Avtomobillarni yig’ish,diagnostikalash va sinash.” O’quv amaliyotidan qo‘llanma




Download 3,93 Mb.
bet20/46
Sana20.01.2024
Hajmi3,93 Mb.
#141851
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   46
Bog'liq
AVTOMOBILLARNI YIG\'ish (2)

1-rasm. Fara chiroqlari.
a) va b) 2 FD-42 metall asosli (sokalli) amerika tizimi uchun, c) simmetrik yevropa tizimi uchun; d) assimetrik R4St-41 metall asosli, yevropa tizimi uchun, galogen chiroqlar: e) N1; f) N2; g) N3; h) N4. Shtiftli chiroqlar: i) ikki kontaktli, ikki cho‘lg‘amli; j) bir kontaktli, bir cho‘lg‘amli; k) barmoqsimon; l) safitli;
1-shisha idish (kolba), 2-uzoqni yoritish cho‘lg‘ami; 3-yaqinni yoritish cho‘lg‘ami; 4-himoyalagich (ekran); 5-fokuslovchi flanes; 6-metall asos (sokol); 7-elektr sim ulagich.
Chiroqlar cho‘lg‘amlari spiral shaklida o‘ralgan volfram simidan tayyorlanadi. Cho‘lg‘am qiziganida volfram bug‘lari hosil bo‘lib shisha idishning ichki yuzasini qora qatlam qoplay boshlaydi. Buning oldini olish uchun, shisha idishning ichiga inert gazlarining aralashmasi (96% organ va 4% azot) to‘ldiriladi. Quvvati 3 Vt gacha bo‘lgan chiroqlarning shisha idishi ichida vakuum hosil qilinadi.
Inert gazlari bilan to‘ldirilgan chiroqlarning cho‘lg‘amlarini 3000  K gacha qizdirish mumkin bo‘lib, harorat bundan ortsa volframni bug‘lanishi kuchayadi. Shu sababdan zamonaviy avtomobil faralarida galogen chiroqlar ishlatilmoqda. Galogen chiroqlarida inert gazlariga galogen yoki uning brom bilan birikmasi to‘ldiriladi. Galogen chiroqlarining cho‘lg‘amini 3600  K ga qizdirish imkoniyati ortib, o‘lchami kichik bo‘ladi va shishaning ichki yuzasida folfram qoplama hosil bo‘lmaydi. Chiroq yonganida folfram bug‘lanib, inert gaz ta’sirida yana qaytib cho‘lg‘amga o‘tiradi va cho‘lg‘amni uzilishdan saqlaydi. Bu jarayon to‘la to‘kis kechishi uchun harorat 9000  K bo‘lishi kerak, shu sababdan galogen chiroqlarining shisha idishini issiqlikga chidamli kvars shishadan tayyorlanadi. Uzoqni yoritish galogen faralari 400 m masofani yorita oladi.
Faralarni boshqarish uchun rul kolonkasining chap tomonida joylashgan, ko‘p vazifali tortqidan foydalaniladi. Tortqidagi uzib ulagichni birinchi holatga burilsa: gabarit chiroqlar, davlat raqami yoritgichi va asboblar jamlamasini yorituvchi chiziqlar yoqadi: ikkinchi holatga burilsa: barcha oldin yondirilgan chiroqlar va yaqinni yoritish yoqiladi. Uzoqni yoritish faralarini yoqish uchun tortqi pastga bosiladi, bunda asboblar jamlamasidagi uzoqni yoritish farasi yoqilganligini ogohlantiruvchi chiroqcha yonadi. Yaqinni yoritish farasini yoqish uchun tortqini yuqoriga, oldingi holatga ko‘tariladi. Barcha chiroqlarni o‘chirish uchun uzgich-ulagich «OFF» holatiga keltiriladi.
Tumanga qarshi faralar ob-havo sharoiti harakatlanishni qiyinlashtirganida (tuman, yomg‘ir, qor, chang-to‘zon), avtomobilni 2030 kmsoat tezlikda boshqarish va 15  25 m masofadagi narsalarni ko‘rish imkoniyatini yaratadi. Tumanga qarshi faralar to‘g‘ri burchakli yoki doiraviy shaklda bo‘ladi. Fara qaytargichi paraboloid shaklga ega bo‘lib, uning fokus markaziga N1, N2, N3 turidagi galogen chiroqlar o‘rnatiladi, 2-rasm. Tumanga qarshi faraning nur tarqatgichi asosan sariq rangda bo‘ladi.




Download 3,93 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   46




Download 3,93 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomobillarni yig’ish,diagnostikalash va sinash.” O’quv amaliyotidan qo‘llanma

Download 3,93 Mb.