• Ishlab chiqarishda va o‘quv ustaxonalarida sanitariya holatlari. Sanitariya me’yorlari va qoidalari
  • Ishlab chiqarish sanitariyasi
  • Shaxsiy gigiyena tushunchasi
  • Avtomobillarni yig’ish,diagnostikalash va sinash.” O’quv amaliyotidan qo‘llanma




    Download 3,93 Mb.
    bet7/46
    Sana20.01.2024
    Hajmi3,93 Mb.
    #141851
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46
    Bog'liq
    AVTOMOBILLARNI YIG\'ish (2)
    2-MUSTAQIL ISH ( TDS ) (5), Axborotning xuquqiy himoyalash Reja-fayllar.org, Ofis qurilmalarini yig\'ish, Falsafa test 100 ta, Тех харита НАМУНА, Тех харита НАМУНА2, Тех харита НАМУНА1, Тех харита НАМУНА3, 1-23 gurux, KVARTIRA BOR, Chakana savdo 40 Ishchi, бетон, саволнома
    Korxona nazorati – xo‘jalikda, shuningdek mehnat muhofazasiga doir ishlarni tashkil qilishda va unga umumiy rahbarlik qilish korxonalarda o‘rinbosarlardan biriga, jamoat xo‘jaliklarida rahbarlar zimmasiga yuklatiladi.
    Jamoat nazorati – bu ishni mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi organlari tomonidan mehnat muhofazasi bo‘yicha saylangan vakil tomonidan tekshiriladi.
    Ishlab chiqarishda va o‘quv ustaxonalarida sanitariya holatlari. Sanitariya me’yorlari va qoidalari
    Mehnat gigiyenasi ishlab chiqarish muhitini va mehnat jarayonini kishi organizmiga ta’sirini o‘rganadi va ularning sanitariya-gigiyena holatlarini yaxshilash bo‘yicha tavsiyanomalarni ishlab chiqadi. Bularning hammasi ishchilarning sog‘lig‘iga va ish qobiliyatini saqlab qolishga yordam beradi.
    Ishlab chiqarish sanitariyasi - ishlab chiqarish korxonalari hududlarining holatini yaxshi saqlash, sanitariya-obodonlashtirish, ishlab chiqarish binolarini va xonalarini, sanitariya-texnik qurilmalari (havo almashish, istish, yoritish), sanitariya-maishiy xonalar qurilmalari, shaxsiy himoyalanish vositalaridan foydlanish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi zaharlanishlarni hamda kasb kasalliklarini oldini olish, xizmatchilar sog‘ligini muhofaza qilish, shuningdek mehnatni ilmiy tashkil qilish va ishlab chiqarish estetikasi bilan bog‘liq bo‘lgan gigiyena chora-tadbirlarini ishlab chiqish masalalarini hal qiladi.
    Shaxsiy gigiyena tushunchasi - bu badanni toza tutish, ishlaganda shaxsiy gigiyenaga rioya qilish, o‘zi ishlaydigan joyni ozoda tutish va boshqalar. Shaxsiy gigiyena qoidalarini bajarish faqat individual emas, balki ijtimoiy ahamiyatga ham bog‘liq bo‘ladi. Agar har bir odam shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilmasa u o‘z oilasida va ishlaydigan jamoada yuqumli kasalliklarning tarqalishiga sababchi bo‘lishi mumkin.
    Ishlab chiqarishdagi zararli omillar va ularning inson organizmiga ta’siri
    Ishlab chiqarishning zararli omillar odamning ish qobiliyatiga ta’siri har xil bo‘ladi va ularni ruxsat etilgan me’yordan ortishi kishining ish qobiliyatini birdan o‘zgartirib yuborishi, shuningdek kasallikning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
    Issiqlik – barcha jismlarni tashkil etgan mikrozarralarning tartibsiz harakati. Ruxsat etilgan me’yordan havoning issiqligi yuqori bo‘lsa, odam toliqadi, yurak-tomir kasalligiga chalinishi mumkin. Bosh og‘rig‘i paydo bo‘lishi, issiq urishi mumkin. Agar havoning harorati me’yoridan past bo‘lsa, issiqlikni yo‘qotish ko‘payadi. Havo namligi ham ma’lum darajada kishining ishlash qobiliyatiga ta’sir qiladi. Havoning nisbiy namligi 75 % dan oshmasligi va 30% dan kam bo‘lmasligi kerak.

    Download 3,93 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46




    Download 3,93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomobillarni yig’ish,diagnostikalash va sinash.” O’quv amaliyotidan qo‘llanma

    Download 3,93 Mb.