|
A) «Tiko»; B) VAZ-2101; V) ZAZ-968
|
bet | 17/46 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 3,93 Mb. | | #141851 |
Bog'liq AVTOMOBILLARNI YIG\'ish (2)A) «Tiko»; B) VAZ-2101; V) ZAZ-968.
Suvning qaynash harorati nimaga bog’liq?
A) bosimga;
B) dvigatelni qizishiga;
V) termostatga.
Sovitish tizimiga havo kirib qolsa nima bo’ladi?
A) Suyuqlik satxi kamayadi;
B) Dvigatel qizib ketadi;
V) Suyuqlik satxi ortadi.
Sovitish tizimidagi havoni chiqarish klapani qayerda joylashgan?
A) Radiatr qopqog’ida;
B) Kengaytirgich qopqog’ida;
V) Termostatda.
Qaysi avtomobil, salonni sovitish tizimi orqali isitilmaydi?
A) ZAZ-968; B) M-412; V) “Tiko”.
Termostatning klapani nima hisobiga ochiladi?
A) bosim; B) suyuqlik V) harorat.
Qaysi holatda sovitish tizimi ochiq tizim deyiladi?
A) Kengaytirgich qopqog’i ochiq;
B) Radiator qopqog’i ochiq;
V) Havo bilan sovitish tizimi.
Termosifon sovitish tizimida suyuqlikni nima harakatlantiradi?
A) Suyuqlikning haroratlaridagi farq;
B) Suyuqlikning haroratlarining bir xilligi;
V) Suv nasosi.
Qaysi avtomobilning sovitish tizimida parrakli tasmani taranglovchi moslama mavjud?
A) M-412; B) “Tiko” V) “Neksiya”.
Sovitish tizimining qaysi qismida bug’ bosimi hosil bo’lish xavfi yuqori?
A) Gilza atrofida; B) Radiatorda; V) Suv nasosida.
MAVZU: «MOYLASH TIZIMINI QISMLARGA AJRATISH VA YIG‘ISH».
MAVZU DOIRASIDAGI ASOSIY MA’LUMOTLAR:
Dvigatel moylash tizimining vazifasi
1-rasm. Dvigatеlning moylash tizimi.
1-moy nasosi; 2-rеduktsion klapan; 3-kartеr tagligi; 4-moy qabul qilgich; 5-moy tozalagich;6-moy kanali;
7-moy quyish bo`g`zining qopqog`i
1) Ishqalanadigan yuzalarga moy yetkazib berish bilan detallar ishqalanish natijasida sodir bo‘ladigan yeyilishlarni, dvigatelni ishqalanish kuchini yengishga sarflanadigan quvvatni kamaytirish;
2) Dvigatel detallarini qisman sovitish;
3) Yeyilishda hosil bo‘lgan zarrachalarni ishqalanish yuzalaridan olib ketish;
4) Detallarni zanglashdan saqlash;
5) Porshen-silindr guruhini zichligini qisman ta’minlashdan iborat.
Avtomobil dvigatellari umumlashgan moylash tizimiga ega bo‘lib, dvigatellar bosim ostida, sachratish va oqib tushish usullarida moylanadi.
Bosim ostida tirsakli val, taqsimlash vali podshipniklari, hamda koromislo podshipniklari moylanadi. Taqsimlash valining mushtchalari koromislodagi maxsus teshikchadan oqib chiqadigan moy orqali moylanadi.
Silindrlar ichki yuzalari, porshen va porshen barmoqlari, shatunlarning yuqorigi kallaglari, yonilg‘i nasosi va o‘t oldirishning taqsimlagichi yuritmalari, yo‘naltiruvchi vtulkadagi klapanlar sterjeni harakatdagi detallarga sachratilgan va tirqishlardan oqib tushadigan moy orqali moylanadi.
MATIZ avtomobili dvigatelining moylash tizimiga quyidagilar kiradi: karter tagligi, reduksion klapanga ega bo‘lgan moy nasosi, dag‘al filtr moy qabul qilgich, o‘tkazgich teskari klapanli to‘la oqimli filtr, moy kanallari, silindrlar kallagi va blokida, tirsakli valda joylashgan moy kanallari tizimi, moy bosimining ko‘rsatgichi va moy quyish bo‘g‘zi.
Karter tagligi magniy qotishmasidan tayyorlanib, moy saqlash uchun xizmat qiladi va karterga boltlar yordamida mahkamlanadi. Birikish joyini zichlash maqsadida qistirma o‘rnatiladi.
Moy qabul qilgich qalpoqcha shaklida tayyorlanib, filtrlash to‘riga, moy yuboruvchi trubka, moy nasosining qistirmasi va ikkita bolt yordamida birikadigan flanetsga ega.
Moy quyish bo‘g‘zi silindrlar blokining qopqog‘ida joylashib, qistirmali qopqoq yordamida yopiladi.
Sterjenli moy sathni o‘lchagich (shchup) dvigatel blokining chap tarafida joylashgan trubkaga o‘rgatilgan va rezina bilan zichlangan. Sterjenning pastki qismida ikkita belgi mavjud. Pastki belgi «minimal», yuqorigi belgi esa «maksimal» moy sathini ko‘rsatadi.
Moy filtri – to‘la oqimli, qog‘ozli, o‘tkazgich va teskari (drenajga qarshi) klapanlarga ega bo‘lib, blokdagi maxsus rezbali shtutserga mahkamlangan. Filtr moy oqimining bosh magistraliga moy nasosidan keyin ketma-ket ulangan. Shu sababdan filtrga bosim ostida yuboriladigan moy to‘liq tozalanadi. Filtr ifloslanib, to‘lib qolsa yoki moyning qovushqoqligi ortib ketganida o‘tkazgich klapani ochilib, tozalanmagan moyni moy magistraliga o‘tkazib turadi. Shu sababdan ishqalanuvchi yuzalar moy tanqisligidan halos bo‘ladi.
Moy filtridagi teskari klapan maxsus rezinadan manjeta shalida tayyorlanib, moyni filtrga o‘tkazib turadi va moyni karterga oqib ketishidan saqlaydi. Shu sababdan dvigatel ishlamay turganida filtr va moylash tizimining ayrim kanallari moyga to‘lib turadi. Moy filtri avtomobilning har 10000 km yo‘l bosib o‘tganidan so‘ng almashtiriladi.
Shesternyali (rotorli), moy nasosi – ichki ilashishli, bir seksiyali bo‘lib, silindrlr blokining oldingi qismiga o‘rnatilgan. Moy nasosi harakatni tirsakli valning oldingi uchidan oladi. Moy nasosi korpusi aluminiy qotishmadan quyma usulda tayyorlangan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida silindrlar blokining oldingi qopqog‘i vazifasini bajaradi. Moy nasosi korpusida yetakchi (ichki) va yetaklanuvchi (tashqi) shesternyalar, reduksion klapan va manjet o‘rnatilgan. Yetakchi shesternya tishlari soni yetaklanuvchi shesternya tishlari sonidan bittaga kam. Yetakchi shesternya tirsakli valdan harakat oladi, yetaklanuvchi shesternya esa korpusda erkin aylanadi. Yetaklanuvchi shesternyaning ichki tishlari, yetakchi shesternyaning tashqi tishlari bilan ilashishga kiradi. Yetakchi shesternya aylanganida, uning tashqi tishlari birin – ketin yetaklanuvchi shesternyaning ichki tishlariga ilashishga kirib, yetakchi va yetaklanuvchi shesternyalar orasida hajmlari har-xil bo‘lgan tirqish hosil qiladi. Moy katta tirqish orasiga kirganida yetakchi shesternyaning aylanishi hisobiga qarama-qarshi tomonda bo‘shliqga o‘tib siqiladi.
Moy nasosida joylashgan reduksion klapan moy tizimida kerak bo‘lgan moy bosimini ushlab turish uchun xizmat qiladi. Moylash tizimida, moy bosim meyo’ridan ortib ketganida, reduksion klapan ochilib, ortiqcha moyni karter tubiga to‘kib yuboradi.
|
| |