Moylash tizimining asosiy nosozliklari. Moyning ifloslanishi va sizib oqishi, tizimdagi bosimni ortib yoki pasayib ketishi - moylash tizi-midagi nosozliklar alomati bo'lib hisoblanadi. Moy sathi yetarlicha
bo'lmaganda yoki u suyulib ketganda, moy oqishi paydo bo'lganda, moy nasosining detallari hamda tirsakli va taqsimlash vallari podship-niklari yeyilganda, reduksion klapan ochiq holatda buzilib qolganda tizimdagi bosimning pasayib ketishi kuzatiladi. Bosimning ortib ketishi esa, qovushqoqligi tavsiya etilgandan katta bo'lgan moy ishlatilishi, reduksion klapan yopiq holatda buzilib qolishi, moy magistralini kirla-nib ketishi natijasida yuzaga keladi.
Texnik xizmat ko'rsatish. Kundalik xizmat ko'rsatishda moy oqqan-oqmaganligi tekshiriladi. Dvigatel karteridagi moy sathi nazorat qilinadi va zarur hollarda moy quyib turiladi. Dizellarda yuqori bosimli yonilg'i nasosidagi va tirsakli valning aylanishlar chastotasining rostlagichidagi moy sathi tekshiriladi. Dvigatel tekshirish uchun yurgazib ko'riladi va to'xtagandan so'ng, markazdan qochma moy tozalash filtrining ishlashi eshitib ko'rish bilan tekshiriladi.
1-TXK o'tkazilganda: havodagi chang miqdori ko'p bo'lgan sha-roitda ishlagan dvigatel karteridagi moy almashtiriladi, filtrlar korpu-sidan cho'kindilar to'kib tashlanadi va markazdan qochma moy tozalash filtri qalpog'ining ichki sirti quyqumlardan tozalanadi, karterni sha-mollatishda ishlaydigan havo filtrining filtrlovchi elementi yuvib tozalanadi.
Moy sathini tekshirish uchun dvigatel to'xtatiladi, moy karterga oqib tushguncha 2-3 daqiqa kutib turiladi, moy o'lchovchi sterjen (shchup) sug'uriladi va uni artib o'z joyiga, oxirigacha kiritiladi, so'ng yana sug'urib belgilarga qarab moy sathi aniqlanadi. Agar moy sathi "Kamiga quy" (25.12-chizma) belgisidan pastda bo'lsa, u holda "To'la" belgisiga qadar moy quyiladi. Uzoq vaqt to'xtab turgan dvigateldagi moy sathi, yurgizishdan oldin, moy o'lchovchi sterjendagi to'g'ri bur-chakli belgiga (1) mos kelishi kerak.
Dvigatel karteridagi moy tayyorlovchi-zavod tavsiya etgan davriylik bo'yicha almashtirib turiladi. Moy almashtirilganda - dag'al tozalash filtrining filtrlovchi elementi yuviladi va mayin tozalash filtrining elementi almashtiriladi yoki markazdan qochma moy tozalash filtri tozalanadi, moy filtrlari korpusidan cho'kindilar to'kib tashlanadi, dvigatel karterini shamollatuvchi klapan tozalanadi va yuviladi.
Mavsumiy texnik xizmat ko'rsatishda, moy rusumi almashtirilganda (yil fasliga qarab) dvigatel moylash tizimi yuviladi, qishki tayyorgarlikda moy radiatori uzib qo'yiladi.
Ishlatilgan moyni dvigatel qizib turganda to'kish tavsiya etiladi. tuning uchun karter poddonidagi tiqin bo'shatib olinadi va ishlatilgan moy to'kib tashlanadi. Moy filtrlarining korpuslaridan (qalpoqlaridan)cho'kindilar to'kib tashlanadi, filtrlar qismlarga ajratiladi va yuviladi. Moy haddan ziyod ifloslangan bo'lsa, dvigatel karteri ham yuviladi.
Karterni yuvish uchun unga, moy o'lchovchi sterjendagi pastki belgiga qadar, qovushqoqligi kichik bo'lgan (qishki) toza moy quyiladi, dvigatel yurgaziladi va unga 2-3 daqiqa salt ishlashga imkon beriladi. So'ng, yuvish uchun ishlatilgan moy to'kib tashlanadi, karterga yangi moy quyiladi va dvigatel 3-5 daqiqa yurgazib turiladi. Dvigatel to'xtatilib, 5-10 daqiqa o'tgandan so'ng karterdagi moy sathi o'lchanadi. Moyni (va yonilg'ini) oksidlanishi oqibatida qurum va laksimon cho'kindilar hosil bo'ladi. Moy magistrallari va filtrlari kirlanganda, qurum zarrachalari dvigatel karteriga tushib qoladi. Moy filtrlarini tozalash uchun ular qismlarga ajratiladi, kerosin bilan yuviladi va artib yoki siqilgan havo purkalib quritiladi. Mayin tozalash filtrining ifloslangan elementlari almashtiriladi.
Birinchi toifali ekspluatatsiya sharoitlarida ishlagan KamAZ-740
dvigatelining moylash tizimidagi filtr-lovchi elementlar 12 ming km masofa bosib o'tilgandan so'ng moy bilan bir-galikda almashtiriladi. Markazdan qochma moy tozalash filtrini tozalash uchun, qizigan dvigatel to'xtatiladi va karterga moy oqib tushishi uchun 20 -30 daqiqa kutib turiladi; gayka (1) (25.13-chizma) bo'shatib olinadi va g'ilof (2) yechiladi; tiqin (8) burab olinadi va teshikka rotor (7) aylanib ket-masligi uchun sumba (borodok) tiqi-ladi; rotor va qalpoqqa (4) belgi qo'yila-di; gaykani (3) bo'shatib qalpoq (4) yechib olinadi; so'ng plastmassa kir-gizma (5), to'r-filtr (6) va qistirma ham olinadi. Yechib olingan detallar kirlar-dan va quyqalardan tozalanadi.
Yig'ish, teskari ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Bunda zichlovchi rezina halqalarning holatiga va g ilof (2) qistirmasini o'rnatishga e'tiborni qaratish lozim. Shuningdek, rotor (7) va qalpoqchaga (4) belgilar ham mos tushishi kerak.
Shundan so'ng filtrni ishlashi, qizigan dvigatelda eshitib ko'rib tekshiriladi. Dvigatel to'xtatilgandan so'ng ishga yaroqli (soz) filtrning rotori, o'ziga xos guvillagan ovoz chiqarib, 2-3 daqiqa davomida aylanib turadi. Agar guvullash qisqa vaqt davom etsa, u holda rotor tormozlanayotgan bo'ladi (masalan, qulokdi gayka haddan ziyod qotirib qo'yilsa). Bu gaykani qo'l bilan, hech qanday asbob yordamisiz qotirish kerak.
Karterni shamollatish tizimidagi trubkalar shlanglar yechib olinadi va tozalanadi, havo filtri ham tozalanadi va yuviladi. Karterni shamollatuvchi trubka va shlanglar o'zaro zich qilib biriktirishi lozim, shlanglar yorilmagan, qatlamlarga ajralmagan va shishmagan bo'lishlari kerak. ZIL-130 dvigatelidagi karterni shamollatish klapani aseton bilan yuviladi.
Qizdirilgan KamAZ-740 dvigatelidagi moy bosimi, tirsakli valning 2600 min1 aylanishlar chastotasida 0,45 - 0,55 MPa bo'lishi lozim. GAZ-53A va ZIL-130 avtomobillari 40 - 50 km/soat tezlik bilan harakatlanganda, moylash tizimidagi moy bosimi 0,2 - 0,4 MPa bo'lishi kerak. Salt ishlashda moy bosimi 0,09 - 0,04 MPa gacha (3M3-53 dvigatelida) yoki 0,06 - 0,03 MPa gacha (ZIL-130 dvigatelida) pasayganda asboblar peshtoqchasidagi nazorat lampasi yonib qoladi.
|