TA'MINLASH TIZIMIDAGI ASOSIY DETALLAR VA ASBOBLARNI TA'MIRLASH
Yonilg'i bakida ko'p uchraydigan nuqsonlar yoriqlar va pachoqla-nishlardir. Uncha katta bo'lmagan yoriqlar yumshoq yoki qattiq qotishma bilan kavsharlanadi. Bakdagi katta yoriqlar va teshiklar yamoq solib kavsharlanadi yoki payvandlanadi. Ta'mirlashdan oldin yonilg'i baklari kirlardan, zanglardan tozalanadi va benzin bug'lari yo'qotiladi. Buning uchun bakning ichki yuzasini avval kaustik sodaning 5 foizli qaynoq eritmasida, so'ng nashatir spirtining 5 foizli eritmasida yuviladi.
Bak devoridagi oz-moz pachoqlanishlar o'sha joyga kavsharlangan chiviqni tortib to'g'rilanadi. Kuchli pachoqlanishlar bolg'a va moslama yordamida bartaraf etiladi. Buning uchun pachoqlanishga qarama-qarshi bo'lgan tomondan uch tomoni kesilgan to'g'ri burchakli darcha ochiladi va kesilgan joyni orqaga qayirib bak ichiga asbob kiradigan qilib yo'l ochiladi. Pachoqlanish to'g'rilangandan so'ng qayirilgan qism o'z joyiga tekislanadi va qattiq qotishmada kavsharlanadi yoki payvandlab qo'yiladi. Ta'mirlashlan so'ng yonilg'i bakini 0,03 - 0,05 MPa bosim ostidagi suv bilan sinab ko'riladi.
Dizel dvigatellaridagi yonilg'i o'tkazgichlarni past va yuqori
bosimda ishlaydiganlarga ajratiladi. Past bosimli yonilg'i o'tkazgichlar latun trubkalarda, yuqori bosimlilari esa qalin devorli po'lat trubkalarda tayyorlanadi. Ulardagi asosiy nuqsonlarga yoriqlar, sinishlar, pachoqlanishlar, trubkaning jo'valangan uchidagi shikastlanishlar kiradi. Tiklashdan oldin trubkalarni kaustik sodaning qaynoq eritmasida, so'ng oqava suvda yuvish va havo bilan puflab tashlash zarur. Yorilgan va singan trubkalar yangisiga almashtiriladi. Ba'zan trubkalardagi shi-kastlangan joyni olib tashlab, trubka uchma-uch qilib payvandlab qo'yiladi.
Texnik shartlarga muvofiq metall to'qimasi shikastlangan rezina shlanglarni hamda 2 mm dan chuqur pachoqlangan po'lat trubkalarni ishlatishga yo'l qo'yilmaydi. Past bosimli yonilg'i o'tkazgichlarni havo yordamida, 0,3 MPa bosimda sinab ko'riladi. Shunda havo bosimi pasayib ketmasligi kerak. Yonilg'i o'tkazgichlarni dizel dvigatelga o'rnatishdan oldin toza dizel yonilg'isida yuvib tashlanadi va siqilgan havo purkaladi.
Karburatorli dvigatelning yonilg'i nasosidagi nosozliklar asosan, prujinalarning bo'shashishi, klapanlarning zich o'tirmasligi, birikmalarni bo'shab qolishi va yuritma richagining yeyilishi oqibatida yuzaga keladi. Yaroqsiz prujinalar yangisiga almashtiriladi. Qopqoqni korpusga zich o'tirmasligini, plitada abraziv pasta bilan ishqalab bartaraf etiladi. Richagning yeyilgan ishchi yuzasi, suyultirib qoplash usulida tiklanadi va unga andaza bo'yicha mexanik ishlov beriladi. Korpusdagi yeyilgan teshiklarni razvyortka bilan ta'mirlash o'lchamiga keltiriladi. Ta'mirlashdan so'ng yig'ilgan yonilg'i nasosi stendda sinovdan o'tkaziladi, ya'ni uning ish unumdorligi va hosil qiladigan bosimi tekshirib ko'riladi.
Shu bilan bir paytda nasosdagi birikmalarning germetikligi ham nazoratdan o'tadi.
Korburatorlardagi asosiy nosozliklar ninasimon klapanning yeyilishi, qalqon yoriqlar va pachoqlanishlar, jiklyorlardagi kalibrlangan teshiklarni va asosiy jiklyor ignasining yeyilishlari, dvigatel tirsakli valining maksimal aylanishlar chastotasini cheklagichidagi rostlanishni buzilishidir. Qismlarga ajratilib, kerosinda yuvilib, siqilgan havo bilan puflangandan so'ng karburator detallari ko'rib chiqiladi, asboblarda va moslamalarda o'lchanadi hamda tekshiriladi. Jiklyorlarning o'tkazuv-chanlik layoqatligi sinovdan o'tkaziladi. Agar u texnik shartlarda ko'zda tutilgandan katta bo'lsa, demak, jiklyor yeyilib ketgan va uni almash-tirish zarur. Shuninglek, diffuzor plastinalarini elastikligi texnik shartlarda belgilangandan kichik bo'lsa, ular ham almashtiriladi. Berki-tuvchi ignasimon klapan ishqalash yo'li bilan tiklanadi.
Qalqondagi yoriqlarni yumshoq metallda kavsharlab qo'yiladi. Kavsharlashdan oldin, qalqon ichiga tushib qolgan benzin bug'latib yuboriladi. Buning uchun qaynoq suvga botiriladi va bir necha daqiqa ushlab turiladi. Shu bilan bir paytda, chiqayotgan havo pufakchalariga qarab shikastlangan joy ham aniqlanadi. Kavsharlashdan so'ng qalqon massasi tekshirib ko'riladi, chunki u texnik shartlardagi talablarga mos tushishi kerak.
Yig'ilgan karburator moslamalarda va asboblarda tekshirib ko'riladi. Tekshirish chog'ida barcha birikmalarning zichligi, qalqon kamerasidagi yonilg'i sathi, valning maksimal aylanishlar chastotasini cheklovchi qurilrnaning ishlashini va karburatorni barcha rejimlarda qanday ishlashini (dvigatelga o'rnatilganda) nazorat qilinadi.
Dizel dvigatelining ta'minlash tizimidagi ta'mirlanishi lozim bo'lgan asboblar avvalo, kerosinli vannada yuviladi, tolali cho'tkada tozalanadi, so'ng qismlarga ajratiladi. Ajratish chog'ida turli xil ajratkichlar, mosla-malar, uchlariga mis qo'yilgan urib chiqargichlar ishlatiladi. Ajratilgan barcha detallarning yuvish uskunasida, kerosinli vannada yoki ultrato-vushli uskunada yuviladi va har xil asboblardan foydalanib tozalanadi. So'ng ularga siqilgan havo purkaladi yoki toza salfetka bilan artiladi, texnik shartlarga muvofiq tekshiriladi va saralanadi.
Yuqori bosimli yonilg'i nasosi, nasos-forsunka va forsunka detalla-ridagi asosiy nuqsonlar quyidagilardir: plunjer juftligidagi detallarning ishchi yuzalaridagi yeyilishlar va shikastlanishlar, klapan va o'rindiqlar-ning ishchi yuzalarini yeyilishi, prujinalar elastikligining yo'qolishi. Forsunkalarda to'zitgich elementlarining qurum boylashi va yeyilishi kuzatiladi. Yonilg'i nasosining korpusida darzlar va shikastlangan rezbalar uchraydi. Nasos valigidagi tayanch bo'yinlar va kulachoklar yeyilishi mumkin.
Barcha pretsizion bo'lmagan detallar (pretsizion detallarga plunjer juftligi, haydash klapanlari va teskari klapanlar hamda ularning uyalari, ninali to'zitgichlar kiradi) odatdagi usullar bilan ta'mirlanadi. Kula-chokli valning yyeyilgan bo'yinlari xromlash yoki po'latlash yo'li bilan tiklanadi. Yeyilgan kulachoklarga yeyilish izlari yo'qolgunga qadar nusxalash-jilvirlash dastgohida ishlov beriladi. Korpusdagi darzlar payvandlanadi, shikastlangan rezbali teshiklarga ta'mirlash o'lchamidagi rezba ochiladi.
Plunjer juftligini qayta butlash yoki plunjerni xromlash yo'li bilan tiklash mumkin. Butlashdan oldin barcha plunjerlar va vtulkalarning ishchi yuzalaridagi yeyilishlar bartaraf etiladi. Tanlab olingandan keyin plunjer va vtulkani mayin pastada, talab etilgan birikma olgunga qadar bir-biriga ishqalab moslashtiriladi. Xromlangan plunjerlarga ham ishlov berilgandan so'ng vtulka tanlanadi va ular ishqalab moslashtiriladi. Shundan keyin detallarni dizel yonilg'isida yuviladi va tekshiriladi. Awalo, dizel yonilg'isiga pishilgan plunjer vtulka teshigiga qo'yiladi va uning tushishi kuzatiladi. U o'z og'irligi ta'sirida asta-sekin oxirigacha tushishi kerak, tormozlanib yoki qadalib qolishiga yo'l qo'yilmaydi. Vtulka teshiklarini berkitgan holda plunjerni sug'urib ko'rganda kuchli qarshilikni his etish lozim. Bu qarshilikni plunjer ostidagi siyraklanish vujudga keltiradi. Oxirida plunjer juftligining germetikligi maxsus gidravlik asboblarda bosim ostida tekshirib ko'riladi.
Klapanlar va o'rindiqlarning ishchi yuzalaridagi, forsunka to'zitgi-chining korpusi va ninasidagi yeyilishlar pasta yordamida ishqalab tiklanadi. Yaxshi ishqalangan klapanlar o'z og'irligi ta'sirida uyalaridan ajralib ketmasligi kerak. Nasos-forsunkadagi nazorat klapanining sferasimon yuzasini o'z uyasi bilan birgalikda ishqalash tavsiya etiladi. Haydash nasosining yeyilgan shesternalarini, salniklarni va qistir-malarni yangisiga almashtirish lozim. Kirlangan filtrlar tozalanadi va dizel yonilg'isida yuviladi. Yeyilgan detallarni ta'mirlab va almashtirib bo'lgandan so'ng yuqori bosimli yonilg'i nasoslari hamda nasos-forsun-kalar yig'iladi, ishlatib moslashtiriladi, rostlanadi va stendda sinab ko'riladi. Rostlash va sinash ishlari texnik shartlardagi talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
DVIGATELLARNI YIG'ISH VA SINASH ASOSLARI
Ta'mirlashda dvigatelni yig'ish - uzellarni yig'ish va ularni umumiy yig'ishga bo'linadi. Umumiy yig'ish liniyasidan tashqaridagi maxsus postlarda quyidagi asosiy uzellar yig'iladi: porshen bilan shatun, silindrlar kallagi, tirsakli val bilan maxovik, nasos-forsunka, yuqori bosimli yonilg'i nasosi bilan rostlagich, yonilg'i haydash nasosi, rul mexanizmi gidrokuchaytirgichning nasosi, moy nasosi, moy filtri, sentrifuga, suv nasosi.
Yig'ish ishlari sifatli bo'lishi uchun quyidagilar tavsiya etiladi:
yig'ishdan oldin barcha detallarni siqilgan havo bilan puflash, ishqalanuvchi yuzalarni yaxshilab artish, yuvish va moylash;
rezbali birikmalarni sirib tortishni (silindrlar kallagini, shatun qopqoqlarini, o'zak podshipnikiari qopqoqlarini va boshqalarni mahkamlashda) kerakli moment bilan belgilangan tartibda bajarish;
oldin ishlatilgan shplintlar va shplintlovchi simlarni, elastikligini yo'qotgan prujinasifat shaybalarni, qirralari yeyilgan yoki rezbasi shikastlangan shpilka va boltlarni, rezbasi chaqilib qolgan yoki ikkitadan ortiq o'rami yulib olingan detallarni, shikastlangan qistirmalarni ishlatmaslik;
alohida uzellarni yig'ish uchun avtomatlar va avtomat liniyalarni, moslamalarni qo'llagan holda yig'ish ishlarini maksimal darajada mexanizatsiyalashtirish.
Quyida ZIL-130 dvigatelini yig'ish va sinash tartibi batafsil ko'rib chiqilgan. Yig'ishdan oldin silindrlar bloki o'zak podshipniklarning qopqoqlari, taqsimlash valining vtulkalari, sovitish tizimining kranlari va moylash tizimining tiqinlari bilan butlanadi. Silindrlar blokini buriluvchi stendga, karter tekisligi yuqoriga qaratib mahkamlanadi, o'zak podshipniklarning qopqoqlari yechiladi, ichqo'ymalar, salnik va orqa podshipnik qopqog'ining rezinali tores zichlagichlari o'rnatiladi, o'zak podshipniklarning ichqo'ymalari moylanadi, maxovik, ilashma, shesterna va tirak shaybalar bilan yig'ilgan tirsakli val o'z joyiga o'rnatiladi, podshipniklar qopqog'i qo'yiladi va boltlar bilan mahkamlanadi. Boltlarni yakuniy sirib tortishni dinamometrik kalit yordamida 110 - 130 N-m moment bilan amalga oshiriladi. Bunda tirsakli valni aylantirib yuborish momenti 70 N-m dan katta bo'lmasligi kerak. Tirsakli valni o'q bo'ylab siljishidagi tirqish shchup vositasida tekshiriladi. Tirsakli val shesternasi bilan tirak podshipnikning oldingi shaybasi orasidagi tirqish o'lchanadi. U 0,075 - 0,285 oralig'ida bo'lishi lozim. Silindrlar blokini stend yordamida old tomonini yuqoriga qilib buriladi va shatun bilan yig'ilgan porshen silindrga kiritiladi. Porshen halqalarini siqish uchun maxsus moslama ishlatiladi (34.14-chizma), so'ng shatun boltlariga pastki qopqoqlar o'rnatiladi, dinamometrik kalit yordamida gaykalarni 100-115 N-m moment bilan sirib tortiladi va ular shplintlab qo'yiladi. O'zak va shatun podshipniklarini sirib qotirilgandan keyin tirsakli valning yengil aylanishi tekshiriladi. Aylantirib yuborish momenti 100 N-m dan katta bo'lmasligi kerak.
Taqsimlash valini shesterna va flanes bilan yig'ilgan holda blokka o'rnatiladi. Valni elitiyotkorlik bilan o'rnatish lozim, chunki uning kulachoklari podshipniklar vtulkasini shikastlab qo'yishi mumkin. Shesternalarni ilashishga kiritishda belgilarni mos tushishini ta'minlash zarur. Shundan keyin taqsimlash valinnng tirak flanesini blokka boltlar yordamida mahkamlanadi, tirsakli valning uchiga moy qaytargich kiydiriladi, taqsimlash shesternalarining salnik va qistirma yig'ilgan qopqog'ini o'rnatiladi va uni boltlar yordamida mahkamlanadi. Boltlarni bir tekisda 20 - 30 N-m moment bilan xochsi- mon tartibda ikki harakatda tortib qo'yiladi, taqsimlovchi shesternalar qopqog'iga dvigatel tirsakli valining aylanishlar chastotasini cheklovchi qurilma datchigi o'rnatiladi va mahkamlanadi, tirsakli val shkivini shponkaga to'g'rilab, zichlab o'tqaziladi, to'xtatgich shayba qo'yib, xrapovikni burab qotiriladi, nasosning moysurgichi o'rnatiladi va mahkamlanadi, zichlovchi qistirma qo'yib, moy karterini bolt bilan qotirib qo'yiladi, ilashmani ajratuvchi ayrini karterga joylab, boltlar yordamida mahkamlanadi. Ilashma karterining shchit va qopqog'i o'rnatiladi hamda boltlar bilan qotiriladi, so'ng silindrlar bloki-ni stendga burib yuqoriga qaratiladi.
Stendga (34.15-chizma) yoki verstakka silindrlar kallagi o'rnatiladi, klapanlar o'z joyiga qo'yiladi va klapan mexanizmi yig'iladi. Verstakda ishlaganda maxsus ajratgich qo'llaniladi. Shundan keyin silindrlar kallagining qistirmasi blokka qo'yiladi, kallakni blok fiksatorlariga o'rnatiladi, blokdagi uyalarga turtkich va shtangalar joylashtiriladi, koromislolar yig'ilgan o'q o'rnatiladi, turtgich shtangasining uchini koromislo bilan biriktiriladi va koromislo o'qining stoykalari mahkamlanadi. Ikkinchi silindr kallagi bo'yicha bajariladigan ishlar ham xuddi shunday ketma-ketlikda amalga oshiriladi. So'ng blok va silindrlar kallagidagi ajralish tekisliklariga zichlash qistirmalari qo'yiladi, yig'ilgan holdagi kiritish quvuryo'li shpilkalarga o'rnatiladi va gaykalar bilan mahkamlanadi, chiqarish quvuryo'li ham shpilkalarga gaykalar vositasida mahkamlab qo'yiladi, moy filtrlari, karterni shamollatish filtri bilan birgaliqda moy quyish quvuri, moy nasosi, termostatli qisqa quvur,
shamolparrakvato'kishklapaniyuritmasiningtortqisibilanbirgalikdasuvnasosi, yonilg'inasosi, karburatorbilanhavofiltrini, yonilg'inimayintozalashfiltri, rulboshqarmasigidrokuchaygichiningnasosi, kompressor, generator, startyor, uzgich-taqsimlagich, svechalar, elektrsimlaro'rnatiladi.
Yig'ilgandan so'ng dvigatel sinash stansiasiga yuboriladi, u yerda chiniqtiriladi va sinovdan o'tkaziladi. Buning uchun turli xil stendlardan foydalaniladi.
Dvigatelni stendda chiniqtirishni uch bosqichi belgilangan: sovuqlayin, qizdirib yuklanishsiz, qizdirib yuqlanish ostida. Har bir bosqich ikki bosqichda bajariladi. Masalan, ZIL-130 dvigateli uchun
sovuqlayin chiniqtirishni awalo, tirsakli valning 400 - 600 min"1 bo'lgan aylanishlar chastotasida 15 daqiqa mobaynida, so'ng 800 - 1000 min-1 aylanishlar chastotasida 20 daqiqa mobaynida o'tkaziladi.
Qizdirib yuklanishsiz chiniqtirishda tirsakli valni avval 1000 - 1200 min'1 chastota bilan 20 daqiqa mobaynida, so'ng 1500 - 2000 min' chastota bilan 15 daqiqa mobaynida aylantiriladi. Qizdirib chiniqtirishni birinchi bosqichida 11-15 kW yuklanish hosil qilinadi va tirsakli valni 25 daqiqa mobaynida 1600 - 2200 min1 chastota bilan aylantiriladi. Ikkinchi bosqichda yuklanishni 29-44 kW ga yetkaziladi, tirsakli valni aylanish chastotasi 2500 - 2800 min-1 ni, davomiyligi esa 25 daqiqani tashkil qiladi.
KamAZ-740 dizel dvigateli uchun sovuqlayin chiniqtirishni beshta bosqichda, tirsakli valning aylanishlar chastotasini 600 dan 140 min"1 gacha o'zgartirib, 40 daqiqa mobaynida amalga oshiriladi. Qizdirib yuklanishsiz chiniqtirishni 10 daqiqa mobaynida, tirsakli val 1400 min" 1 aylanishlar chastotasida o'tkaziladi. Qizdirib yuklanish ostida chiniqtirish oltita bosqichda tirsakli valning aylanishlar chastotasini 1600 dan 2600 min"1 gacha, yuklanishni esa 22,1 dan 132,3 kW gacha o'zgartirib amalga oshiriladi. Bunda chastota va yuklanish har 10 daqiqali intervaldan so'ng o'zgartirib boriladi, oxirgi ikkita 5 daqiqali intervalda esa o'zgartirilmaydi. Ushbu dvigatellar uchun qizdirib yuklanish ostida chiniqtirishni umumiy davomiyligi 50 daqiqani tashkil qiladi. Umuman, dvigatel 100 daqiqa mobaynida chiniqtiriladi.
Chiniqtirish davrida barcha birikmalarni germetikligi, kuchli taqqil-lashlar va shovqinlarning bor-yo'qligi, yonilg'i, suv va moyni tashqariga sizib chiqishi, shuningdek, biriktirilgan joylardan gazlarni chiqish-chiqmasligi tekshiriladi. Dvigatelda aylanishlar chastotasini va yuklanish-larni keskin o'zgarishiga yo'l qo'yilmaydi. Chiniqtirish yakunlangandan so'ng dvigatel qisman nazorat uchun ochib ko'riladi. Nazorat uchun ochib ko'riladigan dvigatellar miqdori va tekshirilishi lozim bo'lgan detallar ro'yxati ta'mirlash korxonasining ishonchlilik laboratoriyasi tomonidan belgilanadi. Sinov rejimi 34.1-jadvalda ko'rsatilgan.
Agar dvigatelda silindr bloki, tirsakli va taqsimlash vali, bitta yoki bir necha porshen, silindr gilzasi, o'zak yoki shatun podshipniklardagi ichqo'ymalarning yarim, ikkitadan ortiq porshen halqalari almash-tirilgan bo'lsa, u holda takroriy chiniqtirish o'tkaziladi (34.2-jad-val).
O'zak yoki shatun podshipniklardagi ichqo'ymalarni yarmidan oz-yoki bittadan porshen halqalari (silindrlar soni ikkitadan ko'p emas) almashtirilgan bo'lsa, dvigatelni stendda chiniqtirish qizdirib chiniqtirish rejimida amalga oshiriladi, so'ng qabul qilish nazoratidan o'tkaziladi.
Sovuqlayinchiniqtirishdatirsaklivalmajburiyaylantiriladivaishqalanuvchiyuzalarninggeometrikshaklinihamdag'adir-budurligio'zgarishisodirboiib, dvigateldetallariesaunchakattabo'lmaganyuklanishlarniko'tarishgatayyorlanadi. Qizdirib yuklanishsiz chiniqtirish (dvigatel salt ishlaydi) ishqalanuvchi yuzalarni ishqalanib moslanishini yana davom etishini nazarda tutadi. Qizdirib yuklanish ostida chiniqtirishda dvigatel ishlab chiqargan energiya maxsus elementlarga yutilib ketadi va ishqalanuvchi yuzalar yakuniy tayyorgarlikdan o'tadi. Har bir dvigatel rusumi uchun chiniqtirishning oqilona rejimi va moy turi belgilab qo'yilgan.
Ishlatib moslashtirish jarayonini yaxshilash va tezlatish uchun chiniqtirishning oqilona rejimlarini aniqlash hamda moy qo'shilmalarini tanlash, dvigatelni tiklash sifatini oshirishning muhim shartidir. Chiniqtirishning oqilona rejimlari deb shunday rejimlar qabul qilinadiki, ular ishlatish jarayonidagi yuklanishlarga birikmalarni minimal yeyilish-larda tayyorlaydi.
Asosiy ta'mirlashga belgilangan texnik shartlarda dvigatelni sinovdan o'tkazish ham ko'zda tutilgan. Sinov yig'ish sifatini va dvigatelni ishlatish sharoitlariga tayyorligini tekshirish uchun imkon beradi. Sinov paytida taqillashlar, qadalishlar, sizishlar, o'ta qizish, kuchli shovqinlar, titrashlar, quvvatning yo'qolishi va boshqa nuqsonlar bor-yo'qligi aniqlanadi.
Ta'mirlash sifatini holisona baholash va nuqsonlarni aniqlash uchun, mos holdagi asboblardan foydalanish lozim. Masalan, quvvat vattmetr yoki maxsus dinamometrlarda, shovqinlar va taqillashlar shovqin o'lchagichlarda, titrashlar vibrometrlarda aniqlanadi.
Nazorat savollari
Krivoship-shatun mexanizmi detallaridagi asosiy nuqsonlarni va tiklash usullarini sanab o'ting.
Gaz taqsimlash mexanizmi detallaridagi asosiy nuqsonlarni va tiklash usullarini sanab o'ting.
Moylash, sovitish va ta'minlash tizimi asboblaridagi asosiy nuqsonlarni va ta'mirlash usullarini sanab o'ting.
Dvigatelni yig'ish jarayoni va chiniqtirish turlari to'g'risida aytib bering.
|