|
DIZELLARNI TA'MINLASH TIZIMIDAGI ASOSIY NOSOZLIKLAR VA UNGA TEXNIK XIZMAT KO'RSATISH
|
bet | 39/44 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 3,83 Mb. | | #147300 |
Bog'liq Avto tuzi servis xizmat ko\'rsatish Abdulhakimov Sherzod DIZELLARNI TA'MINLASH TIZIMIDAGI ASOSIY NOSOZLIKLAR VA UNGA TEXNIK XIZMAT KO'RSATISH
Dizellarning ta'minlash tizimiga texnik xizmat ko'rsatish eng murakkab va ma'suliyatli ishlar sirasiga kirib, xizmat ko'rsatish xodim-larining malakasi yuqori bo'lishi talab etadi. Alohida e'tiborni, ish joyi-ning tozaligiga hamda yuqori bosimli nasos va forsunka yoki rostlagich ichiga juda kichkina bo'lgan kir zarrachasini ham tushib qolishiga yo'l qo'ymaslikka qaratish kerak bo'ladi.
Asosiy nosozliklar. Bularga quyidagilarni kiritish mumkin: yonilg'i aylanishining buzilishini va havo surilishini, bu esa bakdan yuqori bosimli nasosga moy yuborilishining kamayishiga olib keladi; nasosning nosoz-Hgi tufayli ish unumdorligi va u hosil qiladigan bosimning pasayishi; yuqori bosimli nasosni noto'g'ri o'rnatilganligi yoki rostlanganligi tufayli forsunkalarga yonilg'i berishning boshlang'ich paytini buzilishi, shuningdek, nasos yuritmasi detallarining yeyilishi; yuqori bosimli nasosni noto'g'ri rostlanishi oqibatida nasos bo'linmalaridan yonilg'i berilishini bir tekisligini hamda dozalanishning buzilishi; yuqori bosimli yonilg'i nasosidagi plunjer, gilza va haydash klapanlarining yeyilishi;
forsunka ignasini ko'taruvchi rostlangan bosimning buzilishini hamda nina germetikligining yo'qolishi; rostlagichning ishlashini buzilishi, bu esa tirsakli valning notekis aylanishiga, salt ishlashda dvigatelni to'xtab qolishiga yoki haddan ziyod yuqori chastotali aylanishlarga olib keladi. Texnik xizmat ko'rsatish. Kundalik xizmat ko'rsatishda yonilg'i nasosi va rostlagich korpusidagi moy sathi tekshiriladi, zarur bo'lsa moy quyiladi. Dizel sinov uchun yurgazilib, ishlatilgan gazlarni tutashi, manometr bo'yicha yonilg'i bosimi va radiatordagi suvning isishi nazorat qilinadi. Dvigatel, yonilg'i nasosi va rostlagichda begona taqillashlar bor-yo'qligi eshitib ko'rish orqali tekshiriladi. Yonilg'i apparaturasi kirlardan tozalanadi, mahkamlovchi detallar tortib qo'yiladi, baklarga kerakli miqdorda tindirilgan yoki filtrlangan yonilg'i quyiladi. Yilning sovuq kunlarida, yonilg'ini dag'al va mayin tozalash filtrlarining korpuslaridan cho'kindilar har kuni to'kib turilishi kerak.
1-TXK o'tkazilganda yonilg'i bakidan, yonilg'ini dag'al va mayin tozalovchi filtrlardan cho'kindilar to'kib tashlanadi, tizimdan havo chiqarib yuboriladi. Yonilg'i bakining qopqog'idagi teshik, havo tozalagich hamda havo so'rgich turidagi teshiklar va tirqishlar tozalanadi; havo va yonilg'i bilan ta'minlash tizimlaridagi asboblar holati, ular birikmalarining germetikligi ko'rikdan o'tkazilib, tekshiriladi va zarur hollarda nosozliklar bartaraf etiladi; dvigatelni to'xtatish yuritmasining hamda yonilg'i berishni qo'l bilan boshqariladigan yuritmaning ishlashi nazorat qilinadi.
2-TXK o'tkazilgan chog'da: yonilg'i baki, yonilg'i naychalari, yonilg'i nasoslari, forsunkalar, filtrlar va nasos yuritmalarining mahkamlanishi hamda germetikligi tekshiriladi; yonilg'i berishni boshqarish mexa-nizmining sozligi va dvigatelni qoi bilan to'xtatish trosining ishlashi tekshiriladi; yonilg'ining aylanishi ko'zdan kechiriladi va tizimda havo bo'lsa, chiqarib yuboriladi; dvigatel yurgaziladi va salt ishlash rejimida tirsakli valning minimal aylanishlar chastotasi rostlanadi; dvigatelni, yuqori bosimli yonilg'i nasosining, tirsakli val aylanishlar chastotasi rostlagichining ishlashi va ishlatilgan gazlarning tutashi tekshiriladi; yonilg'ini dag'al va mayin tozalovchi filtrlarning korpuslari yechib olinadi va yuviladi, filtrlovchi elementlar almashtiriladi.
Mavsumiy texnik xizmat ko'rsatish o'tkazilganda: cho'kindi to'kib tashlanadi va yonilg'i baki yuviladi; forsunkalar yechib olinadi va max-sus asbobda ninaning ko'tarilish bosimi rostlanadi; dvigatelni ta'minlash tizimidagi havo uzatkichlarning mahkamlanishi havo yordamida tekshiriladi. Qishki mavsumda ishlatishga tayyorlanganda yuqori bosimli yonilg'i nasosi va yonilg'i haydash nasosi yechib olinadi, ular stendda tekshiriladi va rostlanadi; yuqori bosimli yonilg'i nasosi hamda dvigatel tirsakli valining aylanishlar chastotasining rostlagichi yechib olinganda, ulardagi moy almashtiriladi; yonilg'i purkalishini ilgarilatish muftasining korpusidagi moy sathi tekshiriladi va zarur bo'lsa moy quyiladi.
KamAZ-740 dvigatelidagi havo filtrining birinchi pog'onasiga xizmat ko'rsatish uchun filtrdan chang so'rgich magistrali va havo o'tkazgichlar ajratiladi, qopqoq yechiladi, mahkamlovchi sterjen burab bo'shatiladi, filtrlovchi element sug'urib olinadi va filtr korpusi yechiladi. Korpus inersion panjara bilan birgalikla dizel yonilg'isida yoki issiq suvda yuviladi, siqilgan havo bilan puflab quritiladi; yig'ish paytida, tores qopqoqlari va g'iloflari deformatsiyalangan (pachoqlangan) filtrlovchi elementlarni o'rnatishga yo'l qo'ymaslik darkor; yirtilgan qistirmalarni almashtirish lozim.
Kartonli filtrlovchi elementga havo filtrini kirlanganlik darajasini bildiruvchi indikator ko'rsatmasiga muvofiq xizmat ko'rsatiladi. Agar element kartoni kulrang (qurum bosmagan) bo'lsa, uni 0,2 - 0,3 MPa bosim ostidagi siqilgan havo bilan purkaladi. Kartonga chang, qurum, moy yoki yonilg'i yopishgan bo'lsa, u holda element, yuvish moddasi qo'shilib 40 - 50°C isitilgan suvda yuviladi. Bu eritmaga element 10-15 daqiqa davomida solib qo'yiladi, so'ng toza suvda chayiladi va quritiladi.
O'rnatishdan oldin filtrlovchi elementning holati, uning ichiga lampa yoqib yorug'lik bilan tekshirib ko'riladi. Yirtilishlar, teshilishlar va boshqa shikastlanishlar bo'lishiga yo'l qo'yilmaydi.
Filtrlovchi elementni har bir 2-TXK da yuvish va bir marta kuzda, uni yangisi bilan almashtirish tavsiya etiladi. Ikki yoki uch marta 2-TXK dan so'ng, havo kiritish tizmining germetikligini tekshirib ko'rish zarur.
Dizeldagi ta'mirlash tizimining germetikligi alohida ahamiyatga ega. Bakdan yonilg'i haydash nasosigacha bo'lgan (tizimning kiritish qismi) yonilg'i tizimiga havo so'rilishi, yonilg'i berish apparaturalarini yomon ishlashini keltirib chiqaradi, yonilg'i haydash nasosidan to forsunka-largacha bo'lgan bosim ostidagi yo'llarda germetiklikning buzilishi esa yonilg'ini oqishiga, demak ortiqcha yonilg'i sarf bo'lishiga sabab bo'ladi.
Magistralning kiritish qismi germetikligi, bosimni oshiruvchi qo'l nasosi bo'lgan bakcha ko'rinishidagi maxsus asbob yordamida tekshiriladi. Magistralning yonilg'i haydash nasosi bilan forsunkalar orasidagi
qismini, yonilg'inasosidagiqo'1-yuritmalinasosyordamidayokidizelnisaltishlashidako'zbilankuzatibtekshirishmumkin.
Yuqoribosimlivayonilg'ihaydashnasoslari, SDTA-1 vaSDTA-2 (yonilg'iberuvchidizelapparaturalari) stendlaridatekshiriladi (25.14-chizma). Yonilg'ihaydashnasosiningberilganqarshilikdagiishunumdorligivayonilg'ikanalito'layopiqbo'lganda, uhosilqiladiganbosimtekshiriladi.
Yonilg'ihaydashnasosinitekshirishuchunundanfiltrgaketgannaychao'lchovbakchasigatushiriladi, yonilg'iningnasosdanchiqishiesa, chiqishdagibosim 60 - 80 KPagachako'tarilishiuchun, kranvosi-tasidabirozyopiladi. KamAZ-740 dvigateliningsozholatdagipastbosimlinasosivayonilg'ihaydashnasosikulachoklivalning 1300 min'bo'lganaylanishlarchastotasidao'lchovbakchasiga 2,5 //minmiqdordayonilg'iberishikerak. Shuaylanishlarchastotasidayonilg'ihaydashnasosihosilqiladiganbosim, manometr-ning (9) ko'rsatishigaqarab, nasosdanyonilg'ichiqishikranbilanohistaberkitganholdaaniqlanadi. Agarnasos 0,4 Mpadanozbosimhosilqilsa, uholdaklapanlarninggermetikligini, porshenlarningyeyil-ganliginivaturtkichningerkinhara-katlanishinitekshirishzarur. Yuqoribosimliyonilg'inasosiharbirforsun-kagaberiladiganyonilg'inibosh-lang'ichpaytiga, birtekisliligigavamiqdorigatekshiriladi.
Yonilg'iberishningboshlang'ichpaytinianiqlashvarostlashuchunSTDAstendlarida, harbirseksiya-ningchiqishshtutserigao'rnatilgan (25.15-chizma) momentoskoplar -ichkidiametri 1,5 - 2,0 mmbo'lganshishatrubkalar (1) ishlatiladi. Nasosningkulachoklivaliaylantirilib, shishatrubkalarhajminingyarmiyonilg'ibilanto'ldiriladi, so'ngvalyuritmasisoatstrelkasibo'yichaohistaaylantirilibtrubkalardagiyonilg'isathikuzatiladi. Nasos seksiyalaridan yonilg'i berishning boshlanishi, momentoskoplarning shisha trubkalaridagi yonilg'i harakatlanishining boshlanishiga qarab aniqlanadi.
SDTA stendlari korpusining nasosni aylantiradigan vali tomoniga darajalarga bo'lingan disk, nasosning kulachokli valini stenddagi yuritma val bilan biriktiradigan muftaga esa strelka o'rnatilgan. Birinchi silindr trubkasidagi yonilg'ining harakatlanishini boshlang'ich payti sanoq boshi - 0° deb qabul qilinadi. KamAZ-740 dvigateli silindrlarining ishlash tartibiga (1-5-4-2-6-3-7-8) mos ravishda, boshqa silindrlarga yonilg'i berilishini boshlanishi nasosning kulachokli vali quyidagi burchaklarga burilganda sodir bo'ladi: 5-silindrga (nasosning 8-seksiyasi) -45°, tur-tmchiga (4-seksiya) -90°, ikkinchiga (5-seksiya) -135°, oltinchiga (7 seksiya) -180°, uchinchiga (3 seksiya) -225°, yettinchiga (6-seksiya) -270° va sakkizinchiga (2 seksiya) -315°. Bunda birinchi seksiyaga nisbatan har bir seksiyadan yonilg'i bcrishning boshlanishi orasidagi intervalning noaniqligi 0,5° dan ortib ketmasligi kerak. Yonilg'i berishning boshlanishini tekshirish, yonilg'i purkalishini ilgarilatish muftasini yechib qo'ygan holda amalga oshiriladi.
KamAZ-740 dvigatelidagi yuqori bosimli yonilg'i nasosi konstruk-siyasining o'ziga xos tomoni shundan iboratki, seksiyalar nasos korpu-sidan alohida qilib tayyorlangan va seksiya o'z korpusi bilan yig'ilgan holatda almashtirilishi mumkin. Kulachokli valning burilish burchagiga qarab, qar bir seksiyadan yonilg'i berishning* boshlanishi, turtkich tovo-nining qalinligini o'zgartirish bilan rostlanadi; tovon qalinligini 0,05 mm ga o'zgarishi 0°12? burilish burchagiga to'g'ri keladi.
Nasos stendda sinalayotganda (25.14-chizmaga qarang), har bir seksiya berayotgan yonilg'ining miqdori, stendning forsunkalar (2) ostidan maxsus to'siqchani avtomatik ravishda olib qo'yadigan quril-masidan foydalangan holda. menzurkalar (3) yordamida aniqlanadi. Sinov soz va rostlangan forsunkalar komplekti (jamlanmasi) bilan birgalikda o'tkaziladi. U forsunkalar nasos seksiyalari bilan bir xil (600±2) mm uzunlikdagi yuqori bosimdagi naychalar vositasida birik-tiriladi. Plunjerning bitta yo'lida seksiya beradigan yonilg'i miqdori (siklik berish) KamAZ-740 dvigateli uchun 75,0-77,5 mmVsiklni tashkil qilishi kerak. Nasos seksiyalari berayotgan yonilg'ining notekisligi 5 5 foizdan oshmasligi lozim.
d- seksiyaning maksimal unumdorlik bilan siklik yonilg'i berishi. mm3; v . - seksiyaning minimal unumdorlik bilan siklik yonilg'i berishi, mm3.
Nasosdagi har bir seksiyaning yonilg'i berishi seksiya korpusini nasos korpusiga nisbatan burish orqali rostlanadi. KamAZ-740 dvigateli naso-sining seksiyalari soat strelkasiga qarshi burilsa siklik yonilg'i berish ortadi, soat strelkasi bo'yicha burilsa kamayadi.
Dizel forsunkalari germetiklikka, ignani ko'tarilishi boshlanadigan bosimga va yonilg'ini changlanish sifatiga tekshiriladi.
Nosoz forsunkani ishlab turgan dizelda, tekshirilayotgan forsun-kaning tashlama gaykasini bir oz bo'shatib aniqlash mumkin. Forsunkalar gaykasini navbatma-navbat bo'shatib, tirsakli valning aylanishlar chastotasini kuzatish kerak. Agar soz forsunka uzib qo'yilsa, u holda
dizel uzilish bilan (notekis) ishlaydi. Nosoz forsunka uzilsa dvigatelni ishlashi o'zgarmaydi.
Forsunkalar holatini NIIAT-1609 asbobida (25.16-chizma) to'la-to'kis tekshirish mumkin. Bu asbob yonilg'i bakchasidan (1), richag (7) dastasi bilan harakatga keltiriladigan yonilg'i nasosi (6) seksiyasidan va manometrdan iborat. Forsunka 2 asbobga o'rnatilgaidan so'ng richag 0) vositasida bosim asta-sekin oshiriladi.
KamAZ-740 dizeli forsunkasidagi yopiq to'zitgich korpusining germetikligini stendda, bosimni 17 - 17,5 MPa oralig'ida bir daqiqa
mobaynida ushlab turib, aniqlanadi. To'zitgich tumshug'idan 1 daqiqa davomida ikki tomchidan ortiq yonilg'i hosil bo'lib tomsa, bunday to'zitgich ishlatishga yaroqsiz deb hisoblanadi. Bu holatda presizion juftlik bo'lgan nina-to'zitgich korpusi almashtirilishi lozim.
KamAZ-740 dvigatelidagi forsunkaning (25.17-chizma) purkash bosimi gayka (2), to'zitgich, prostavka (3) (oraliq detal) va shtangani (5) yechib olib, shaybalar (11, 12) vositasida rostlanadi. Shaybalarning (11, 12) umumiy qalinligi 0,05 mm ga orttirilsa, purkash boshlanadigan bosim 0,03 - 0,35 MPa ga ortadi.
Dvigatel forsunkalarini purkash boshlanadigan bosimga (ignaning ko'tarilishini boshlanishiga) rostlash kerak. Bu bosim KamAZ-740 forsunkalari uchun 18+0-5 MPa ga, YAMZ-236 forsunkalari uchun 16,5+0-5 MPa ga teng.
Agarda richag (7) (25.16-chizmaga qarang) bir daqiqada 70 - 80 marta tebratilganda yonilg'i, to'zitgichning har bir teshigidan tomchilamasdan, oqish konusini ko'ndalang kesimi bo'yicha bir tekisda chiqib, tumanga o'xshash holatda purkalsa, changlatish sifati qoniqarli deb hisoblanadi. Purkalishning boshlanishi va oxiri (uzib qo'yilishi) aniq bo'lishi lozim. Yangi forsunkada yonilg'ining purkalishi o'tkir tovush bilan birga kuzatiladi. Ishlatilgan sobiq forsunkalardan bunday tovushning chiqmasligi, ularning sifatsiz ishlashining alomati emas.
To'zitgich teshiklarini qurum bosganda, ularni (forsunkani qismlarga ajratilgandan so'ng) ingichka po'lat sim bilan tozalash va etillanmagan benzinda yuvish kerak bo'ladi.
Yonilg'ibaklarigaxizmatko'rsatishdaularyechibolinadivaavvalo, quyqalardantozalangunchakaustiksodaning 5 foizliissiqeritmasibilan, so'ngoqibturgansuvbilanyuviladi.
Ishlatilgan gazlarning tutashi, tutun o'lchagich (6) (25.18-chizma) shkalasi bo'yicha aniqlanadi. Taxlil etish uchun gaz olish, maxsus gazolgich (2) yordamida amalga oshiriladi. Gazolgich (2), resiver (5) orqali chiqarish quvuri (4) bilan ulangan oichash quvuriga (3) o'rnatilgan. O'lchash quvuridagi bosimni oshirish uchun zarur hollarda, u zaslonka (1) bilan jihozlanadi. Tutashni o'lchash TXKda va ta'mirdan so'ng yoki yonilg'i apparaturalarini rostlash paytida, qo'zg'almasdan turgan avtomobilning dvigatelini salt ishlashidagi ikki xil rejimda: erkin tezlanishda (tirsakli valning aylanishlarini minimal chastotadan maksi-mal chastotaga yetguncha tezlanishi) va valning eng yuqori maksimal chastotali aylanishlarida amalga oshiriladi. Ishlatilgan gazlarni tutashi ularni optik zichligiga qarab baholanadi va foizlarda ifodalanadi. KamAZ, MAZ va KrAZ avtomobillarining dvigatellarida ishlatilgan gazlarning tutashi, erkin tezlanish rejimida 40 foizdan, eng yuqori (maksimal) chastotali aylanishlarda 15 foizdan oshmasligi kerak.
KARBURATORLI DVIGATELLARNING TA'MINLASH
|
| |