• Texnik nazorat
  • Energetika nazorati
  • Avtomobil inspeksiyasi
  • Mehnat muhofazasini nazorat qilish va tekshirib turish




    Download 3,93 Mb.
    bet6/46
    Sana20.01.2024
    Hajmi3,93 Mb.
    #141851
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
    Bog'liq
    AVTOMOBILLARNI YIG\'ish (2)
    2-MUSTAQIL ISH ( TDS ) (5), Axborotning xuquqiy himoyalash Reja-fayllar.org, Ofis qurilmalarini yig\'ish, Falsafa test 100 ta, Тех харита НАМУНА, Тех харита НАМУНА2, Тех харита НАМУНА1, Тех харита НАМУНА3, 1-23 gurux, KVARTIRA BOR, Chakana savdo 40 Ishchi, бетон, саволнома

    Mehnat muhofazasini nazorat qilish va tekshirib turish


    Mehnatni muhofaza qilishning holati ustidan davlat nazorati va tekshiruvini davlat organlari amalga oshiradi. Mehnatni muhofaza qilishning me’yor va qoidalariga roiya etilishini jamoat tekshiruvini kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari amalga oshiradi (223-modda).
    Texnik nazorat – jamoa xo‘jaliklari va texnik xizmat ko‘rsatish korxonalari hamma tashkilotlardagi mashina va uskunalarning texnik holatining shahar va viloyat Davlat mehnat texnik inspeksiyalari orqali amalga oshiriladi.
    Sanitariya nazorati – respublikamiz davlat sanitariya nazorati ishlab chiqarishda kasalliklarni kamaytirish, tashqi muhitni (suv havzalari, tuproq va atmosfera havosi) ifloslanishining oldini olishga, mehnat sharoitini sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan sanitariya gigiyena, sanitariya-epidimiologik chora-tadbirlarini o‘tkazilishini nazorat qiladi, shuningdek, kasallanishning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarning o‘tkazilishini tekshirib turadi.
    Energetika nazorati – elektr texnik holatini, ularga xizmat ko‘rsatishda xavfsizlikni ta’minlaydigan chora-tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilib turadi.
    Yong‘in nazorati - uning vazifasiga, yangi qurilayotgan va ta’mirlanayotgan korxona, tashkilotlar va aholi yashaydigan joylar uchun muhandislik – texnikaviy yong‘inga qarshi chora-tadbirlarni ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini nazorat qilish, ishlab turgan korxonalarda yong‘inga qarshi profilaktika chora-tadbirlarni tashkil qilish, yong‘inni oldini olish va o‘chirishga keng jamoatchilikni jalb qilish ishlarini olib borish kiradi.
    Avtomobil inspeksiyasi – o‘ziga qarashli viloyat, tuman inspektorlari orqali avtomobillarning, texnik holatini, haydovchilarning yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qilib turadi, shuningdek, yo‘l-transport hodisalarini oldini olishga doir profilaktik ishlarni olib boradi. Mehnat texnik inspektorlari tekshiruv o‘tkazganida agar mehnat muhofazasi qoidalari buzilganligi va natijada ishlovchilar sog‘ligiga zarar yetishi mumkinligi aniqlangan bo‘lsa buyruq berish yoki ish xonalarini, ayrim uchastka, stanok yoki uskunalarda ishlashni taqiqlab quyishga haqlidir.

    Download 3,93 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




    Download 3,93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mehnat muhofazasini nazorat qilish va tekshirib turish

    Download 3,93 Mb.