|
Avtomobillarni yig’ish,diagnostikalash va sinash.” O’quv amaliyotidan qo‘llanma
|
bet | 24/46 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 3,93 Mb. | | #141851 |
Bog'liq AVTOMOBILLARNI YIG\'ish (2)
1-Tishlashish muftasi karteri; 2-maxovik; 3-tirsakli val flanetsi; 4-yetaklanuvchi disk; 5-uzatmalar qutisining yetakchi vali; 6-siquvchi prujina; 7-yetaklanuvchi disk; 8-Tishlashish muftasini ishga tushirish podshipnigi; 9-uzatmalar qutisi yetaklovchi valining podshipnigi; 10-uzatmalar qutisining yetaklanuvchi vali; 11-birlashtirish bo‘g‘ini; 12-Tishlashish muftasi.
Tishlashish muftasi mexanizm va yuritmadan tashkil topgan. Yetakchi qism maxovik (2) tirsakli val (3) siquvchi disk va maxovikka boltlar bilan mahkamlangan g‘ilof (12) dan tashkil topgan.
Yetaklanuvchi qismga uzatma qutisining yetakchi vali (5) ga o‘rnatilgan yetaklanuvchi disk (4) kiradi. Tishlashish muftasining yetaklanuvchi diski maxovikka siquvchi disk orqali diafragmali prujina (6) bilan bosiladi. Bu Tishlashish muftasining yetakchi va yetaklanuvchi qismlarini bir-biriga jips yopishishini va zarur ishqalanish momentini uzatmalar qutisining yetakchi valiga uzatish imkonini beradi.
2-rasm. Tishlashish muftasining qobig‘i va yetaklanuvchi disk
1-Tishlashish muftasi qobig‘i; 2-siquvchi prujina; 3-siquvchi yetakchi disk; 4-biriktiruvchi plastina; 5-siquvchi prujinaning tayanch halqalari; 6-yetaklanuvchi disk; 7-yetaklanuvchi disk gupchagi; 8-friksion qoplamalarning parchinmixi.
Siquvchi disk (3) uchta plastinkasimon prujina (4) yordamida g‘ilof bilan bog‘langan (2-rasm).
Bunday elastik aloqa burovchi momentni Tishlashish mufta g‘ilofidan siquvchi diskka uzatish bilan birga, Tishlashish muftasining uzish jarayonida siquvchi diskning g‘ilof ichida o‘q bo‘ylab xarakatlanishini ham taminlaydi.
Tishlashish muftasining g‘ilofi (1) po‘latdan shtamplanib tayyorlanadi. G’ilofni maxovikka bolt bilan qotiriladi, bunda shtiftlar uchun uning tashqi gardishida teshiklar qilingan.
Ichki gardishlarda esa turtib chiqqan joylari bo‘lib, ularning uchini g‘ilofning ichki tomoniga bo‘lish hisobiga tayanch halqalar (5) uchun uyachalar hosil qilingan. Siquvchi prujinali po‘lat taxtalardan konus shaklida shtampalab kesilgan.
Siquvchi prujinaning ichki qismidagi radial kesiklar prujinaning tashqi yuzasida gulbarglar hosil qiladi va ular Tishlashish muftasining ajratuvchi Tishlashish vazifasini bajaradi. Siquvchi disk (3) cho‘yandan quyib tayyorlangan.
Burovchi moment dvigateldan uzatma qutisining yetakchi valiga Tishlashish muftasining yetaklanuvchi diski orqali uzatiladi. Uzatmalarning ravon qo‘shilishini ta’minlash uchun yetaklanuvchi disk qayishqoq qilib ishlangan.
Tishlashish muftasi uzilganda yetaklanuvchi disk gubchasi o‘q bo‘ylab uzatma qutisining yetakchi valining shlitsasi bo‘yicha xarakatlanadi. Yetakchi disk (4) ga po‘lat parchin mix bilan 8 ta taram-taram yuzaga esa bo‘lgan prujinali plastinkalar (6) parchinlangan. Bu plastinkalarga ikkala tomonidan friksion qoplamalar parchin mixlar yordamida mahkamlangan.
Parchin mix kallakchalari qoplamalarning ish yuzasiga nisbatan 1,352,1 mm ga chuqurroq joylashadi. Burilma tebranishlarni so‘ndirgich (dempfer) avtomobilning tezligi keskin o‘zgarganda transmissiya elementlarida yuzaga keladigan qo‘shimcha yuklamalarni kamaytirish uchun xizmat qiladi.
|
| |