|
Avtomobillar tuzilishi, ularga servis xizmat ko’rsatishva ta’mirlash ishlari
|
bet | 41/44 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 3,83 Mb. | | #147300 |
Bog'liq Avto tuzi servis xizmat ko\'rsatish Abdulhakimov Sherzod Texnik xizmat ko'rsatish. Kundalik xizmat ko 'rsatishda e'tiborni benzin oqish-oqmasligiga qaratib, ta'minlash tizimi ko'rib chiqiladi. Avtomobil havoda chang miqdori ko'p bo'lgan yo'llarda ishlatilganda, havo filtri tozalanadi. Bakdagi benzin sathi tekshiriladi va zarur boisa benzin quyiladi.
1-TXKda ta'minlash tizimidagi barcha asboblarning holati va ularning birikmalarini germetikligi ko'rib chiqiladi, topilgan nosozliklar bartaraf etiladi.
2-TXKda tizimdagi asboblar va agregatlarning avtomobilga (dvigatelga) mahkamlanishi hamda ularning detallarini o'zaro mustahkamlanishi, havo zaslonkasi va drossel yuritmalarining (toia ochilishi va yopilishi) to'g'ri ishlashi tekshiriladi. Yonilg'i va havo filtrlari bo'yicha zarur profilaktik ishlar o'tkaziladi, benzin nasosini dvigateldan yechmasdan, uning ishlashi NIIAT (527V rusumli) asbobi yoki manometr yordamida tekshiriladi, qalqi kamerasidagi yonilg'i sathi va dvigatelning oson yurgazilishi hamda ishlashi ham tekshiriladi. Zarurat bo'lganda karburator salt ishlash rejimida, ishlatilgan gazlardagi uglerod oksidining miqdorini nazorat qilgan holda rostlanadi.
Havo filtriga xizmat ko'rsatish moy vannasidagi moyni almashtirish, filtrlovchi elementni yuvish va uning dvigatelga mahkamlanishini tckshirishdan iborat. Filtrlovchi element yuviladi, so'ng toza moyga botirib qo'yiladi, u yerdan olib moy oqib bo'lguncha kutiladi va o'z o'rniga qo'yiladi. Filtr korpusining ichki tomoni kirlardan, moydan va cho'kindilardan obdon tozalanadi. Filtr vannasiga dvigatel uchun mo'ljallangan moy (toza yoki ishlatilg'an) quyiladi.
Yonilg'ini dag'al tozalovchi filtrdan davriy ravishda kir va suv cho'kindilarini to'kib turish, filtrlovchi elementni esa benzin yoki asetonda yuvib, siqilgan havo bilan purkash kerak. Filtrlovchi elementni qismlarga ajratish tavsiya etilmaydi.
Mayin tozalash filtridagi filtrlovchi elementni olish uchun quloqli gaykani bo'shatiladi va tindirgich bilan birga filtrlovchi element yechib olinadi. Tindirgich kirlardan va cho'kindilardan tozalanadi, filtrlovchi element yuviladi. So'ng siqilgan havo bilan purkaladi.
Karburatorlarni qismlarga ajratganda qistirmalar va detallarga zarar yetmasligi uchun ehtiyot bo'lish zarur. Jiklyorlar, klapanlar, ignalar va kanallar toza kerosinda yoki etillanmagan benzinda yuviladi. Bu ishlarni havosi so'rib turiladigan postlarda yoki shkaflarda bajariladi. Karburator korpusidagi kanallar va jiklyorlar yuvilgandan so'ng, siqilgan havo bilan purkaladi. Jiklyorlar, kanallar va teshiklarni tozalash uchun qattiqsim yoki boshqa qandaydir metall buyumlar ishlatish mumkin emas. Shuningdek, yig'ilgan karburatorni benzin beriladigan shtutser yoki balansirlash teshiklari orqali, siqilgan havo bilan purkashga yo'l qo'yilmaydi, chunki bu, qalqini shikastlanishiga olib keladi.
Karburator detallarini qatronlardan tozalash uchun ulami bir necha daqiqa erituvchi suyuqlikka (aseton, benzol) solib qo'yish kerak. Shundan so'ng, detallar ho'llangan toza latta bilan obdon artiladi.
Karburatorning qalqi kamerasidagi berkituvchi ignada zichlovchi shayba bo'lsa, bu shaybani ignadan yechish ham, uni benzin va kerosindan tashqari boshqa erituvchilarda yuvish ham tavsiya etilmaydi. Qalqi kamerasidagi benzin sathi, avtomobilni gorizontal maydonchaga qo'yib, dvig'ateli ishlamay turganda tekshiriladi.
ZIL-130 dvigateliga o'rnatiladigan K-88A karburatorida, ekono-mayzer qudug'ining pastki qismidagi tiqin bo'shatib olinadi hamda uning o'rniga rezina shlangi va shisha naychasi (4) (25.19-chizma. b) bo'lg'an oraliq o'tkazgich qotiriladi. Naychani vertikal joylashtirib, yonilg'i nasosidagi qo'lda ishlatiladigan richagdan foydalanib qalqi kamerasiga benzin haydaladi. Benzin sathi, karburatorning yuqorigi va o'rta qismi ajraladigan tekislikdan 18 - 19 mm baland bo'lishi lozim. Zarur bo'lganda benzin sathi qalqi richagini egish orqali yoki
karburatordagi ignasimon klapan korpusining ostidagi qistirmalar miqdorini o'zgartirib rostlanadi.
3M3-53 dvigatellariga o'rnatiladigan K-126B karburatorida, qalqi kamerasidagi yonilg'i sathi ko'rish oynasi (3) (25.19-chizma, a) orqali nazorat qilinadi. Yonilg'i sathi karburatorning yuqorigi va o'rta qismi ajraladigan tekislikdan 19-21 mm pastda bo'lishi kerak. Yonilg'i sathini rostlash uchun qalqi richagidagi til egiladi.
DAAZ karburatorlarining qalqi kamerasidagi benzin sathini rostlashda (25.19-chizma, d), qalqi tili zoldir va ignaga (2) (hali uni botirmasdan) tekkan chog'ida, qalqining (1) yuqorigi sirti bilan qistirma orasiga tavsiya etilgan A tirqishni qo'yish kerak. Bu ishni karburator qopqog'idagi shtutserni (5) vertikal (25.19-chizma, d) shaklda ko'rsa-tilgandek holatda bajarish qulay. A o'lchamni aniqlashda (odatda 6,5 mm) andazalardan foydalanish tavsiya etiladi. Rostlashni qalqi tilini egish orqali amalga oshirish lozim, bunda tilni ignasimon klapan (2) o'qiga perpendikular bo'lishi kuzatib turiladi. Shu bilan bir paytda qalqi yo'lini ham tekshirish zarur, sababi, bu yo'l 8 mm ga teng bo'lishi kerak. Zarurat bo'lsa, shunga taalluqli tiraklar holati o'zgartiriladi.
Ninasimon klapanning germetikligini yetarlicha aniqlik bilan, dvigateldan yechib olingan karburatorda yoki alohida uning qopqog'ida, rezina nok (grusha) yordamida tekshirib ko'rish mumkin. Agar nok yordamida shtutserda siyraklanish hosil qilingandan so'ng, taxminan 15 soniya (sekund) mobaynida nokni ezilgan shakli o'zgarmasa klapanning germetikligi yetarli deb hisoblanadi. Bunda albatta, qalqi tomo-nidan klapanning so'rilishini va o'rindig'iga bosib turilishini kuzatib borish zarur. Germetiklikni yana ham aniqroq tekshirishni maxsus vakuumli asbobda bajarish mumkin.
Jiklyorlarning o'tkazish layoqatligini tekshirish alohida asbob (25.20chizma) yordamida amalga oshiriladi. Bu asbobda, tazyiqi (bosimi) bir metr bo'lgan suvni bir daqiqa mobaynida jiklyordan oqib o'tgan miqdori o'lchanadi.
Harorati 20°C bo'lgan suv siqilgan havo bosimi ta'sirida naycha (7) orqali pastki bakchadan (1), qalqili kameraga (11) tutashtirilgan yuqorigi bakchaga (10) oqib o'tadi. Qalqili kameradan suv naycha (12) orqali o'tib, adapterga (17) va metrli tazyiq naychasiga (8) kirib keladi. Jiklyor, tekshirish uchun krandan (18) keyin, uyaga (3) o'rnatiladi, nazorat qilish uchun esa qo'z-g'aluvchan shtangadan (6) foydalaniladi. Kranlar (2 va 18) ochiladi. Jiklyordan oqib chiqayotgan suv oqimi ostiga menzurka (5) qo'yiladi va sekundomer (soniyalarni o'lchash asbobi) yordamida jiklyorning o'tkazish layoqatligi, ya'ni bir daqiqa mobaynida menzurkaga oqib tushgan suv miqdori aniqlanadi.
Ushbu asbob qalqi kamerasidagi ber-kituvchi ignasimon klapanni ham germetikligini tekshirishga imkon beradi. Buning uchun klapan, uyaga (14) o'rnatiladi. Naychani (13) pastga tomon siljitil-ganda klapan ostida siyraklanish hosil bo'ladi. Agarda, 30 s (soniya) mobaynida suv sathini shkala (15) bo'ylab pasayishi 40 mm. dan oshmasa, klapanning germetikligi qoniqarli deb hisoblanadi.
Dvigatel salt ishlayotganda karbura-torni rostlashishlari, qizdirilgan hamda o't
oldirish tarmog'i soz bo'lgan dvigatelda o'tkaziladi. Drossel zaslonkalari birin-ketin ochiladigan karburatorlarda (yengil avtomobil dvigatellarida qo'llaniladigan) drossel zaslonkasining vinti (miqdor vinti) yordamida tirsakli valning aylanishlar chastotasini kamaytirishga, aralashmaning sifatini o'zgartiruvchi vint yordamida esa - yuqori darajada (maksimal) ko'paytirishga harakat qilinadi. Bunday rostlashning asosiy kamchiligi shundaki, sifat vinti yordamida aralashma quyuqlashtiriladi, oqibatda bu aralashma yonganda ishlatilgan gazlardagi uglerod oksidining miq-dori belgilangan me'yordan ortiqcha bo'lishi mumkin.
Shu boisdan salt ishlash tizimini rostlashda, ishlatilgan gazlarni tahlil etadigan gaz analizatoridan foydalanish lozim. Sifat vinti bilan ushbu dvigatel uchun tavsiya etilgan tirsakli valning aylanishlar chastotasi o'rnatiladi va 10-30 s (soniya) o'tgandan so'ng ishlatilgan gazlardagi uglerod oksidining miqdori qayd etiladi. Shundan keyin ehtiyotlik bilan sifat vinti 1/2 marta, so'ng 1/4 va 1/8 marta, toki uglerod oksidining miqdori talab etiladigan qiymatga kamayguncha aylantiriladi. So'ng, miqdor vinti yordamida aylanishlar chastotasining tavsiya etilgan qiymati tiklanadi. Agar uglerod oksidining miqdori yana me'yordan ortiq bo'lsa yoki aralashmaning suyuqlanishi oqibatida dvigatel notekis ishlasa, u holda, bir paytning o'zida, ham kerakli aylanishlar chasto-tasiga, ham uglerod oksidining talab etilgan miqdoriga erishgunga qadar barcha operatsiyalar qaytariladi.
Yuk avtomobillarining dvigatellarida, drossel zaslonkalari parallel ochiladigan va ikkita sifat vinti bo'lgan karburatorlar ishlatiladi (25.21-chizma). Ular quyidagi tartibda rostlanadi: miqdor vintini (1) burab, tirsakli valning zavod tomonidan tavsiya etilgan aylanishlar chastotasi o'rnatiladi (taxometrga qarab); sifat vintlaridan (2) birini burab, dvigatel
notekis ishlay boshlangunga qadar, aralashma suyuqlash-tiriladi; sifat vintlaridan (2) ikkinchisini ohista (bir necha marta) burab, ishlatilgan gazlardagi uglerod oksidi me'yor-dai past darajaga keltiriladi; sifat vintlaridan birinchisini burab, aylanishlar chastotasi belgilangan me'yorga yetkazi-ladi. ishlatilgan gazlardagi uglerod oksidi esa me'yordan ancha past bo'ladi. Zarurat bo'lsa, sifat vintlaridan ikkinchisi yana rostlanadi.
Salt ishlash tizimini rostlab bo'lgandan so'ng, yaxshi qizdi-rilgan dvigatelning maqbul ishla-shini, drossellarni ham sekin, ham tez ochib ko'rib, shuningdek, avtomobil keskin tezlanish bilan hara-katlanganda tekshirib ko'riladi. Shunda salt ishlashdan yuklanish bilan ishlashga o'tilganda uzi- lishlar, karburatorda "yo'talishlar" va paqillashlar kuzatilmasligi lozim. Benzinni purkab beruvchi apparatura bilan jihozlangan dvigatellarni diagnostika qilish hamda rostlash uchun maxsus elektronli kompleks va o'ziga xos sinov jihozlari ishlatiladi.
Ishlatilgan gazlarning zaharliligini gaz analizatorlaridan (masalan. GAI-1 yoki I-SO kabi) foydalanib, (25.22-chizma), salt ishlashda tekshiriladi. Sinov ishlari GOST 17.2.2.03.-87 da bayon etilgan qoidalar bo'yicha amalga oshiriladi. O'lchashdan oldin dvigatel bir daqiqadan kam bo'lmagan vaqt mobaynida, tekshiriladigan rejimda ishlab turishi kerak. Gaz olish moslamasi ( gaz olgich) chiqarish quvurining oxiridan, 300 mm ichkariga kirgaziladi. Gaz asbob korpusiga joylashtirilgan nasos yordamida so'riladi va filtrdan o'tib, o'lchash blokiga kirib keladi.
Gazlar taxlili salt ishlashdagi barqaror minimal aylanishlar chasto-tasida va nominal aylanshnlar chastotasining 0,8 qismiga teng qiymatda o'tkaziladi. Birinchi holatda CO miqdori hajm bo'yicha 1,5 foizdan, ikkinchi holatda 2,0 foizdan oshmasligi kerak.
GAZ BALLONLI USKUNALARNING ASOSIY NOSOZLIKLARI VA ULARGA TEXNIK XIZMAT KO'RSATISH
Suyultirilgan va siqilgan gazlar uchun mo'ljallangan gaz uskuna-lariga texnik xizmat ko'rsatish ko'pgina umumiylikka ega. Ballondagi bosimi 20 MPa bo'lgan, siqilgan tabiiy gazda ishlaydigan avtomo-billarning gaz qurilmalariga xizmat ko'rsatish birmuncha murakkabroq. Gaz ballonli uskunalarga texnik xizmat ko'rsatishni maxsus tayyorgar-likdan o'tgan va guvohnomaga ega bo'lgan malakali chilangarlar (sle-sarlar) o'tkazishi mumkin. Quyida misol tariqasida, ZIL-138A avtomo-bilining gaz ballonli uskunasiga texnnk xizmat ko'rsatish bo'yicha ish turlari keltirilgan.
|
| |