Avtomobillarni yig’ish,diagnostikalash va sinash.” O’quv amaliyotidan qo‘llanma




Download 3,93 Mb.
bet5/46
Sana20.01.2024
Hajmi3,93 Mb.
#141851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Bog'liq
AVTOMOBILLARNI YIG\'ish (2)
2-MUSTAQIL ISH ( TDS ) (5), Axborotning xuquqiy himoyalash Reja-fayllar.org, Ofis qurilmalarini yig\'ish, Falsafa test 100 ta, Тех харита НАМУНА, Тех харита НАМУНА2, Тех харита НАМУНА1, Тех харита НАМУНА3, 1-23 gurux, KVARTIRA BOR, Chakana savdo 40 Ishchi, бетон, саволнома

Ish va dam olish tartibi


Dam olish va ish jarayoni to‘g‘ri takrorlanib turishi shikastlanishlar oldini olishning birdan bir asosiy shartidir.
Kishining ish qobiliyati uning sezgirligiga, ishlab chiqarishdagi har xil xavfli va zararli omillarga ta’sirchanligiga, ish jarayonining uzluksizligiga bog‘liq.
Agar kishi kun mobaynida uzluksiz ko‘rsatilgan vaqtdan ortiqcha ishlasa, unda jismoniy charchash bilan bir qatorda ruhiy charchash ham paydo bo‘lishi mumkin. Buning ustiga ishchiga uzoq vaqt mobaynida juda ko‘p qarorlar qabul qilish yoki juda ko‘p asboblarning ko‘rsatkichlariga qarash to‘g‘ri kelsa, unda ruhiy charchash jismoniy charchashdan oldin kelishi mumkin. Ish joyida shovqin, titrash, gaz, chang va nurlanishning bo‘lishi ruhiy charchashni tezlashtiradi va kishining noto‘g‘ri harakat qilishiga, shikastlanishiga yoki avariya holatiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ma’muriyat ish va dam olish tartibiga qat’iyan rioya qilishi kerak.
Mehnat kodeksining 115-moddasiga asosan xodim uchun ish vaqti haftasiga 40 soatdan oshmasligi kerak. Ya’ni ish tartibi haftasiga besh ish kunida ikki dam olish kuni yoki haftasiga olti ish kunida bir dam olish kuni bo‘lishi kerak. Ish vaqtining davom etishi (smena) olti ish kunlik ish haftasida yetti soatdan, besh kunlik ish haftasida esa sakkiz soatdan oshmasligi lozim. Bayram kunlari (131-modda) arafasida kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi (121-modda). Agar xodim uchun belgilangan kundalik ish (smena) muddatining kamida yarim tungi vaqtga to‘g‘ri kelsa, tungi ish muddati bir soatga, ish haftasi muddati ham shunga muvofiq ravishda qisqartiriladi. Soat 2200 dan to soat 600 gacha bo‘lgan vaqt tungi vaqt hisoblanadi (122-modda).
O‘smirlar mehnatini muhofaza qilish
Respublikamizda yoshlarni ijtimoiy foydali mehnatga jalb qilish, ularni ishga joylashtirish masalalariga katta e’tibor berilmoqda. O‘smirlarni ishga qabul qilishdagi kafolatlar O‘zbekiston Konstitutsiyasi 239-moddasida quyidagicha qayd etilgan.
O‘smirlar doimiy ishga 16 yoshdan qabul qilishga ruxsat etiladi, ayrim hollarda 15 yoshga to‘lgan shaxslar ota-onasidan birining roziligi bilan ishga qabul qilinishi mumkin.
Yoshlarni mehnatga tayyorlash maqsadida umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollej o‘quvchilarini 14 yoshga to‘lganlaridan keyin ota-onasidan birining yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxsning roziligi bilan o‘smirlarning sog‘ligiga va kamol topishiga ziyon yetmaydigan va ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishlarni, o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida bajarish uchun ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi. (77-modda).
16 dan 18 yoshgacha o‘smirlar uchun bir ish haftasidagi ish soati 36 soat, 15-16 yoshda esa 24 soatgacha qisqartilgan. O‘quv yili mobaynida ishlaydigan o‘quvchilar uchun, 14 dan 16 yoshgacha bo‘lganlarga 2 soat, 16 dan 18 yoshgacha bo‘lganlarga 3 soat ish soati belgilangan (242-modda). 18 yoshga to‘lmagan o‘smirlarni ish vaqtidan tashqari dam olish kunlari ishga jalb qilish mumkin emas (245-modda). 16-18 yoshdagi o‘smirlar uchun tashiydigan va siljitadigan yukning og‘irligi o‘g‘il bolalar uchun 13 kg, qizlar uchun 7 kg dan ortiq bo‘lmasligi kerak. O‘smirlar uchun uzluksiz tashiydigan va siljitadigan yukning miqdori 4,1 kg dan ko‘p bo‘lmasligi lozim, 14-15 yoshdagi o‘smirlar uchun esa me’yor 2 martagacha kamaytiriladi. (San K va M N 0052-96).

Download 3,93 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Download 3,93 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomobillarni yig’ish,diagnostikalash va sinash.” O’quv amaliyotidan qo‘llanma

Download 3,93 Mb.