|
Xavfsiz va zararsiz mehnat sharoitlarini yaratishning
|
bet | 4/46 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 3,93 Mb. | | #141851 |
Bog'liq AVTOMOBILLARNI YIG\'ish (2)Xavfsiz va zararsiz mehnat sharoitlarini yaratishning
asosiy yo‘llari
Xavfsiz va zararsiz mehnat sharoitlariga quyidagilar kiradi: qulay texnologiya, ish tartibi, ishlab chiqarish vositalaridan to‘g‘ri foydalanish, qulay ish sharoitlari, xom ashyolar, yarim mahsulotlar, ish o‘rnini to‘g‘ri tashkil qilish va yaroqli jihozlar, himoya vositalaridan oqilona foydalanish, xavfsizlik talablarini bajarish, kasbga qarab tanlov o‘tkazish va ishchilarni o‘qitish, texnik-me’yoriy hujjatlarga xavfsizlik vositalarini kiritish bilan ta’minlanadi.
Texnologik jarayonlarni to‘g‘ri loyihalash, tashkil etish va o‘tkazishda xavfsiz ishlash talablari oldindan nazarga olinadi. Buning uchun ishlab chiqarishda zararli ta’sirlarning oldini olish, ishdagi operatsiya va jarayonlarni o‘zgartirish, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish hamda masofadan turib boshqarishni qo‘llash, gipodinamiyaga e’tibor berish, ishni oqilona tashkil etish shu bilan bir qatorda og‘ir mehnatni chegaralashni ham hisobga olish kerak. Shuningdek o‘z vaqtida ishlab chiqarish xavfsizliklari to‘g‘risidagi ma’lumotga, jarayonni boshqarish va nazorat qilish tizimiga, o‘z vaqtida chiqindilarni zararlantirishga, chiqarib tashlash xavf va zarar tug‘diradigan manbalarga alohida e’tibor qaratish lozim.
Mehnat muhofazasining huquqiy asoslari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995 yil 21 dekabrda 161-1 raqamli O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqladi. Respublikamizda mehnatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va O‘zbekiston Respublikasining «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida» gi Qonunda mustahkamlangan. Ushbu Qonun ishlab chiqarish usullari, mulk shaklidan qat’iy nazar korxonalarda muhofaza qilishni tashkil etishning yagona tartibini belgilaydi hamda fuqarolarning sog‘ligi va mehnatini muhofaza qilishni ta’minlashga qaratilgan.
Mehnatni muhofaza qilish – bu tegishli qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya- gigiyena va davolash profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimidan iborat.
|
| |