|
-rasm. Tishlashish muftasining yuritmasi
|
bet | 26/46 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 3,93 Mb. | | #141851 |
Bog'liq AVTOMOBILLARNI YIG\'ish (2)4-rasm. Tishlashish muftasining yuritmasi
1-ajratish pedali; 2-bolt; 3-ayri; 4-tros qobig‘i mahkamlash buferi; 5-tros qobig‘i;
6-kronshteyn; 7-kontragayka; 8-muhofazalovchi g‘ilof; 9-rezbali uchlik;
10-ilashgich muftasining ajratish pishongi; 11-gayka.
Tishlashish muftasi o‘chiruvchi podshipnik bilan birga yig‘ilgan bosuvchi mufta karterining yo‘naltiruvchi vtulkasida joylashtirilgan.
Prujina yordamida Tishlashish muftasining ayrisi 8 ajratuvchi muftaning turtib chiqqan joyiga bosib qo‘yilgan. Tishlashish muftasini ajratuvchi ayri vali uzatmalar qutisining karterida o‘rnatilgan vtulka 9 da aylanadi. Tishlashish muftasini ajratuvchi ayri vlining pastki qismiga klemmali qisqich yordamida ajratish pishanchi 15 mahkamlangan bo‘lib, u tros 14 ga bog‘langan. Tros 14 qobiq 5 ning ichiga o‘rnatilgan bo‘lib, uning ikki uchiga uchliklar mahkamlangan.
Trosning yuqorigi uchligi o‘q 2 ga osilgan tepki 1 ning sirg‘asi 3 bilan bog‘langan. Trosning rezbali pastki uchligi esa ajratish pishongi 15 ga bog‘langan. Trosning qobig‘idagi turtib chiqqan qismi rezina g‘ilof 13 bilan himoyalangan. Trosning qobig‘i siljimasligi uchun rezina buferlar 4 qo‘yilgan.
Tishlashish muftasining yuritmasidagi rezina detallar, uning qismlarini tebranishdan saqlab, shovqinni kamaytirish bilan birga yuritmaning elastikligini ta’minlaydi. Shuning uchun ayrim hollarda pedalga qo‘yilgan kuch bo‘yicha uning erkin yo‘lni aniqlash qiyin bo‘ladi. Shu sababli erkin yo‘lni aniqlash va rostlash ajratish ayrisining pishangida bjariladi.
NAZORAT SAVOLLARI:
Tishlashish muftasi mexanizmi nimadan tashkil topgan?
Tishlashish muftasining qobig‘i va yetaklanuvchi
disk tuzilishi ninimalardan iborat
3. Tishlashish muftasining tuzilishi nimalardan iborat
1. «TIKO» avtomobili ilashma qutisining siquvchi diski qanday materialdan tayyorlangan?
A) Po‘lat;
B) Magniy qotishmasi;
C) Cho‘yan;
D) Aluminiy qotishmasi.
2. Burovchi moment dvigateldan uzatma qutisining yetakchi valiga qaysi tartibda yetkaziladi?
A) Ajratish podshipnigi –siquvchi disk yetaklanuvchi disk-uzatmalar qutisi vali;
B) Siquvchi disk –ajratish podshipnigi-yetaklanuvchi disk-uzatmalar qutisi vali;
C) Ajratish podshipnigi –yetaklanuvchi disk-siquvchi disk-uzatmalar qutisi vali;
D) Yetaklanuvchi disk-ajratish podshipnigi-siquvchi disk-uzatmalar qutisi vali.
3. Ilashish muftasining ishlash tamoyili nimaga asoslangan?
A) Inersiya kuchidan foydalanish;
B) Og‘irlik kuchidan foydalanish;
C) Ishqalanish kuchidan foydalanish;
D) Tortishish kuchidan foydalanish.
4. Quyidagi detallardan qaysi biri siquvchi yetakchi diskka tegishli emas?
A) Siquvchi prujina;
B) Ilashish muftasining qobig‘I;
C) Siquvchi prujinaning tayanch halqalari;
D) Friksion qoplamalar.
5. Ajratish podshipnigi bilan siquvchi prujina orasidagi tirqish
A) 1,5 mm;
B) 2,0 mm;
C) 2,5 mm;
D) 3,0 mm.
6. Qaysi detal siquvchi diskning ajratuvchi pishangi (richagi) vazifasini bajaradi?
A) Uzatmalar qutisining yetakchi vali;
B) Siquvchi prujina;
C) Friksion vtulka;
D) Yetaklanuvchi disk go‘pchagi.
7. Uzatmalar qutisi vali shlitslarida qaysi detal harakatlanadi?
A) Demfer;
B) Friksion qoplamalar;
C) Yetaklanuvchi disk go‘pchagi;
D) Demfer prujinasi.
«TIKO» avtomobilida ilashish muftasi pedalining erkin yo‘li
A) 20-30 mm;
B) 35-45 mm;
C) 35-50 mm;
D) 50-60 mm.
9. Ilashish muftada pedalning erkin yo‘li nima uchun kerak?
A) To‘liq ajratish uchun;
B) To‘liq qo‘shish uchun;
C) Rovon ulash uchun;
D) Tez ajratish uchun.
10. «TIKO» avtomobilining ilashish muftasi yuritmasi
A) Mexanik turda, trossli;
B) Gidravlik;
C) Mexanik turda, tishli;
D) Pnevmatik.
|
| |