• Yonilg’i sachray boshlaganda dasta burchagini aniqlash.
  • Yuqori bosimli yonilg’i nasosining (YuBYoN) ish unumdorligini aniqlash




    Download 9,4 Mb.
    bet134/162
    Sana13.05.2024
    Hajmi9,4 Mb.
    #228444
    1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   162
    Bog'liq
    avtotransport vositalari servisi asoslari (1)

    Yuqori bosimli yonilg’i nasosining (YuBYoN) ish unumdorligini aniqlash.


    Tekshirilayotgan nasosni jihozga o’rnatib va uning valini jihoz yuritmasining vali bilan ulangandan keyin past bosimli yonilg’i o’tkazgichlar zich qilib ulanadi.
    Tozalab artilgan, yuvilgan, zarur sachratish bosimiga sozlangan va ish unumdorligi bo’yicha tanlangan forsunkalar jihozdagi datchik stenkalariga o’rnatiladi. Yuqori bosimli yonilg’i o’tkazgichlar, nasos sektsiyalariga biriktiriladi. Jihozdagi jumraklar, uning devoridagi chizma holatlariga to’g’rilanib sinash ishlari bajariladi.


    Qo’yida ko’rsatilgan 3 - rasmda Jihozdagi elektrodvigatel ishga tushiriladi va t irqish g’ildirakni (mexovik) burab taxometr (7) orqali nasosning kulachokli valida nominal aylanishlar chistotasi hosil qilinadi. Nasos kallagiga yonilg’i keltiruvchi naycha ulanib, tizimga kirib qolgan havo jumrak orqali chiqarib yuboriladi. Past bosimli yonilg’i naychalarida havo puffakchalari bo’lmasligi kerak. Yonilg’i harorati nazorat paytida 250S atrofida bo’lishi kerak.
    Hisoblash qurilmasi (3-rasm) dastagini burab, milini shkaladagi berilgan raqam to’g’risiga keltiriladi. Bu raqam sinash davrida stend vali necha marta aylanishi kerakligini ko’rsatadi. Richagni bosib, aylanishlar sonini hisoblovchi qurilma ishga tushiriladi. Menzurkalarni to’sib turuvchi tunuka to’siq surilganda forsunkadan menzurkalarga oqa boshlaydi.
    Yonilg’i nasosining kulachokli vali belgilangan aylanishlar sonini bajarib bo’lgandan keyin, tunukali to’siq o’z holatiga qaytadi va yonilg’ i oqib, aylanma rezurvuardan jihoz bakiga tushadi. Yonilg’ining sathi va hajmi menzurkadagi belgi orqali aniqlanadi. Menzurkalardagi yonilg’ilarni to’kib yuborish uchun taqsimlovchi jumrakni soat strelkasi bo’yicha burash kerak. YaMZ-236 Yu BYo N sektsiyalari o’rtasidagi farq 3 foizdan oshmasligi kerak.
    1. Yonilg’i sachray boshlaganda dasta burchagini aniqlash.


    Bu ko’rsatkich YuBYo N ishlash jarayonida aniqlanadi. YuBYo N tirsakli vali zarur aylanishlar soni beriladi va yonilg’i to’liq unumdorlik rejimi ulanadi. Sinov boshlashdan avval YuBYoN 5-7 daqiqa ishlab olishi kerak, undan keyin jihozni boshqarish panelidagi 1 va 2- tumblyorlar ulanadi. 1,5-2 daqiqadan keyin tekshirilayotgan sektsiyaning tumblyori yoqiladi. Undan 0,5-1,0 daqiqadan so’ng jihozdagi harakatsiz disk darchasi yoritiladi. Aylanayotgan disk shkalasidagi stroboskop qurilma yonilg’i sachrash boshlagan paytidagi burchakni ko’rsatadi.
    Yonilg’i sachratish burchaklari YaMZ-236 dvigateli uchun quuyidagi qiymatlarda bo’lishi kerak: I - sektsiya 00S IV - sektsiya 450S

    1. sektsiya 1200S V-sektsiya 1650S III - sektsiya 240 °S VI - sektsiya 2850S

    Sektsiyalar bo’yicha sachratish burchaklarini aniqlab bo’lingan zahotiyoq boshqarish panelidagi barcha tumblyorlarni uchirib qo’yish kerak. Yonilg’ini porshenli haydash nasoslari jihozining chap tomoniga vintli qisqich yordamida mahkamlanadi. Yonilg’i uzatkichlarining ulanish shakli 4-rasmda keltirilgan.


      1. - rasm. SDTA-2 jihozi.


    Tayyorlash ishlaridan keyin taxometr bo’yicha jihoz yuritmasining kerakli aylanishlar soni o’rnatiladi (YaMZ-236 uchun ayl|min). Bunda o’lchov tsilindrlaridagi holatli jumrag (4-rasm) dastagi shu holatda qo’yilishi kerakki, undagi yonilg’i to’g’ri jihoz bakiga oqishi kerak. Avtomat hisoblagich dastagi yonilg’i haydash nasosining shtogini ishlash soniga to’g’rilab qo’ yiladi. So’ngra bir barmoq bilan schyotchik avtomatning richagi buraladi, ikkinchi qo’l bilan esa o’lchov tsilindri jumragi (3) buraladi, shunda yonilg’i nasosidan to’g’ri o’lchash tsilindriga keladi. Aylanishlar soni bajarilib bo’lingandan keyin, avtomat hisoblagich dastagi yuqoriga ko’tariladi. Taqsimlagich jumragi (1) berkitiladi. SHu holatda nasosda hosil qilinayotgan bosim manometrda kuzatiladi. (YaMZ —236 uchun 0,4 MPa). O’lchov tsilindriga yig’ilgan yonilg’ i miqdori nasos ish unumdorligining qiymatini ko’rsatadi. YaMZ — 236 nasos uchun qarshi bosim 0,13 — 0,15 MPa da 2,2 l|min dan kam bo’lmasligi kerak.
    3 -rasm. Yonilg’i uzatkichlarni ulanish shakli



    Download 9,4 Mb.
    1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   162




    Download 9,4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yuqori bosimli yonilg’i nasosining (YuBYoN) ish unumdorligini aniqlash

    Download 9,4 Mb.