• Ishning mazmuni
  • 4. Jihozlar va asbob uskunalar
  • Dizel dvigatellarining yonilg’i bilan ta’ming’ash tizimi bo’yicha 1-TXK da quyidagi ishlar bajariladi




    Download 9,4 Mb.
    bet132/162
    Sana13.05.2024
    Hajmi9,4 Mb.
    #228444
    1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   162
    Bog'liq
    avtotransport vositalari servisi asoslari (1)

    Dizel dvigatellarining yonilg’i bilan ta’ming’ash tizimi bo’yicha 1-TXK da quyidagi ishlar bajariladi:


    - yonilg’i filtrlardagi qoldiqlardan, iflosliklardan tozalash;

    • asbob va o’tkazgichlarning germetik zich biriktirilganligini tekshirish;

    • yonilg’i bilan ta’minlash mexanizmlarining ishlashini tekshirish va uning detallarini moylash;

    • havo filtrini yuvib tozalash.

        1. TXK da esa bu ishlar bilan birga quyidagi ishlarni bajarish zarur bo’ladi: dag’al va mayin filtr elementlarini yangilash;

    forsunkaning yonilg’ini sachratish bosimini tekshirish zarur bo’lsa sozlash rostlash ishlarini bajarish;
    yonilg’ini sachratish burchagini tekshiri, zarur bo’lsa sozlash rostlash ishlarini bajarish;
    yuqori bosimli yonilg’i nasosining ishlashini jihozda tekshirib ko’rish, zarur bo’lsa sozlash ishlarini bajarish.
    1. Ishning mazmuni


    1. Yonilg’i bilan ta’minlash tizimidagi asboblarni ko’rikdan o’tkazish.

    2. Forsunkalarni tekshirish, sozlash va sinab ko’rish (Purkagichning gidravlik-zichligini aniqlash, yonilg’ini sachratib berish sifatini hamda unumdorligini tekshirish).

    3. Yonilg’i haydash nasosini tekshirish va sinab ko’rish.

    4. Yuqori bosimli yonilg’i nasosining ishlashini tekshirish, sozlash va sinash ishlarini bajarish.

    4. Jihozlar va asbob uskunalar


    Yonilg’i asboblarini tekshirishi uchun SDTA-2 yoki KI-921M stendi, Forsunkalar KP-1609A asbobi, Avtochilangar asboblari majmui, YaMZ-238 va KamAZ dvigatellarini ta’minlash tizimidagi asboblar.
    Jihozning qisqacha ishlash tasnifi
    SDTA-2 stendi avtotraktor dizellarining yonilg’i apparaturasini (YuBYoN) sinash uchun mo’ljallangan bo’lib, unda quyidagi ishlarni bajarish mumkin:
    1. 8 ta sektsiyagacha bo’lgan YuBYoNlarni sinash — tekshirish.
    2.. Sozlagichni yonilg’i uzatishning boshlanishi va to’la to’xtatishga rostlash — sozlash.

    1. YuBYoN ni quyidagi ko’rsatkichlar bo’yicha sinash va sozlash:

      • haydash klapanining ochilish bosimi;

      • yonilg’i berish boshlangandagi burchak;

      • yonilg’ini sachratib berish burchagi;

      • nasos sektsiyalarining unumdorligi.

    1. Forsunkalarning (o’tkazish qobiliyatini) ish unumdorligini sinash.

    2. Yonilg’i haydash nasosini ish unumdorligiga va eng yuqori bosimga sinash.

    3. Yonilg’i fil trlarining zichligini va o’tkazuvchanligini sinash.

    Jihoz past bosimli yonilg’i uzatish, yuqori bosimli yonilg’i uzatish tizimlaridan, jihoz nasosidan, hisoblashni qayd etish va elektr qurilmalaridan tashkil topgan. Past bosimli nasos bosimini manometr (4), sachratilayotgan yonilg’i hajmini menzurkalar (16) yordamida aniqlanadi. Elektrotaxometr (7) esa jihozdagi valning aylanishlar sonini dastak (9) yordamida, yumaloq shkala bo’yicha ko’rsatadi. Stroboskop qurilmasi (10), yonilg’ini uzatish burchaklarini aniqlash uchun xizmat qiladi. U harakatlanuvchi derazali tiniq belgili diskdan, datchiklardan, impulsli stroboskopik lampa va komanda apparatlaridan tuzilgan.

    Download 9,4 Mb.
    1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   162




    Download 9,4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dizel dvigatellarining yonilg’i bilan ta’ming’ash tizimi bo’yicha 1-TXK da quyidagi ishlar bajariladi

    Download 9,4 Mb.