• TXK da karbyuratorli dvigatellarni ta’minlash tizimi bo’yicha quyidagi ishlar bajariladi.
  • Ishlatiladigan jihozlar
  • Ishni bajarish tartibi Tajriba ATK o’tkaziladi
  • Dizel dvigatelini tekshirish




    Download 9,4 Mb.
    bet130/162
    Sana13.05.2024
    Hajmi9,4 Mb.
    #228444
    1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   162
    Bog'liq
    avtotransport vositalari servisi asoslari (1)

    Dizel dvigatelini tekshirish


    Birinchi tsilindr forsunkasi o’rniga uchli shtutser o’rnating va unga signalizator kiygizing. Birinchi tsilindr siqish takti oxirini va tsilindr-porshen guruhi holatini tekshirish tartibini aniqlash, dizel dvigatelini nosozliklarini aniqlash va ularda bajariladigan jarayonlarni karbyurator dvigateliga o’xshab bajariladi.
    Keyingi tsilindrlarni siqish takti boshi va oxirini aniqlash dvigatelni aniqlash ish tartibi bo’yicha ko’rsatgich yordamida amalga oshiriladi.
    Dvigatelni texnik holatini aniqlash uslublarini nisbiy baholash
    Bu yerda o’rganilgan diagnostika uslublarini quyidagicha baholanadi:

    1. diagnostik parametrlarni rostlash bilan;

    2. diagnostik vositalarning ishonchliligi va aniqliligi bilan;

    v) diagnostika bo’yicha mehnat sig’imi bilan.
    Dvigatel ish muddatiga nisbatan diagnostik parametrlar har xil diagnostik uslublarda har xil o’zgaradi.



      1. Dvigatelni klapanlarini tekshirish va sozlash

    Dvigatelni ekspluatatsiya jarayonida klapan va turtkich koromislo orasidagi issiqlik tirqishi o’zgarishi, shovqin chiqishiga va tsilindrlarni to’lishini yomonlashishiga, hamda gaz taqsimlash fazasini buzilishiga olib keladi. Tirqishni kichrayishi klapan uyasiga to’la o’tirmasligi, gazlarni o’tib ketishiga, natijada esa klapanlar tarelkasi va uyasini kuyishiga olib keladi.

    Bu nosozliklarni harakterli diagnostik parametrlari quyidagilardan iborat:



      1. Klapanlarni o’z uyasiga tekis o’tirmasligi natijasida dvigatel to’laquvvatga erisha olmaydi.

      2. Dvigatel taqqilaydi salt yurishning kichik aylanishlarida yaqqol eshitiladigan taqqillashlar paydo bo’ladi.

      3. Klapan-uya birikmasidan siqilgan havoni sizib chiqadi.

    Sinov savollari.

    1. Dvigatelni tashhislash deganda nimani tushunasiz?

    2. KrIVoship shatun mexanizmlaridagi (KSHM) nosozliklarni aytib bering.

    3. Gaz taqsimlash mexanizmlaridagi (GTM) nosozliklarini aytib bering.

    4. Dvigatelni tashhislashda eshitish nuqtalarini aytib bering.

    5. Dvigatelni texnik holatini ko’rish bilan qanday baholanadi?

    6. Karbyuratorlari dvigatellari tsilindridagi kompressiya qanday o’lchanadi?

    7. Dizel dvigatellari tsilindridagi kompressiya qanday o’lchanadi?

    8. Tirsakli valni nosozlik va buzuqliklarini aytib bering.

    9. Gaz taqsimlash valini nosozlik va buzuqliklarini aytib bering.

    10. GAZ-24, ZIL-130, YaMZ-236 dvigatellarida klapanlar qanday tartibda sozlanadi?

    Hisobot



      1. Dvigatel modeli: 2.Ishlab chiqarilgan yili:




        1. Dvigatelni nazorat qilish natijalari 4.1-jadval

    Dvigatelni yengil ishga tushishi, turg’unligi va
    ish xarakteri

    Suv, yonilg’i va moyni oqishi-ning, gazlarni
    o’tib ketishining
    sabablari

    Dvigatelning ishlash jarayonidagi taqillashlar va shovqinlar, ularning kelib chiqish
    sabablari

    Dvigatelning moy-lash tizimidagi moy bosimi.
    (R. MPa)
















        1. Kiritish kollektoridagi siyraklashish bo’yicha diagnostikalash

    Ishlatiladigan jihoz Ishlatilish sharriti ___________________________________
    4.2-jadval

    Siyraklashish, mm. sim. ust.

    Strelkani tebranish xarakateri

    O’lchov

    Me’yor










        1. Siqilgan havoni nozichliklardan chiqib ketishi bo’yicha diagnostikalash. Qo’llaniladigan jixozlar ______________________________

    Nazorat qilish shartlari
    4.3-jadval

    TSilindrlar tartibi

    Asbob ko’rsatkichi

    Havoni chiqib ketish farqi U2-U1

    Havoni chiqib ketish joyi




    U1

    U2

    Porshen
    halqasi

    Klapanlar

    Blok kallagi
    qistirmasi
















    Kiritish

    CHiqarish




    1






















    2






















    3






















    4






















    5






















    6






















    7






















    8

























        1. TSilindrlarni navbatma - navbat ishlatmay dvigatelni diagnostikalash. 4.4-jadval

          TSilindrlar tartibi

          Tirsakli valning aylanishlar
          soni

          O’lchov

          Me’yor

          Xulosa

          1













          2













          3













          4













          5













          6













          7













          8













        2. Xulosa

    9-TAJRIBA ISHI
    Mavzu: Avtomobil dvigatellarining yonilg’i ta’minoti tizimini diagnostikalash va sozlash ishlari texnologiyasi.
    9.1-Mavzu: Benzinli (karbyuratorli) dvigatellarni ta’minot tizimini diagnostikalash va texnik xizmat ko’rsatish va joriy tamirlash texnologiyasi



    1. Ishdan maqsad: Yonilg’i bilan ta’minlash tizimidagi asboblarni diagnostikalash va ularni sozlash usullarini o’zlashtirish

    2. Umumiy ma’lumot. Avtomobillarni texnik iqtisodiy ko’rsatkichlari ko’p jihatdan dvigatelning yonilg’i bilan ta’minlash tizimidagi mexanizm va uzellarning texnik holatiga bog’liq. Ta’minlash tizimini diagnostikalashda, birinchidan ta’minlash tizimidagi nosozliklarni qaysi mexanizm va uzellarga bog’liqligi aniqlansa, ikkinchidan uning texnik soz holatini ta’minlovchi

    yonilg’i o’tkazgichlar germetikligi, yonilg’i va havo fil trlarining holati, yonilg’i nasosini, karbyuratorni tekshirish va sozlash ishlari bajariladi.


      1. TXK da karbyuratorli dvigatellarni ta’minlash tizimi bo’yicha quyidagi ishlar bajariladi.


    1. Ta’minlash tizimidagi asboblarni ko’zdan kechirib, ularni mahkam biriktirilganligi va qotirilganligi nazorat qilinadi.

    2. CHiqindi gazlar tarkibidagi uglerod oksidi(SO) miqdori o’lchanib zarur bo’lsa me’yoriga keltiriladi.

    2 -TXK da yuqorida keltirilgan ishlardan tashqari quyidagilar bajariladi:

      1. Karbyuratorning po’kakli kamerasidagi benzin sathi tekshiriladi, zarur bo’lsa sozlanadi.

      2. Karbyuratorni dvigatel tirsakli valini salt ishlash rejimida minimal aylanishlar chastotasiga sozlanadi.

      3. Yonilg’i nasosining ishlashi tekshiriladi.

      4. Karbyurator drosselini boshqarish yuritmasining ishlashi tekshiriladi va sozlanadi.
        1. Ishlatiladigan jihozlar


    Karbyurator va yonilg’i nasosi elementlarini tekshiradigan MKBV-2 jihoz va jiklyorlarning o’tkazuvchanligi tekshiradigan NIIAT-523 asbobi, Karbyuratorni ta’mirlovchi chilangarning asboblar majmuasi, Karbyuratorni tekshiradigan asbob (model 355), Yonilg’i nasosi va karbyuratorni tekshiradi gan asbob (577A model),Yonilg’i nasosi diafragmasini pru jinasining egiluvchanligini tekshiradigan asbob (357 A model).
        1. Ishni bajarish tartibi Tajriba ATK o’tkaziladi


    NIIAT-528 rusumli asbobda jiklyorlarni o’tkazuvchanligini va karbyuratordagi berkituvchi klapanni tekshirish.

    5.1-расм. Жиклёрнинг

    ўтказувчанлигини
    Jiklyorning o’tkazuvchanligi deb, DAST 2095-73 ga binoan 1 daqiqa davomida 1mm.simob ustuni bosimi, 200S haroratda jiklyordan oqib o’tgan suv miqdoriga aytiladi.

    текширадиган NIIAT-

    528 русумли асбоб. Жиклёрни текшириш
    Asbob 1 va 13 suv bachoklari, po’kakli kamera 17, adaptor 6, tekshiriladigan jiklyorni qotirish uchun moslama va 2 ta o’lchagich menzurkadan 10 iboratdir.
    Pastki bachokda saqlovchie klapan 2, havo chiqargich jumragi 28 ko’zda tutilgan. Pastki bachokka siqilgan havo berilgandan keyin suv 12 trubka o’tkazgichdan yuqorigi bachokka chiqadi, u yerdan jumragdan 16 o’tib qalqovuchli kameraga 17 keladi va o’tkazgichdan 18 sozlovchi jumragdan 3 o’tib, adaptorga 6 keladi.
    Karbyuratordagi bekitgich klapanni germetikligini tekshirish moslamasi panelining o’ng tomonida joylashgan.
    Jiklyorni rezina moslamaga joylashtiriladi.

    1. Jumrakni (8) ochib adaptordagi havo chiqarib yuboriladi, havo chiqib bo’lgandan keyin jumrak berkitiladi. Jumrak (16) buralib ochiladi. Vint (7) bo’shatilib, sterjinni (9) ostki ko’rsatkichini (7), tekshirilayotgan jiklyorni eng ostiga to’g’rilanadi. So’ngra vint (7) mahkamlanadi. Jumrak (5) to’la ochiladi. O’tkazgichdagi (11) suv sathi sterjinni (9) yuqoriga ko’targichi bilan teng berkitilib turguncha jumrakni (3) maxovigi buraladi. O’lchagich menzurkani jiklyordan oqayotgan suv ostiga tutiladi va sekundamer yordamida vaqt o’lchanadi. 60 sekundan keyin jumrak (5) burab suv to’xtatiladi. Menzurkadagi suv miqdori jiklyorni o’tkazuvchanligini ko’rsatadi.

    Karbyuratordagi berkitgich klapanining germetikligini tekshirish



      1. Tekshirilayottan klapan shtutserga qo’yiladi.

      2. Yig’ilgan shtutser moslamaga (20) o’rnatiladi.

      3. Dastakni (26) eng yuqori holatga ko’tariladi.

      4. Berkitgich klapan ninasi bir oz ko’tarilib qo’yiladi.

      5. Dastakni (26) birdaniga pastki tomonga tushiramiz.

      6. O’tkazgichdagi suv noldan o’tishi bilan vaqt o’lchash boshlanadi.

    Agarda o’tkazgichdagi suv sathi 30 sekundda 30 mm dan ko’pga pasaymasa klapanni germetikligi qoniqarli hisoblanadi. Olingan natija jadvalda berilgan qiymatlar bilan taqqoslanadi.


    Yig’ilgan karbyuratorni (Model 355) jihozda tekshirish


    Asbob yonilg’i uchun trubkasimon ustun (1) kronshteyni ( 12), manometr sathni o’lchagich trubkadan iborat.
    Bakda yonilg’i quyish uchun varonka (5), atmosfera jumragi ( 14 ) , saqlagich klapan (3), nazorat oynasi (15) bor.
    Ustunga (11) siljuvchan kronshteyn va manometr mahkamlanadi. Ular o’rtasidan yonilg’i o’tkazgich truba o’tgan bo’lib, undan yonilg’i manometrga o’tib, keyin tekshirayotgan karbyuratorni qalqovuchli kamerasiga boradi. Sinaladigan karbyurator kronshteynga o’rnatiladi. Sathni o’lchovchi trubka karbyuratorni qalqovuchli kamerasi bilan shtutser va rezinali trubka yordamida bog’lanadi.
    Bu asbobda karbyuratorni umumiy germetikligi, qalqovuchli kameradagi yonilg’i sathini va ninasimon klapan germetikligi quyidagicha tekshiriladi:
    - atmosfera jumragi (14) va bak voronkasining jumragi (4) ochiladi;

    • bak benzin yonilg’isi bilan voronka orqali to’lg’iziladi va ikala jumrak (4 va 14) berkitiladi;

    • tekshirilayotgan karbyuratorning qalqovuchli kamerasidagi tiqin echib olinib sath o’lchagich shtutseri o’lchanadi;

    • karbyurator kronshteynga mahkamlanadi va u jumrakli yonilg’i o’tkazgich karbyuratorga ulanadi;

    • sath o’lchagichni «0» belgisi karbyurator korpusi, ya’ni qalqovuchli kameraning korpusi ro’parasiga olib kelib to’g’rilanadi va sath, o’lchash o’sha «0» belgidan olib boriladi;

      • yonilg’i bakiga 0,02 MPa bosim beriladi;

      • qalqovuchli kameraga yonilg’i berish jumragi ochiladi;

    karbyuratorning birikkan joylaridan yonilg’i chiqmayotganligi ko’zdan kechiriladi;

    • shu holatda qalqovuchli kameradagi yonilg’i sathi o’lchagichdan nazoratqilinadi va kayd qilingan o’lchov jadvaldagi texnik me’yor bilan solishtiriladi;

    • 0,02 MPa bosimda qalqovuchli kameradagi yonilg’i sathi o’zgarmasdan turishiga qarab ninasimon klapanning germetikligi aniqlanadi;

      • aniqlangan nosozliklar bartaraf qilinadi.

    Agarda yonilg’i sathi jadvalda ko’rsatilgan me’yordan farq qilsa, sozlash — rostlash ishlari bajariladi: qalqovuch richagidagi tilchasini bukib qo’yish yoki ninasimon klapan korpusi ostidagi qistirmalar sonini o’zgartirish kerak.
    Karbyuratorni tekshirib bo’lgandan keyin:

      • atmosfera jumragini va asbob bakidagi voronka jumraglari ochiladi;

    • yonilg’i o’tkazgichdagi jumrakni yopib va shtutserlarni burab olib karbyuratordan sath o’lchagichni ajratib olinadi;

    • kronshteydan karbyuratorni bo’shatib olib, undagi yonilg’i bak voronkasiga to’kib yuboriladi; karbyuratorning qalqovuch kamera tiqini burab joyiga qo’yiladi; aniqlangan ko’rsatkichlar qiymati hisobot jurnaliga yozib olinadi.

    Yonilg’i nasosini 374 rusumli asbobida ish qobiliyatini tekshirish
    Asbobning old paneliga yonilg’i nasosi mahkamlanadi, taglik va ustun asbobning asosi bo’lib panelning orqa tomonida ekstsentrikli val joylashgan va uni dastak yordamida aylanma harakatga keltirish mumkin.
    Panelning orqasida blok bor bo’lib, unga 2 ta jumrak va monometr o’rnatilgan. U jumraklarning biri kirituvchi magistralda bak bilan yonilg’i nasosi oralig’ida joylashgan bo’lib, kiritish magistralini atmosfera bilan bog’laydi.
    Yonilg’i nasosi asbob paneliga shpilka bilan mahkamlanadi.
    Sinash ishlari har bir parametr bo’yicha 3 marta qaytariladi. Tekshirishlar vaqtida jumraklarni qaysi holatlarda turishi asbob panelidagi jadvalda ko’rsatilgan.

        1. eng yuqori bosimni tekshirish.

    Asbobdagi g’ ildirakli dastakni o’lchov tsilindrida benzin tomchilari qolguncha buraladi. Jumrak burab uzatuvchi magistralni monometr strelkasi maksimum qiymatga yetganda uning ko’rsatgan miqdori yozib olinadi. SHu qiymat yonilg’i nasosini eng yuqori bosimi ko’rsatkichi bo’ladi.

        1. bosimning tushish tezligini tekshirish.

    Bu parametr yonilg’i nasosini eng yuqori bosimini tekshirgandan so’ng aniqlanadi. Sxema o’zgartirilmaydi. Dastakni aylantirib eng yuqori bosim hosil qilinadi. Keyin dastakni aylantirishni to’xtatib ekstsentrik val kulachogini yonilg’i nasosi richagi to’la bo’shatilgan holatga keltiriladi. Sekundomer yordamida vaqtni aniqlaymiz. 30 sekunddan keyin esa monometrdagi qiymati qayd qilinadi.
    v) unumdorligini tekshirish
    Jumrak buralib chiqaruvchi uzatuvchi magistral shtutserini o’lchov tsilindri bilan ulanadi.
    Dastakni bir me’yorda o’rtacha bir aylana sekund tezlikda aylantiriladi.
    O’lchov tsilindriga biriktirib sekundamerni ishga tushiramiz, 10 sekundan keyin yoki 10 marta aylantirib bo’lgandan keyin tsilindrdagi yonilg’i hajmi o’lchanadi va qayd qilinadi. TSilindrni to’kish jumragi ochilib yonilg’ini o’lchov tsilinidridan bak varonkasiga oqizib yuboriladi.
    g) nasosni so’rish qobiliyatini tekshirish.
    Jumrak burab nasosga kirish shtutserini atmosfera bilan ulaymiz, ya’ni asbob baki, yonilg’i nasosi va orasidagi yonilg’i o’tkazgich yonilg’idan bo’shatiladi. Buni o’lchov tsilindriga yonilg’i kelishi to’xtashidan bilamiz. O’lchov tsilindriga yonilg’i kelishi to’la to’xtaguncha maxovikli dastakni aylantiramiz. So’ngra jumrak burab nasosga kirish shtutserini yonilg’i baki bilan ulanadi. Dastakni aylantiramiz va bir yo’la aylanish sonini hisoblab boramiz. O’lchov tsilindriga yonilg’i tomchilari kelishi bilan hisoblashni to’xtatamiz. Hisoblangan aylanishlar soni nasosni so’rish qobilyatini ko’rsatadi.

    Download 9,4 Mb.
    1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   162




    Download 9,4 Mb.