DVIGATELLARGA TEXNIK XIZMAT KO'RSATISHDA




Download 3,83 Mb.
bet43/44
Sana27.01.2024
Hajmi3,83 Mb.
#147300
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Bog'liq
Avto tuzi servis xizmat ko\'rsatish Abdulhakimov Sherzod

DVIGATELLARGA TEXNIK XIZMAT KO'RSATISHDA MEHNAT XAVFSIZLIGI
Uzluksiz liniyada avtomobillarni postdan-postga majburiy silji-tishda yorug'lik yoki tovush signallaridan foydalanish ko'zda tutilgan. Konveyer siljishining boshlanishi haqida signal berilganda, ishchilar ish o'rinlarini bo'shatib, chuqurdan chiqib, konveyyerdan uzoqlashishlari lozim. Konveyerni favqulodda to'xtatish uchun har bir postda "Stop" tugmasi mavjud.
Yuguruvchi barabanli diagnostika stendining elektr qurilmasi ishonchli tarzda yerga ulanishi lozim (boshqarish pulti, apparat shkaflari, baraban bloklari va boshqalar). Almashinish (smena) oxirida stendning biriktirgich-ajratgichini uzish, yonilg'i baki kranlarini hamda siqilgan havo ventilini berkitish kerak. Avtomobilni ko'tarilgan kabinasi ostida ishlaganda cheklagich holatini qulf bilan ishonchli holda mahkamlash, kabinani tushirganda esa ilish mexanizmini ishonchli tarzda berkitish va saqlash ilmog'ini tayanch balkaga to'g'ri o'rnatish lozim.
Dvigatelni o't oldirishni asosan startyerda, faqat ayrim hollardagina yurgizish dastasi yordamida amalga oshirish lozim. Qo'l panjalari shikastlanishining oldini olish maqsadida dastani shunday ushlash lozimki, bunda o'ng qo'lning hamma panjalari dastaning bir tomonida joylashsin. Tirsakli valni aylantirish faqat pastdan yuqoriga tomon amalga oshiriladi, aylana bo'yicha aylantirish esa ta'qiqlanadi.
Gazning sizib chiqishi kuzatilgan holatlarda dvigatelni o't oldirish taqiqlanadi. Ishlayotgan dvigatelda rostlash ishlarini o'tkazish uchun, ishlatilgan gazlarni so'rib oladigan qilib jihozlangan maxsus post ajratilishi lozim. Gaz ballonli avtomobillardagi gaz jihozining uzellarida va quvur-yo'llarida bosim ostidagi gazmavjud bo'lsa, u holda uning detallarini qotirish va boshqa ta'mirlash ishlarini bajarish ham ta'qiq­lanadi.
Avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash xonalarida yonilg'idan yoki moylash materiallaridan bo'shagan idishlarni qoldirish ta'qiqlanadi. To'kilgan yonilg'i yoki moyni tezlik bilan qum yoki to'-pondan foydalanib tozalash lozim. Ish tugagandan so'ng ishlatilgan artish materiallarini yig'ib maxsus idishga solish kerak.
Avtomobildan yechib olingan ta'minlash tizimi uskunalariga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash ishlari sexda (ustaxonada) bajariladi. Ta'minlash tizimi detallari yuviladigan vannada, asboblarni qismlarga ajratish-yig'ish, rostlash va tekshirishga mo'ljallangan verstaklarda hamda charxlash dastgohida shamollatish-so'rg'ichlari bo'lishi lozim.
Detallarni kavsharlash va qalaylashdan avvalgi tozalash ishlarini mahalliy shamollatgichlarga ega bo'lgan ishchi o'rinlarida bajarish lozim. Yonilg'i baklarini va yonuvchi suyuqliklardan bo'shagan idishlarni ta'mirlashdan avval issiq suv bilan yuvish, issiq bug' bilan bug'lash va kaustik sodada yuvish hamda issiq havo bilan quritish lozim. Kavsharlash va payvandlash ishlarini tiqinlar ochilgan holatda bajarish kerak. Alangalanish o't o'chirgich, qum yoki to'zitilgan suv oqimida o'chiriladi. Gazli ballonlardagi bosim oshib ketmasligi uchun ular ustidan sovuq suv quyib turiladi.



Download 3,83 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Download 3,83 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



DVIGATELLARGA TEXNIK XIZMAT KO'RSATISHDA

Download 3,83 Mb.