|
Axborot jarayonlarining dasturiy ta’minoti
|
bet | 5/13 | Sana | 03.07.2024 | Hajmi | 0,63 Mb. | | #266434 |
Bog'liq doc 2024-06-12 17-23-49. Axborot jarayonlarining dasturiy ta’minotiMuammoli - yunaltirilgan. Boshqarish funksiyalarida, strukturalashgan berilganlar va qayta ishlash algoritmlari kabi muammoli sohalarda qo’llaniladi.
Loyihalashni avtomatlashtirish. Chizma, sxema, diagrammalarni ishlab chiquvchi konstruktorlar va texnologlarlarning ishlarida qo’llaniladi.
Umumyo’naltirilgan. Matn muharrirlari va jadval prosessorlari, grafik muharrirlar, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari kabi kompyuter texnologiyalarini qo’llab-quvvatlovchi tizimlar.
Amaliy dasturlar paketi va ular yordamida yechiladigan masalalar turkumi
|
|
|
|
|
|
|
|
Muammoli - yunaltirilgan
|
|
Umum- yo’naltirilgan
|
|
Stol usti nashriyot tizimlari
|
|
|
|
|
|
Loyihalashni avtomatlashtirish
|
|
Ofisli
|
|
Su’niy intellekt tizimlari
|
4.7-rasm.
Ofisli. Ofisning tashkiliy faoliyatini boshqarishni ta’minlaydi. U o’zida organayzerlar (yozuv va telefon kitoblari, kalendarlar, taqdimotlar)ni, tarjimonlarni, matnni anglash kabi vositalarni mujassamlashtiradi.
Stol usti nashriyot tizimlari - funksional jihatidan birmuncha kuchli bo’lgan matn prosessorlari.
Su’niy intellekt tizimlari. U o’zida tabiiy tilda muloqat qilishni qo’llab- quvvatlovchilarni; turli xil vaziyatlarda foydalanuvchilarga tavsiyalar bera oladigan ekspert tizimlarini; dasturlashtirishsiz amaliy masalalarni yechuvchi intellektual amaliy dasturlar paketlarini qamrab oladi.
Shaxsiy kompyuterlar uchun mo’ljallab chiqarilgan amaliy dasturlar paketlari uchun quyidagi tasniflarni aytib o’tish mumkin:
matn muharrirlari, matnli prosessorlar va noshirlik tizimlari;
grafika muharrirlari va tadbirkorlik grafika vositalari;
katta o’lchamli elektron jadvallar, jadval prosessorlari;
telekommunikasion tizimlarni boshqarish amaliy dasturlar paketlari;
berilganlar bazasini boshqarish tizimi;
ma’lumotli-qidirish tizimlari;
su’niy intellekt tizimlari, shu jumladan ekspert tizimlari;
avtomatlashtirilgan o’qitish tizimlari;
ma’lumotlarni statistik qayta ishlash paketlari;
matematik dasturlashtirish amaliy dasturlar paketlari;
avtomatlashtirilgan loyihalashtirish tizimlari;
tarkibiga muammoga mo’ljallangan paketlarning bir nechta turini oladigan integrallashgan amaliy dasturlar paketi.
Matnli, jadvalli va grafik axborotlarni avtomatlashtirilgan holda ishlab chiqishni amaliy dasturlar paketi ta’minlaydi.
4.8-rasm
|
| |