• ISH O‘RNINI TASHKIL ETISH
  • Avtomobillarni yig’ish,diagnostikalash va sinash.” O’quv amaliyotidan qo‘llanma




    Download 3.93 Mb.
    bet1/46
    Sana20.01.2024
    Hajmi3.93 Mb.
    #141851
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
    Bog'liq
    AVTOMOBILLARNI YIG\'ish (2)
    2-MUSTAQIL ISH ( TDS ) (5), Axborotning xuquqiy himoyalash Reja-fayllar.org, Ofis qurilmalarini yig\'ish, Falsafa test 100 ta, Тех харита НАМУНА, Тех харита НАМУНА2, Тех харита НАМУНА1, Тех харита НАМУНА3, 1-23 gurux, KVARTIRA BOR, Chakana savdo 40 Ishchi, бетон, саволнома

    KIRISH
    Insoniyat kashfiyotchiligining ne’mati bo‘lgan avtomobil bugungi kunda barcha sohalarni rivojlanishida o‘zining katta hissasini qo‘shib kelmoqda. Avtomobilning yaratilishi va foydalanish davrini shartli uchta bosqichga bo‘lishimiz mumkin:

    • loyihalash;

    • ishlab chiqarish;

    • ekspluatatsiya davri.

    Biz bu darslikda mutaxasislar tomonidan loyihalanib ishlab chiqarilgan avtomobillarning umumiy tuzilishini, ekspluatatsiya davrida uchraydigan nosozliklar hamda ularga texnik (servis) xizmat ko‘rsatish turlari ko‘rsatilgan.
    Darslikda hozirgi vaqtda Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan «EPICA», «CAPTIVA», «LACETTI», «NEXIA», «MATIZ», «DAMAS», «SPARK», «MALIBU», «COBALT» rusumli yengil avtomobillarini va hozirda Respublikamizda ko‘p tarqalgan chet elda ishlab chiqarilgan avtomobillar konstruksiyasi misolida avtomobilning asosiy qismlari, mexanizm va tizimlarining vazifasi, turlari, tuzilishi, ishlash prinsipi, konstruktiv xususiyatlari hamda ulardan foydalanishda uchraydigan nosozliklar batafsil bayon etilgan.
    Yuk va yo‘lovchilarni o‘z vaqtida manziliga yetkazish uchun mavjud avtomobillarga kamroq mablag‘ sarflagan holda, ularning texnik tayyorgarligini yuqori darajada ta’minlab turish zarur. Buning uchun avtomobillarga muntazam ravishda texnik (servis) xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini bajarish, ularning saqlash joylari, ehtiyot qism va materiallar bilan ta’minlash va boshqa xizmatlar majmuini amalga oshirish lozim.
    AVTOMOBILLARNI YIG’ISH,DIAGNOSTIKALASH VA SINASH.” O’QUV AMALIYOTIDAN QO‘LLANMA

    ISH O‘RNINI TASHKIL ETISH




    Ish o’rni.
    1-stol oyog’I (rostlanuvchi); 2-rostlanuvchi o`rindiq; 3-pastki va ustki tortmalar; 4-ishlash joyi; 5-chizma (tеxnologik xarita); 6-to`rli to`siq; 7-yoritish lampasi.
    Har qanday texnologik jarayonni to‘g‘ri va muvafaqqiyatli bajarish uchun ish o‘rnini ilmiy asosda to‘g‘ri tashkil etish katta ahamiyatga ega. Ish o‘rni-ishlab chiqarish sexi, avtokorxonasi yoki avtoservisning bir qismini tashkil qilib, bir yoki bir necha ishchilarga biriktiriladi. Kasb-hunar kollejlarida esa laboratoriya yoki o‘quv amaliyoti kollej ustaxonasida tashkil etilib guruh guruhchalarga bo‘lib o‘tiladi. Guruh va guruhchalarga sardor tayinlanib u ish o‘rniga javobgar bo‘ladi.
    Ish o‘rni quyidagi talablarga javob berishi lozim:

    • ish o‘rniga o‘rnatilgan dastgohning balandligi o‘quvchi uchun qulay, ish bajarishni ta’minlash;

    • asbob-uskunalar joylashishi qo‘l yetadigan darajada qulay bo‘lishi;

    • ish qurollari ma’lum tartibda va bir joyda turishi, toza, soz holatda bo‘lishi;

    • ish o‘rnida ortiqcha narsalar bo‘lmasligi;

    • ishlayotgan predmet bilan ishchining ko‘zi orasidagi masofa taxminan 450-550 mm bo‘lishiga harakat qilish zarur.

    • asbob turadigan shkaf va dastgohlarda tortma qutilar bo‘lishi;

    • ish o‘rni bir me’yorda yoritilishi;

    • xona harorati me’yorda bo‘lishi;

    • ish o‘rni ozoda va tartibli bo‘lishiga rioya qilish.

    Ishchi kiyim (jomakor) havo – bug‘ o‘tkazadigan, ishchini tashqi muhitning noqulay ta’siridan asrashi, xarakatga halaqit bermasligi kerak. Ish oldidan yengining tugmalari qadalgan, kiyimning etaklari yoyilib ketmasligi, sochni bosh kiyim ostiga joylash zarur. Oyoq kiyim oyoqdan chiqib ketmaydigan, sirpanmaydigan va oyoqni ifloslanish hamda jarohatlanishdan saqlay oladigan bo‘lish kerak.







    Download 3.93 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




    Download 3.93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomobillarni yig’ish,diagnostikalash va sinash.” O’quv amaliyotidan qo‘llanma

    Download 3.93 Mb.