Texnik xizmat ko'rsatish. Dvigatelning kompressiyasini (silindrdagi maksimal bosimni) kompressometrda, tirsakli valni startyor yordamida aylantirib aniqlanadi, bunda kompressometrning rezinali konussimon uchi yondirish svechasi yoki forsunka o'tiradigan teshikka o'rnatiladi
Kompressograf silindrlar bo'yicha kompressiya miqdorini yozish mexanizmiga ega. Aniqroq natijalarni olish uchun, kompressiya miqdori qizdirilgan dvigatelda aniqlanadi. Bunda dvigateldagi barcha yondirish svechalari va forsunkalar yechib olinadi. Valning berilgan aylanishlar chastotasini yaxshi zaryadlangan akkumulator batareyasi yordamida ta'minlash lozim. Har bir silindrdagi kompressiya miqdorini aniqlashdan avval manometr strelkasini nol holatga keltiriladi.
Dizel dvigatellari uchun ruxsat etilgan kompressiya miqdori 2 MPa atrofida, benzinli va gazli dvigatellar uchun esa uning miqdori siqish darajasiga bog'liq bo'lib, 0,60 - 1,00 MPa ni tashkil qiladi. Alohida silindrdagi kompressiya miqdorining farqi dizellar uchun 0,02 MPa dan, benzinli va gazli dvigatellar uchun esa 0,1 MPa dan oshmasligi lozim.Kompressiyani birdaniga pasayishi (30 - 40% ga), halqa-larning singanligini yoki por-shendagi ariqchalarga yopishib qolganligini ko'rsatadi.
K-69M asbobi (25.4-chizma) halqalarni haddan tashqari yeyilib ketganligini, elastikligini yo'qolganligini, qurum bosganligini yoki sinib ketganligini, porshen ariqcha-larini yeyilganligini, shuning-dek, klapanlar va silindr kal-lagi qistirmasi germetikligini yo'qolganligini aniqlashga im-kon beradi.
Avvalo, porshen halqala-rining yeyilganligi tekshiriladi, buning uchun tekshirilayot- gan silindrdagi porshen, siqish taktining boshlanishiga mos kelgan holatga o'rnatiladi (hamma klapanlar yopiq bo'ladi), forsunka yoki o't oldirish svechasi o'rnashadigan teshikdan uchlik (6) orqali, siqilgan havo 0,4 MPa bosim ostida yuboriladi. Porshen halqalari yeyilgan bo'lsa, havoning ko'p miqdorda sizib chiqishi sodir bo'ladi, shuning uchun monometr (8) qayd etib turgan silindrdagi bosim 0,4 MPa dan kichik bo'ladi. Zonalarga ajratilgan manometr shkalasi (dvigatelni holati yaxshi, qoniqarli va ta'mirtalab), foizlarda ifodalangan sizib chiqishni ko'rsatadi. Ikkinchi tekshirishni, siqish taktida porshenni YCHNga yaqin holatida bajariladi. Havoning 15 foizdan ko'p sizib chiqishi, silindrlarni ortiqcha yeyilganligini ko'rsatadi.
Klapanlaraing o'z o'rinlariga zich o'tirmasligi oqibatida ular orqali havoni sizib chiqishi, eshitib ko'rib aniqlanadi. Silindr kallagi qistir-masining germetikligi esa radiator bo'g'zida yoki kallakning silindrlar bloki bilan tutashgan (sovunli eritmada hoilangan) qismida havo pufakchalarining paydo bo'lishiga qarab aniqlanadi.
Kallak, silindrlar blokiga gayka va shpilkalar yoki boltlar yordamida mahkamlanadi. Gaykalar yoki boltlarni bo'sh tortilishi, dvigatel silindr-larining germetikligini buzilishiga, qistirmani kuyib kyetishiga va sovu-tish suyuqligini silindrlarga tushib qolishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun dvigatelni ishlatish jarayonida, davriy ravishda, kallakning gaykalari yoki boltlari tortib turiladi: cho'yanli kallak dvigatel qizigan paytda, aluminiyli kallak esa sovigan paytda tortiladi. Kallaklarni tortish, dinamometrik kalit bilan, zavod ko'rsatmalarida belgilangan ketma-ketlikda (25.5-chizma, a, e) amalga oshiriladi. Tortish momenti 3M3-53 va 3M3-24 dvigatellari uchun ( GAZ-53 va GAZ-24 "Volga" avtomobillari) 73-78 N-m, ZIL-130 dvigateli uchun (ZIL-130 avto-mobili) 70-90 N-m, KamAZ-740 dvigateli uchun (KamAZ-5320 avto-mobili) 190-210 N-m bo'ladi.
VAZ dvigatellarida, silindrlar kallagiga taqsimlash vali podship-niklarining korpusi mahkamlangan bo'lib, uning mahkamlovchi gaykalari ham ma'lum bir ketma-ketlikda qotirilishi kerak (25.5-chizma, f). Bu gaykalarni yakuniy tortish momenti 22 N-m ga teng.
Silindr, silindr kallagi, shtanga va klapanlarning yuritma mexaniz-midagi boshqa detallar dvigatelni isishiga qarab 80-150°C gacha, klapanlar esa 300-600°C gacha qiziydi. Bunda detallar orasidagi issiqlik
tirqishi kamayadi, bu esa detallarni haroratli deformatsiyalarida, kla-panlarni o'z uyalariga zich o'tirishini kafolatla-maydi.
Masalan, dvigatel ishlaganda, chiqarish klapanida issiqlik tirqishi haddan ziyod kichik bolsa, tarelka o'ta qizib ketadi, unda yoriqlar paydo bo'ladi, klapan o'rindig'i yumshab, gaz-lar chiqib ketishi oqiba-tida uning yeyilishi tez-lashadi. Ikkinchi tomon-dan, agar issiqlik tirqishi zarur miqdordan katta bo'lsa, klapanlar ishla-shida kuchli taqillashlar paydo boiadi va gaz taqsimlash mexanizmi detallari jadallik bilan eyila boshlaydi. Ama-liyotda issiqlik tirqishi, odatda, po'lat shchup yordami bilan 20 - 25°C da aniqlanadi (25.6- chizma).
Agar klapan yuritmasining po'lat detallari hamda ular o'rnatilgan aluminiy detallar harorati ko'rsatilgandan farq qilsa, u holda tirqishga tuzatish kiritish lozim bo'ladi. chunki detallarning harorati kamayganda o'lchangan tirqish kichik, harorat ortganda esa katta bo'ladi. Shu-ningdek. quyidagilarni ham e'tiborga olish zarur, tutashuvchi sirtlarning yeyilishi hisobiga ariqcha (4) hosil bo'ladi va u o'lchash jarayonida shchup ostida qoladi. Nalijada haqiqiy tirqish shchup bilan o'lchangan tirqishdan katta bo'ladi (25.6-chi/ma, a). Shuning uchun yuritma nchagini klapan bilan tutashadigan zonasidagi yo'lini o'lchash uchun mdikatordan foydalangan ma'qul.
Issiqlik tirqishini va uning qiymatini rostlash tartibi har bir dvigatelni ishlatishga doir ko'rsatmalarda beriladi. Misol uchun, KamAZ-740 dvigatelining klapan mexanizmidagi issiqlik tirqishini rostlash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
1. Yonilg'i berish ulanadi.
2. Silindrlar kallagining qopqog'i yechib olinadi.
3. Silindrlar kallagini mahkamlash boltlari tekshiriladi, zarur bo'lsa tortib (qotirib) qo'yiladi.
4. Maxovik fiksatori pastki holatga o'rnatiladi (25.7-chizma, a).
5. Ilashma karteridagi darchaning qopqog'i bo'shatib olinadi.
6. Maxovikdagi teshikka uzun temir (lomcha) tiqiladi va fiksator (25.7-chizma, a) maxovik bilan ilashgunga qadar tirsakli val aylantiriladi.
7. Purkashni ilgarilatish muftasi korpusining (1) tores qismidagi hamda yuqori bosimli yonilg'i nasosi yuritmasining yetaklovchi yarim muftasi (2) flanesidagi chiziqlar holati tekshirib ko'riladi (25.7-chizma, b).
Agarda chiziqlar past tomonda bo'lsa, fiksator maxovik bilan ilashishdan chiqariladi va tirsakli val bir marta to'liq aylantiriladi, shunda fiksator maxovik bilan yana ilashishi kerak.
8. Maxovik fiksatori yuqorigi holatga o'rnati ladi.
9.Tirsakli valni aylanish tomoniga qarab 60°burchakka buriladi (maxovikdagi qo'shni teshiklar orasidagi masofa tirsakli valni 30° ga burilishiga shiga mos kcladi).
Shunda birinchi va beshinchi silindrlar klapanlari yopiq bo'lishi lozim (klapanshtangalari qo'l bilan osonginaqimirlatiladi).
10.Rostlanayotganklapan koromislosining stoykasini (ustunini) mahkamlovchi gaykalarni tortilish momenti (payti)(40 - 50 N-m) tekshiriladi.
11. Koromislo tumshug'i bilan klapan o'zagining tores qismi oralig'idagi tirqish tekshiriladi (25.6 hizma, v ga qarang). Bu tirqishga, kiritish klapani uchun 0,20 mm qalinlikdagi shchup, chiqarish klapani uchun 0,30 mm qalinlikdagi shchup bemalol kirishi kerak. Kiritish klapani uchun 0,25 mm, chiqarish klapani uchun 0,35 mm qalinlikdagi shchuplar esa bir oz kuch bilan kirishi lozim. Tirqishni rostlash uchun rostlash vintining (2) gaykasi (8) bo'shatiladi, tirqishga kerakli qalinlikdagi shchup qo'yiladi va vintni otvyortka (9) bilan burab zarur tirqishga o'rnatiladi. Vintni otvyortka bilan ushlab turgan holda gayka (8) qotiriladi va tirqish yana tekshiriladi.
12. Shundan so'ng tirsakli valni aylanish tomonga qarata harsafar 180° ga burib, bir juft silindrdagi, ya'ni 4 va 2, 6 va 3, 7va 8-silindrlardagi tirqishlar rostlanadi.
Dvigatel yurgazib ko'riladi. Tirqishlar to'g'ri rostlanganda,klapan mexanizmida hech qanday taqillashlar boimaydi.
Ilashma karteridagi darchaning hamda silindrlar kallagining qopqoqlari o'z joyiga o'rnatiladi.
BA3-2108 dvigatelida issiqlik tirqishi, doirasimon kirgazmalarni (6) almashtirib rostlanadi (25.6-chizma, b shakliga qarang). Avvalo shchup yordamida, kirgazmaning ishchi yuzasidagi yeyilishlarni hisobga olgan holda haqiqiy issiqlik tirqishi V aniqlanadi. So'ng maxsus moslama yordamida turtkich (7) pastga bosiladi, kirgazma (6) olinadi va mikrometr bilan uning qalinligi aniqlanadi. O'lchangan issiqlik tirqishi va kirgazma qalinligi yig'indisidan iborat bo'lgan V qiymatdan, issiqlik tirqishining ko'rsatmada berilgan qiymati ayriladi va turtkichga qo'yilishi lozim bo'lgan kirgazmaning A qalinligi topiladi.
Aylanishlari yuqori bo'lgan ben-zinli VAZ dvigatellarida, taqsimlash ' vali silindrlar kallagida joylashgan
bo'lib, tarangligi davriy ravishda rostlab turiladigan tishli tasma yoki zanjir orqali tirsakli valdan harakatga keltiriladi. Masalan, BA3-2105 dvigatelidagi tishli tasmani taranglash, quyidagi ketma-ketlikda bajariladi (25.8-chizma):
Yuqorigi himoya qopqog'i (8) yechib olinadi.
Taranglash roligining kronshteyni (11) mahkamlangan boltlar (6) yetarlicha bo'shatiladi va tirsakli val 2-3 marta ohista aylantiriladi. Bunda prujina (12) tasmani (10) avtomatik tarzda kerakli darajada taranglaydi.
Boltlar (6) qotiribqo'yiladivayuqorigihimoyaqopqog'i (8) o'zo'rnigamahkamlanadi.
Tishli tasmani almashtirish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
Shamolparrak tasmasi (2) hamda yuqorigi himoya qopqog'i (8) yechib olinadi.
Tirsakli val shkividagi (1) "C" belgini o'rta himoya qopqog'idagi (5) "D" (YCHN) belgi bilan, taqsimlash vali shkividagi(9) "F" belgini esa blok kallagi qopqog'idagi "E" belgi bilan mos kelgunga qadar tirsakli val aylantiriladi.
O'rta (5) va pastki (3) himoya qopqoqlar yechib olinadi.
Prujina (12) yechib olinadi, boltlar (6) bo'shatiladi, taranglash roligining (7) kronshteyni (11) chapdagi eng chekka vaziyatga suriladi va tasma (10) yechib olinadi.
Yangi tasma shkiv (1) ortidagi tishli shkivga (4) kiydiriladi, so'ng tasmani taranglagan holda uni moy nasosi valigining shkiviga (13) hamda yuqoridagi shkivga (9) kiydiriladi.
Tasma taranglash roligiga (7) kiydiriladi. kronshteynni (11) o'ngga surib. prujina (12) o'rnatiladi.
Tirsakli val ikki marta aylantiriladi hamda "E" va "F", "( va "D" belgilarni mos tushishi tekshiriladi. agar belgilar mos tushmasa, 5 va 6 amallar qaytariladi.
Boltlar qotiriladi, qopqoqlar (3. 5 va 8) o'z joyiga o'rnatiladi. shamolparrak tasmasi (2) o'z o'rniga kiydiriladi va ko'rsatmaga mos holda taranglanadi.
|