Karbyuratorli dvigatelni tekshirish




Download 9,4 Mb.
bet129/162
Sana13.05.2024
Hajmi9,4 Mb.
#228444
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   162
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari (1)

5.2 Karbyuratorli dvigatelni tekshirish


Birinchi tsilindrdagi yondirish shami o’rniga shtutser o’rnatilib unga signalizator kiydiring. Yurgizish dastasini aylantirib birinchi tsilindr porshenini Yu.CH.N o’rnating. Siqish takti oxiri ovozli signal tugashi bilan aniqlanadi. Uzgich taqsimlagich korpusiga taxmonli shkala, taqsimlagich valiga esa strelkani o’rnating. Taxmonli shkala bilan aylantirib, birinchi tsilindrdan Yu.CH.N. ni belgilab shkalani strelka uchi bilan tushishini moslashtiring.
Signalizatorni shtutserdan ajrating. Uzatmalar shtokini quyi uzatmasiga qo’shing va g’ildiraklar tagiga dumalashga qarshi kolodkalar qo’yib dvigatelni qo’l tormozi bilan tormozlang. Dvigatelga o’rnatilgan shtutserni o’lchovchi ichagiga tez uzatuvchi muftani ulang. O’lchovchi monometr strelkasi to’xtashi bilan, ko’rsattichlarni hisoblang.
Klapanlarda, porshen halqalarida va blok kallagi qistirmasida zichlanishni yo’qolishini, porshenni siqish takti oxiridagi holatida o’lchangan, sizib chiqayotgan havoning miqdori porshen-tsilindr guruhini holatini xarakterlaydi. Sizib chikayotgan xavo chetki ruxsat ztilgan miqdoridan ko’p bo’lgan holda porshen- tsilindr guruhini holatini, porshenni siqish takti boshida sizish miqdorini o’lchash yo’li bilan aniqlanadi.

4.1 —rasm. Dvigatelni eshitish joylari.
1-taqsimlash shesternyasi; 2 - klapanlar; 3-porshen barmoqlari; 4 -taqsimlash vali podshipniklari; 5-o’zak podshipniklari; 6- ilashish muftasi va maxovik.

TSilindr-porshen guruhidagi zichlanishni aniqlashda havoni sizib chiqishini 5 -rasmda ko’rsatilgani bo’yicha jadvaldan aniqlanadi. Foydalanishni osonlashtirish maqsadida bu jadvalda asbob paneli ham bor. Zichsizlashgan joylardan sizib chiqayotgan havoni aniqlashda butomlar jamlanmasidagi indikatordan foydalaniladi yoki eshitib kur.iladi


Porshenni siqish takti boshiga o’rnatish uchun asbobni dvigatelga o’rnatilgan shtutseridan ajrating, dvigatelni tormozdan bo’shating va uzatmani ajrating. Tirsakli valni dasta bilan aylantirib, uzgich valiga o’rnatilgan strelkani oxirini shkaladagi belgi qarshisiga keltiring va dvigatelni yana tormozlang. So’ngra yana asbobni shtutserga ulang.
Bunda tsilindrni holati porshenni siqish takti oxiridagi- U2 va siqish takti boshidagi- U1 sizib chikayotgan havopi miqdori farqi bilan harakterlanadi. Agar U2 miqdoridan U1 kam bo’lsa sizib chikayotgan havoning sababchisi tsilindrlarning yeyilishidir.
Porshenni siqish takti boshidagi holatidagi havoning sizib chiqishi bo’yicha porshen halqasi va klapanlarni xolatini baholash mumkin. Havo sizib chiqayotgan joyni aniqroq bilish uchun dvigatel tsilindrlariga kuchaytirilgan bosimda havo yuboriladi. Buning uchun dvigateldan asbobni havo magistralini uzib qo’yiladi. Bosim vinteli yordamida havo magistralidagi bosimni 0,45 MPa ga o’rnating va havo magistrali ichagini uzilgan holda dvigatelni shtutseriga ulang.
Kuchaytirilgan havo bosimi natijasida har xil zichlangan joylardan xavoni sizib chiqishi yaqqol eshitiladi. Agar porshen halqalari yaroqsiz bo’lsa, sizib chiqayotgan havo shovqini moy quyish buynidan yaqqol eshitilib turadi. Agar klapanlar nosoz bo’lsa, yondirish shami o’rniga o’rnatilgan indikatorda havoni sizib chiqishi tebranishini kuzatish mumkin.
Agar asbobni ko’rsatkichi bir xil bo’lmasa, ya’ni porshenni bir xil holatida ikki marta o’lchanganda har xil bo’lganda, havoni sizib chiqayotgan miqdori ko’p bo’lsa, bu dvigatelni quyidagi nosozliklarini ko’rsatadi:
-klapanlarni osilib qolishi, bunda qaysi tsilindrda nosozlik bo’lsa shu tsilindrda yondirish shami o’rni teshigidan qattiq shovqin eshitiladi;
-halqalarni kuyishi va sinishi, bunda moy quyish bo’yni orqali qattiq shovqin eshitiladi;
-blok kallagi qistirmasini kuyishi, bunda blok va kallak orasida yoki radiatorni quyish bo’ynida hamda havodan qattiq shovqin eshitiladi;
-qolgan tsilindrlarni texnik holatini yuqorida ko’rsatilgandek aniqlash mumkin. Bunda porshenni siqish takti boshida va oxirida shkala strelkasi bo’yicha tsilindrlarning ish tartibi o’rnatiladi.

    1. Download 9,4 Mb.
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   162




Download 9,4 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Karbyuratorli dvigatelni tekshirish

Download 9,4 Mb.