• Ishlab chiqarishdagi kasallanishlar.
  • Avtomobillarni yig’ish,diagnostikalash va sinash.” O’quv amaliyotidan qo‘llanma




    Download 3,93 Mb.
    bet2/46
    Sana20.01.2024
    Hajmi3,93 Mb.
    #141851
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
    Bog'liq
    AVTOMOBILLARNI YIG\'ish (2)
    2-MUSTAQIL ISH ( TDS ) (5), Axborotning xuquqiy himoyalash Reja-fayllar.org, Ofis qurilmalarini yig\'ish, Falsafa test 100 ta, Тех харита НАМУНА, Тех харита НАМУНА2, Тех харита НАМУНА1, Тех харита НАМУНА3, 1-23 gurux, KVARTIRA BOR, Chakana savdo 40 Ishchi, бетон, саволнома
    Ishchi kiyim (jomakor).




    Prеdmеtlarni foydalanish masofasi.




    Ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasalliklar
    Ishlab chiqarishda yuz beradigan jarohatlanishlar. Jarohatlanish (grekcha trauma-yara) deb odam organizmiga ishlab chiqarish omillarining xavfli ta’siri natijasida, ya’ni baxtsiz hodisa tufayli organizm to‘qimalarining jarohatlanishi va ishlash faoliyatini buzilishiga aytiladi. Ular beixtiyor (lat yeyish, kesib olish, sinish, chiqish va boshq), kimyoviy (kislota va ishqorlar ta’sirida kuyish), termik (odam organizmiga yuqori yoki past harorat ta’sir etib, kuyish, yoki sovuq urishi), elektrdan kuyish, to‘k urish va boshq. – psixologik (qattiq hayajonlanish, qo‘rquv va boshq) turlariga bo‘linadi.
    Jarohatlanish natijasida odam ish qobiliyatini vaqtinchalik yoki doimiy yo‘qotishga olib kelishi mumkin. Bunda ishchi umumiy ish qobiliyatini yoki kasbiy ish qobiliyatini yohud ikkalasini ham yo‘qotishi mumkin;
    Ishlab chiqarishdagi kasallanishlar. Kasbiy va umumiy kasallanishlar noqulay ish sharoitlaridan kelib chiqishi mumkin. Kasbiy kasalliklar zararli ishlab chiqarish omillari ta’siridan kelib chiqadi (kasbiy zararlar). Ular vaqtinchalik, uzoq vaqtgacha yoki umuman ish qobiliyatini yo‘qotishga (nogironlikka) olib kelishi mumkin.
    Kasb kasalliklarining ayrim hollari kasbiy zaharlanish deb hisoblanadi (o‘tkir yoki surunkali). Kasb kasalliklarning etiologiyasi (kelib chiqishi) bo‘yicha fizikaviy omillar, chang, kimyoviy moddalar va biologik omillarning odam orgnizmiga ta’sir etishidir. Fizikaviy omillar natijasida sodir bo‘ladigan kasbiy kasalliklarga qaltirash kasalligi kiradi va u odam organizmini titrashi natijasida kelib chiqadi. Odam organizmiga og‘ir jismoniy mehnat, odam tanasining ish vaqtida doimiy egilib turishi ta’sir ko‘rsatadi. Sovuqning ta’siri natijasida bel og‘rishi-radikulit paydo bo‘ladi. Odam organizmiga changning ta’sir qilishi natijasida sodir bo‘ladigan kasb kasalliklariga surinkali kasbiy o‘pka fibrozi, pnevmokoioz va changlardan uzoq vaqt nafas olish natijasida kelib chiqadigan kasalliklar kiradi.
    Kimyoviy moddalar ta’siri natijasida kelib chiqadigan kasbiy kasalliklarga surunkali va o‘tkir zaharlanish, o‘tkir va surunkali teri kasalliklari (dermatitlar va ekzemalar), konyuktivitlar va boshqalar kiradi. Noqulay ish sharoitlari havo haroratining keskin o‘zgarishi, yelvizaklar, namlik, neft mahsulotlari bilan bog‘liq bo‘lgan chang, kuchli jismoniy zo‘riqish, ovqatlanish tartibining buzilishi va bemorlar bilan aloqada bo‘lish vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotishga olib kelishi mumkin. Shuningdek, dalada ishlaydiganlar ichida keng tarqalgan kasalliklardan shamollash (21%), suyak muskul kasalligi (8,2% va yurak-tomir sistemasi (7,8%), ovqat xazm qilish a’zolari (6,8%) va boshqalar. Umumiy kasallik bilan og‘rish kasbiy kasalliklardan ancha ko‘p. Ish vaqtida kasallanish tufayli yo‘qotiladigan ish vaqti, jarohatlanishlar sababli yo‘qotilganga qaraganda 30 barobar ko‘pdir.

    Download 3,93 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




    Download 3,93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomobillarni yig’ish,diagnostikalash va sinash.” O’quv amaliyotidan qo‘llanma

    Download 3,93 Mb.