|
DVIGATELLARGA TEXNIK XIZMAT KO'RSATISH
|
bet | 35/44 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 3,83 Mb. | | #147300 |
Bog'liq Avto tuzi servis xizmat ko\'rsatish Abdulhakimov Sherzod DVIGATELLARGA TEXNIK XIZMAT KO'RSATISH
KRIVOSHIP-SHATUN MEXANIZMI VA GAZ TAQSEVTLASH
MEXANIZMIGA TEXNIK XIZMAT KO'RSATISHDA
BAJARILADIGAN ISHLAR
Dvigatelning asosiy nosozliklari. Quwat sezilarli kamayganda, yonilg'i va moy sarfi ko'payganda, taqillash paydo bo'lganda, notekis ishla-ganda va tutaganda dvigatel diagnostika qilinadi. Undagi nosoz-liklaraing sabablari hamda rostlash va ta'mirlash ishlariga bo'lgan ehtiyoj aniqlanadi.
Dvigatelni diagnostikalashda u ko'zdan kechiriladi va yurgazib ko'riladi, quwat miqdori o'lchanadi, krivoship-shatun mexanizmi va gaz taqsimlash mexanizmining texnik holati tekshiriladi. Dvigatelni ko'zdan kechirish va yurgazib ko'rish moy, yonilg'i yoki suvni sizib chiqishini ko'z bilan aniqlashga hamda dvigatelni oson yurishini, bir maromda ishlashini va tutashishini baholashga imkon beradi. Dvigatelning ishlashini eshitish bilan shovqin va taqillashning bor-yo'qligi aniqlanadi. Bunday tekshirish yordamida dvigatelning odatiy nuqson-larini chuqurlashtirilgan diagnostika o'tkazilgunga qadar aniqlash mumkin.
Amaliyot shuni ko'rsatadiki, ko'p holatlarda sizib chiqishni, birik-malarni qotirish yoki shikastlangan qistirmalarni almashtirish bilan tuzatish mumkin. Dizel dvigatelining tutashi yoki benzinli va gazli dvigatellarning chiqindi gazlari tarkibidagi CO miqdorini ko'payib ketishi, ko'p hollarda yonilg'i apparatlarining nosozligi natijasida vujudga keladi. Taqillash va qattiq tovushlar porshen barmoqlarini, porshen bo'rtmasidagi teshiklarni, shatunlarning yuqorigi kallagidagi vtulkalarni, shatun va o'zak podshipniklarning ichqo'ymalarining yeyilishi natijasida hosil bo'lishi mumkin. Ular silindr va porshen yuzalari tirnalganda hamda klapan yuritmasidagi issiqlik tirqishlari ko'payganda yoki klapan prujinalari singanda ham vujudga keladi.
1-TXK va 2-TXKning vazifasi-nazorat - diagnostika, moylash, qotirish, rostlash va boshqa ishlarni o'z vaqtida bajarish yo'li bilan dvigatelning mexanizmlari hamda tizimlaridagi nosozliklarni o'z vaqtida, aniqlash shuningdek, buzilishlarning oldini olish hisoblanadi.
1-TXKda bajariladigan ishlarni ko'p qismini mahkamlangan jihozlardagi, shovqin so'ndirgich quvurlaridagi hamda dvigatel tayanch-laridagi rezbali birikmalarni tekshirish va mustahkamligini tiklash ishlan tashkil etadi.
2-TXKdasilindrlarkallagitekshiriladi, lozimbo'lsamahkamlanadivagaztaqsimlashmexanizminingissiqliktirqishirostlanadi. Generatorni yurituvchi tasmaning tarangligi tekshiriladi va rostlanadi. TXK jarayonida moylash ishlari moylash xaritasi asosida bajariladi.
Chuqurlashtirilgan diagnostika ishlari ko'rish chuqurligiga o'rna-tiladigan yuguruvchi barabanli (3) stendda bajariladi (25.1-chizma). Bu post boshqarish pulti (2), shamolparrak (1) hamda yuklash qurilmasi va diagnostikalash uchun lozim bo'lgan asboblarni o'z ichiga oladi. Postda dvigateldagi quwat va yonilg'i sarfi, karterga kirayotgan gaz miqdori aniqlanadi ( gaz hisoblagich bilan).
Dvigateldagi taqillashlarni eshitish uchun stetoskopdan foyda-laniladi. Mexanik stetoskoplar quloqqa tutiladigan eshitish uchlari (4) (25.2.-chizma) va tekshirilayotgan mexanizmni har xil nuqtalariga qo'yi-ladigan sterjenga (1) ega. Elektron stetoskop sterjen (1), telefon (6) (25.2-chizma, b) kristall datchik, tranzistorli kuchaytirgich va batareyali man-badan tuzilgan.
Dvigatel taqillashini eshitish zonalari 25.2-chizmada ko'rsatilgan. Shuni yodda tutish lozimki, dvigateldagi taqillashlar tavsifi bo'yicha nosozliklarni bilish, katta malaka talab etadi.
|
| |