|
Avtomobillarni yig’ish,diagnostikalash va sinash.” O’quv amaliyotidan qo‘llanma
|
bet | 21/46 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 3,93 Mb. | | #141851 |
Bog'liq AVTOMOBILLARNI YIG\'ish (2)2-rasm. Tumanga qarshi fara.
a) FG119 turidagi fara;
1-nur tarqatgich; 2-qaytargich; 3-himoyalagich (ekran); 4-chiroq; 5-patron; 6-rostlash vinti;
v) FG120 B turidagi fara.
1-gardish; 2-vint; 3-patron; 4-chiroq; 5-nur tarqatuich; 6-qaytargich; 7-optik elementning tutqichi; 8-korpus; 9-tok o‘tkazgich; 10-kontakt plastina; 11-qisqich; 12-sharnirli tayanch.
Tumanga qarshi faralar asboblar jamlamasiga o‘rnatilgan uzgich-ulagichdan boshqariladi va bosh faralar ishga tushilganida yonadi.
Burilish haqida ogohlantiruvchi chiroqlar avtomobilning oldi va orqa taraflarining chap va o‘ng taraflarida o‘rnatiladi. Bu chiroqlar o‘t oldirish tizimi ulanganida ishlaydi. Chiroqlarni yoqish uchun rul kolonkasining chap tomonida joylashgan tortqidan foydalaniladi. Tortqi qaysi tarafga bosilsa, shu tarafdagi chiroqlar yonadi. Burish yaqinlashib, rul chambaragi to‘g‘rilangach, burilishni ko‘rsatuvchi chiroqlar avtomatik ravishda o‘chadi.
Avtomobilni tormozlanishi haqida ogohlantiruvchi chiroqlar harakat sekinlanishi va to‘xtashi haqida harakat ishtirokchilarini ogohlantiradi. Bu chiroqlar avtomobilning orqa tomoniga joylashtirilib, qizil rangda bo‘ladi.
Gabarit chiroqlar qorong‘ilikda, yetarli ko‘rinmaslikda, har xil ob-havo va yo‘l sharoitlarida avtomobilni gabarit o‘lchamlarini belgilash uchun xizmat qiladi. Yengil avtomobillar oldi tomonida 2 ta oq rangli va orqa tomonida ham 2 ta qizil rangli gabarit chiroqlari bilan jihozlangan.
Avtomobillar davlat raqamini yoritish uchun ham chiroqlar o‘rnatilib, gabarit chiroqlar yoki faralar ulanganida yonadi.
Salonni yoritish uchun ichki chiroqlar qo‘llanilib, uchta holatda boshqariladi. Uzgich-ulagich, o‘rta holatda bo‘lsa eshiklar ochilganida yonib, yopilganida o‘chadi. Uzgich-ulagichni ON holatiga bosilsa, chiroq doimo yonib turadi va OFF holatida eshik ochilganida ham yonmaydi.
MATIZ avtomobilining orqa gabarit, to‘xtash, burilish, orqaga harakatlanish chiroqlari bitta blokga jamlangan. Gabarit chiroqlari yongan holatda tormoz tepkisiga yig‘ilganda orqa qizil chiroqning yorug‘lik kuchi ortib to‘xtash haqida ogohlantiradi.
|
| |