to'ldirib, so'ng nominal o'lchamdagi rezba ochiladi.
    Ta'mirlab va yig'ib bo'lgandan keyin moy nasos sinovdan o'tkazi­ladi. U texnik shartlarda ko'rsatilgan miqdordagi ish unumdorligini ta'minlashi va bosimni hosil qilishi lozim. Masalan, KamAZ-740 dvigateli uchun saqlagich klapanlar 0,85 - 0,95 MPa bosimda ochilishi, asosiy magistraldagi bosimni cheklab turishga mo'ljallangan klapan esa, 0,4 -0,45 MPa bosim ostida ishga tushishi kerak.
    Dvigatelni ta'mirlashda moy filtrlari yuviladi. Agar zarurat bo'lsa filtrlovchi elementlar va yaroqsiz detallar almashtiriladi. Detallar kerosinda yuviladi va siqilgan havo yordamida puflab quritiladi. Filtr korpusi va qopqog'idagi darzlar va sinishlarni payvandlab, so'ng tekislab bartaraf etiladi. Teshiklardagi yeyilgan (shikastlangan) rezbalarni tiklash uchun ta'mirlash o'lchamidagi rezba ochiladi yoki payvandlab qo'yish usulida teshikni to'ldirib unga nominal o'lchamdagi rezba ochiladi.
    Moy o'tkazgichlarni kerosinda yoki kaustik sodaning qaynoq eritmasida, so'ng qaynoq suvda yuviladi va siqilgan havoda puflanadi. Trubkalardagi yoriqlar kavsharlab berkitiladi. Biriktiruvchi nippellarning yaroqsizlari yangisiga almashtiriladi. Ta'mirlashdan so'ng moy o'tkaz­gichlarni germetikligi ikki daqiqa mobaynida 0,4 MPa bosim ostidagi siqilgan havo yordamida sinovdan o'tkaziladi.
    Sovitish tizimining radiatorlari quyidagi asosiy nuqsonlarga ega bo'lishi mumkin: serdsevinani kirlanishi, quyqalarni o'tirib qolishi va trubkalarni teshilishi. Kirlar va quyqalar radiatordan eritmani 60 - 80°C gacha qizdiradigan, uning aylanishini ta'minlaydigan, so'ng radiatorni suv bilan yuvadigan uskunalar vositasida chiqarib tashlanadi. Radia-torning germetikligini tekshirish uchun uni suv to'ldirilgan vannaga botirib 0,03 - 0,05 MPa bosim ostidagi siqilgan havo yuboriladi. Teshik-lardan biriga shlang orqali havo nasosidan havo kirib keladi, qolgan teshiklar esa rezina tiqinlarda berkitib qo'yilgan bo'ladi. Suvda havo pufakchalari paydo bo'lishi nuqsonlar borligidan darak beradi. Qachonki radiatorlar qismlarga ajratilmasdan (bakchalarni olmasdan) ta'mirlansa, ularning germetikligini tekshirish quyqalarni tozalagandan so'ng amalga oshiriladi. To'sib qo'yilgan va pachoqlanib ketgan trubkalar yangisiga almashtiriladi. Trubkalarni almashtirish uchun radiator bakchalari serdsevinadan ajratib olinadi. So'ng trubka shaklidagi qizdirilgan po'lat sterjen yordamida nuqsonli trubkalar kavsharlangan joyidan ajratiladi va ombir vositasida serdsevinadan sug'urib olinadi. Ular o'rniga yangisi yoki ichiga sterjen tiqib-sug'urib olingan trubka kavsharlanib, qaytadan joylashtiriladi. Sterjen sug'irib tashlanadi va o'rnatilgan trubkalarni uchlari jo'valanadi. Keyin trubka uchlari serdse-vinaning tayanch plastinasiga kavsharlanadi. Yuqorigi va pastki bakcha-lar ham o'z o'rniga kavsharlab qo'yiladi. Ta'mirlangan radiatorni ichiga havo haydab vannada tekshirib ko'riladi.
    Suv nasosi detallarida uchraydigan asosiy nuqsonlar - nasos korpu­sidagi singan joylar va darzlar, valikning egilishi va yeyilishi hamda shponka ariqchasining yeyilishidir. Suv nasosi korpusidagi darzlar va -fianesdagi singan joylar payvandlash orqali yo'qotiladi. Detal oldindan qizdiriladi va payvandalashni asetilen-kislorodning neytral alangasida amalga oshiriladi. Darzlarni epoksid smolasida ham yamash mumkin. Egilgan valik zarb ostida to'g'rilanadi. Valikdagi yeyilish kichik bo'lgan-da uni xromlab tiklanadi va nominal o'lchamga jilvirlanadi. Yeyilgan shponka ariqchasi esa payvandlab to'ldiriladi, so'ng eskisiga nisbatan 90 - 180° burchak ostida yangi ariqcha frezerlanadi. Ta'mirlashdan keyin yig'ilgan nasos stendda tekshirib ko'riladi. Suv nasosi sinalganda va ishlaganda undan suv oqmasligi kerak.


    Download 3,83 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   44




    Download 3,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomobillar tuzilishi, ularga servis xizmat ko’rsatishva ta’mirlash ishlari

    Download 3,83 Mb.