• Texnik sabablar
  • Sanitariya – gigiyenik sabablar
  • Ruhiy holat sababi
  • Ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va




    Download 3,93 Mb.
    bet3/46
    Sana20.01.2024
    Hajmi3,93 Mb.
    #141851
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
    Bog'liq
    AVTOMOBILLARNI YIG\'ish (2)
    2-MUSTAQIL ISH ( TDS ) (5), Axborotning xuquqiy himoyalash Reja-fayllar.org, Ofis qurilmalarini yig\'ish, Falsafa test 100 ta, Тех харита НАМУНА, Тех харита НАМУНА2, Тех харита НАМУНА1, Тех харита НАМУНА3, 1-23 gurux, KVARTIRA BOR, Chakana savdo 40 Ishchi, бетон, саволнома
    Ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va
    kasallanishlarning sabablari
    Ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasallanishlarning barcha sabablarini shartli ravishda quyidagilarga birlashtirish mumkin: texnik, tashkiliy, sanitar-gigiyenik, psixo-fiziologik, iqtisodiy va xodimning aybi bilan yuz beradigan kasalliklar.
    Texnik sabablar: uskuna va moslamalari, to‘siq qurilmalari, tormoz tizimining ishlamasligi yoki nosozligi, gidravlik tizimning soz emasligi tufayli kelib chiqadi.
    Tashkiliy sabablar: ish joylarining uskuna, moslama va yordamchi asboblar bilan yetarli ta’minlanmaganligi, yuk ko‘tarish vositalarida bog‘lab qo‘yuvchi moslamalarning yo‘qligi, yo‘l-yo‘riqning o‘z vaqtida berilmaganligi va mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qitish ishlarining yetarli olib borilmaganligi, mehnat xavfsizligi bo‘yicha ko‘rsatmalarning yo‘qligi, ishchilarning o‘z vaqtida maxsus kiyimlar bilan ta’minlanmaganligi, dam olish va mehnat qilish tartibining buzilishi tufayli kelib chiqadi.
    Sanitariya – gigiyenik sabablar: ish joyida noqulay mikroiqlim (harorat, havoning namligi va harakat tezligi parametrlarining ish sharoitlariga muvofiq kelmasligi), yoritilganlik darajasining talablariga javob bermasligi, ish joylarining betartibligi va iflosligi, maishiy xonalarning (yechinish, yuvinish – cho‘milish xonalari, hojatxona va boshq) yo‘qligi natijasida kelib chiqadi.
    Ruhiy holat sababi: ishning hamisha bir xilligi, qattiq jismoniy mehnat tufayli zo‘riqish, kishi organizmiga ish joyining ruhiy anatomik fiziologik jihatdan mos kelmasligi, charchash, jamoatchilik orasidagi nosog‘lom muhit tufayli kelib chiqadi.
    Iqtisodiy sabablar: mehnat muhofazasi masalalariga sovuqqonlik bilan qarash, shuningdek, oylik moashlarini o‘z vaqtida bermaslik va ishchilarning yuqori ish unumiga erishishga intilmasligi, ish sharoitlarini yaxshilash tadbirlariga yetarli mablag‘ ajratilmasligi tufayli kelib chiqadi.
    Ishchining aybi bilan sodir bo‘ladigan baxtsiz hodisalar qatoriga: ishchining intizomsizligi, ishga betob yoki mast holda kelishi kiradi.

    Download 3,93 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




    Download 3,93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va

    Download 3,93 Mb.