1-rasm
2-rasm
Panellar joylashtirib chiqilgandan so’ng ular vaziyatini saqlab qolish uchun
menyu satridagi «Сервис»/«Рабочее пространство» menyulari ketma-ket tanlanib
«Сохранить как…» bandi tanlanadi (3-rasm).
3-rasm
Ekranga «Сохранит рабочее пространство» - «Ish muhitini saqlash»
oynasi chiqadi (4-rasm).
4-rasm
Ushbu oynadagi tahrirlash bo’limida (4-rasm, 1-amal) muhitga nom
beriladi (Misol uchun: 3D Xaitov) va «Сохранить» tugmasi bosiladi.
Endi panellar vaziyati o’zgartirilgan taqdirda ham istalgan vaziyatda menyu
satridagi «Сервис»/«Рабочее пространство» menyulari asosida oldingi muhitni
tanlab panellarni oldingi vaziyatiga keltirish mumkin bo’ladi.
3D primitivlari va ular bilan ishlash. AutoCAD dasturida oddiy 3D primitivlari
mavjud bo’lib ular «Моделирование» - «Modellashtirish» panelida
joylashgan.
Modellashtirish paneli. Panel 4 bo’limdan iborat (5-rasm).
1-bo’limda oddiy 3D geometrik primitivlarni qurish buyruq piktogrammalari
joylashgan. Bular:
1. «Политело» – «Polijism»;
2. «Ящик» – «Qutti»;
3. «Клин» – «Pona»;
4. «Конус» – «Konus»;
5. «Сфера» – «Sfera»;
6. «Цилиндр» – «Silindr»;
7. «Тор» – «Tor»;
8. «Пирамида» – «Piramida»;
9. «Спираль» – «Spiral»;
10. «Плоская поверхность» – «Tekis sirt (Tekislik)».
Ushbu bo’limdagi barcha buyruq piktogrammalari o’z menyusiga ega bo’lib,
ular ob’ektlarni geometrik parametrlari asosida qurishni nazarda tutadi. Bunday
geometrik parametrlarga quriladigan 3D ob’ektini eni, bo’yi, balandligi, markazi,
radiusi kabi xususiyatlari kiradi.
5-rasm
2-bo’limda turli uslubda jism va sirtlarni qurish buyruq piktogrammalari
joylashgan. Bular:
1. «Выдавить» – «Siqib chiqarmoq»;
2. «Вытягивание» –«Cho’zmoq»;
3. «Сдвиг» – «Siljish»;
4. «Вращать» – «Aylantirish»;
5. «По сечениям» – «Kesimlar bo’ylab».
Ushbu bo’limda oldindan yaratigan 2D ob’ektlari asosida 3D sirt yoki jismlari
yaratiladi. Ya’ni sirt yoki jismlar yasovchi va yo’naltiruvchilar asosida
quriladi. SHuning uchun dastlab sirt yoki jismlarning yasovchi va yo’naltiruvchilarini
qurish talab etiladi.
3-bo’limda tarkibli jismlarni hosil qilish buyruq piktogrammalari joylashgan.
Bular:
1. «Объединение» – «Birlashuv»;
2. «Вычитание» – «Ayiruv»;
3. «Пересечение» – «Kesishuv».
Ushbu bo’lim asosida oldindan yaratilgan jismlar bir-biri bilan birlashib, biri
ikkinchisidan ayrilib yoki ikki jism o’zaro kesishib yangi jism hosil qilinadi.
Bunday jismlar tarkibli jismlar deyiladi.
4-bo’limda 3D ob’ektlarni fazo bo’ylab ko’chirish, burish, bir-biriga tekislash
buyruq piktogrammalari joylashgan. Bular:
1. «3D perenos» – «3D ko’chirish»;
2. «3D povorot» – «3D burish»;
3. «3D viravnivanie» – «3D tekislamoq (to’g’rilamoq)».
Ushbu bo’limda yaratilgan 3D ob’ektlari x, y va z o’qlari bo’ylab bir joydan
ikkinchi joyga ko’chirilishi, burilishi va 3D ob’ektlari bir-biriga tekislab olinishi
mumkin.
Ko’rinish paneli. Panel asosan 2 bo’limdan iborat (5-rasm).
1-bo’limda asosiy standart ko’rinishlar bo’lib, unda quyidagi buyruq
piktogrammalari joylashgan:
1. «Сверху» – «Ustidan»;
2. «Снизу» – «Ostidan»;
3. «Слева» – «Chadan»;
4. «Справа» – «O’ngdan»;
5. «Спереди» – «Oldindan»;
6. «Сзади» – «Ortdan».
Odatda 2D modellashtirish muhitida ustdan ko’rinish faol holatda bo’ladi va
barcha 2D ob’ektlari usdan ko’rinish tekisligida, ya’ni xy koordinatalar tekisligida
yaratiladi.
6-rasm
2-bo’limda izometrik proektsiya ko’rinishlari buyruq piktogrammalari
joylashgan, bular:
1. «ЮЗ (yugo-zapadnaya)» – «JG’ (janubiy-g’arbiy)»;
2. «ЮВ (yugo-vostochnaya)» – «JSh (janubiy-sharqiy)»;
3. «СВ (severo-vostochnaya)» – «ShSh (shimoliy-sharqiy)»;
4. «СЗ (severo-zapadnaya)» – «ShG’ (shimoliy-g’arbiy)».
Odatda 3D ob’ektlari izometrik proektsiyalar muhitida bajariladi, sababi bu
muhitda uchala koordinata o’qlari (x,y,z) to’liq ko’rinib turadi va qurilayotgan
ob’ekt to’la namoyon bo’lib turadi.
Ko’rinishlar asosida 3D ob’ektlarni ixtiyoriy olti tomondan va 4 xil vaziyatdagi
izometrik proektsiyalarda ko’rsatish mumkin bo’ladi.
Ayrim 3D ob’ektlari 4 ta izometrik proektsiyalardan birida qulay vaziyatdagi
tasvirni bermasligi mumkin. Misol uchun kubni olsak (7-rasm-a). Bunda kub
izometriyada teng yonli olti burchak shaklida ko’rinib qoladi.
7-rasm
Shuning uchun ko’rinishlarda va umuman modellashtirishda «Orbita» panelidan
foydalanish ancha qulayliklarga ega. Ushbu panel asosida ob’ekt ko’rinishi ixtiyoriy
burchak ostida burilib ko’rsatilishi va harakatlantirilishi mumkin (7-rasm-b).
Shunisi e’tiborliki, orbita asosida burilgan ob’ektlar fazodagi vaziyati va
boshqa ob’ektlarga nisbatan vaziyati o’zgarmaydi. Bunda ob’ektlarga nisbatan
ko’rinish burchagi o’zgartiriladi xolos. Ob’ektlar istalgan paytda yana oldingi
biron bir asosiy ko’rinishlardan biriga yoki izometrik ko’rinishlardan biriga
keltirilishi mumkin.
FKT (foydalanuvchi koordinatalar tizimi) paneli. AutoCAD da ikki turdaki
koordinatalar tizimi mavjud. Bular o’zgarmas xalqaro (XKT) va o’zgaruvchan
foydalanuvchi (FKT) koordinatalar tizimlaridir. Yangi chizmada dastlabki holatda har
ikkala tizim ustma-ust holatda bo’lib, foydalanuvchi kordinata tizimi boshqa joyga va
boshqa vaziyatga keltirilganda xalqaroga nisbatan amalga oshiriladi va xalqaro
koordinata tizimi qaytish imkonini saqlab turadi.
FKT paneli asosan 4 bo’limdan iborat (8-rasm):
1-bo’limda XKT va FKTga o’tish rejimlari joylashgan.
2-bo’limda FKTni 1-ob’ektga, 2-yoqga va 3-ko’rinishga bog’lash buyruq
piktogrammalari joylashgan.
3-bo’limda FKT turli uslubda ko’chirish va o’qlar yo’nalishini berish buyruq
piktogrammalari joylashgan.
8-rasm
4-bo’limda FKT koordinata tekisligini ma’lum bir burchakka bitta o’q atrofida
burish buyruq piktogrammalari joylashgan.
Jismni tahrirlash paneli. Ushbu panel asosan 3D jismlarini tahrirlashga qaratilgan
bo’lib, 3 ta bo’limdan iborat (9-rasm).
1-bo’lim jism yoqlarini tahrirlash (cho’zish, qisqartirish, burish, rangini
o’zgartirish va nusxa ko’chirish)ga qaratilgan buyruq piktogrammalaridan iborat.
Bu bo’lim asosida jismdan sirtlarni ajratib olish mumkin bo’ladi.
2-bo’lim jism qirralarini tahrirlash (nusxa ko’chirish, rangini o’zgartirish)ga
qaratilgan buyruq piktogrammalaridan iborat.
3-bo’lim jismlarda murakkab tahrirlash ishlarini amalga oshirish (qo’shimcha
qirra qo’shish asosida yangi yoqlarni hosil qilish, jismlarni soddalashtirish orqali 3D
ob’ektini yaxlitligini tekshirish, jism sirtlariga qalinlik
berish orqali jism ichida bo’shliq hosil qilish kabi funktsiyalar)ga qaratilgan.
9-rasm
Jimlarni geometrik tuzilishidan kelib chiqib bitta 3D ob’ektini turli usullarda
bajarish imkoniyatlari mavjud. Qaysi usulda 3D ob’ektini yaratish muhim emas,
asosiysi ushbu ob’ektlarni foydalanuvchi o’ziga qulay qilib o’zlashtirgan uslubda
bajarishi va model keyingi loyihalash jarayonlarida qo’llanish imkoniyatiga ega
bo’lishi muhim.
|