|
Qaysi klapan moylash tizimidagi yuqori bosimini cheklaydi?
| bet | 19/46 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 3,93 Mb. | | #141851 |
Bog'liq AVTOMOBILLARNI YIG\'ish (2)Qaysi klapan moylash tizimidagi yuqori bosimini cheklaydi?
A) o‘tkazgich;
B) saqlagich;
С) reduksion.
-
Qaysi dvigatellarda moy radiatori mavjud?
A) ZIL-130;
B) «Tiko»;
С) M-412.
-
«Tiko» dvigatelida moy sathini kamayganligini o‘lchovchi datchik qayerda joylashgan?
A) silindrlar blokida;
B) karterda;
С) nasosda.
MAVZU: «YORITISH USKUNALARINI AJRATISH VA O‘RNATISH».
MAVZU DOIRASIDAGI ASOSIY MA’LUMOTLAR:
1-rasm. Yaqinni yoritish farasi
yoqilganda yo`l qoplamasini
yoritilganligi
a) simmеtrik yoritilganlik;
b) assimеtrik yoritilganlik.
Avtomobilning yoritish va yorug‘lik-daraklash uskunalari yo‘l, salon, davlat raqami, asboblar jamlamasi va boshqalarni yoritish bilan birgalikda, boshqa harakat qatnashchilariga avtomobilning gabarit o‘lchamlari va haydovchi bajarishni nazarda tutgan holatlar haqida (avtomobilni burish, to‘xtatish va boshqalar) darak berish uchun xizmat qiladi.
Zamonaviy avtomobil faralarini loyihalashda, avtomobilning aerodinamik xususiyatini yaxshilashga ham katta ahamiyat berilmoqda.
Avtomobil faralari yo‘lni yaxshi yoritish bilan bir vaqtda boshqa harakat ishtirokchilarini ko‘zini qamashtirmasligi lozim, shu sababdan avtomobil faralari uzoq va yaqin masofani yoritishga mo‘ljallangan ikki rejimda ishlaydi.
Faralarning optik tizimida yorug‘lik nurlarini yo‘naltirishi bo‘yicha Yevropa va Amerika yorug‘likni taqsimlash tizimlariga bo‘linadi. Bu tizimlardagi yaqinni yoritish faralari assimmetrik bo‘lib, yo‘lning o‘ng tarafini yaxshi yoritadi va yaqinlashayotgan transport vositasi haydovchisini ko‘zini qamashtirishdan saqlaydi, 1-chizma.
Yorug‘likni taqsimlashni asimetrik yevropa tizimli faralarida, chiroqning yoritish cho‘lg‘ami 2 ostiga joylashtirilgan himoyalagich (ekran) va qisman shisha yordamida yorug‘lik dastasini qayta taqsimlanishi hisobiga, assimetrik, dastaning o‘ng tarafi 15 yuqoriga ko‘tarilgan, yorug‘lik-qorong‘ilik chegarasi hosil qilinadi, 2-chizma.
2-chizma. Fara tizimida yorug‘lik nurlarini yo‘naltirish bo‘yicha yevropacha taqsimlash tizimi
a) yaqinni yoritish, b) yaqinni yoritishda yorug‘lik-qorong‘ilik chegarasi;
с)uzoqni yoritish, d) chiroq himoyalagichi (ekran).
1-uzoqni yoritish cho‘lg‘ami; 2-yaqinni yoritish cho‘lg‘ami; 3-himoyalagich.
Yorug‘lik taqsimlashni assimetrik yevropa va amerika tizimli faralarida uzoqni yoritish cho‘lg‘ami 1 (2-chizma) fokusga joylashtirilganligi sababli, optik o‘qga parallel bo‘lgan yorug‘lik nurining dastasi hosil bo‘ladi, (2-chizma, v).
Yorug‘lik taqsimlashning amerika tizimida yaqinni yoritish cho‘lg‘ami 2, uzoqni yoritish cho‘lg‘ami 1 ga nisbatan yuqoriroqga va fokusga nisbatan chaproqga, optik o‘qga parallel qilib joylashtirilgan, 3-chizma.
3-chizma. Yorug‘likni taqsimlanishini amerika tizimi
a-yaqinni yoritish, b-yaqinni yoritishda yorug‘lik c-qorong‘ilik chegarasi,
1-uzoqni yoritish cho‘lg‘ami; 2-yaqinni yoritish cho‘lg‘ami;
Yaqinni yoritish cho‘lg‘amining bunday joylashtirilishi, yaqinni yoritish yorug‘lik dastasining pastga va yo‘lning o‘ng chekkasini yoritishni ta’minlaydi. Lekin yorug‘lik dastasi aniq yorug‘lik - qorong‘ilik chegarasini hosil qilmaydi, natijada yaqinlashayotgan transport haydovchisining ko‘zini qamashishiga sabab bo‘ladi.
Avtomobil faralarining chiroqlari ikkita cho‘lg‘amli-yaqinni va uzoqni yorituvchi bo‘ladi. Chiroqlarning metall asosi (sokoli) har xil bo‘lib, cho‘g‘lanish cho‘lg‘amlarini yorug‘lik qaytargichining fokusida joylashishini ta’minlaydi, 1-rasm.
|
| |