|
Axborot jarayonlarining dasturiy ta’minoti
|
bet | 1/13 | Sana | 03.07.2024 | Hajmi | 0,63 Mb. | | #266434 |
Bog'liq doc 2024-06-12 17-23-49. Axborot jarayonlarining dasturiy ta’minoti
1.Axborot jarayonlarining dasturiy ta’minoti
2.Kompyuter amaliy dasturiy ta’minotining vazifasi, tarkibi va strukturasi
1. Axborot jarayonlarining dasturiy ta’minoti
Dasturiy ta’minot turlari: amaliy, tizimli, uskunaviy
Dasturlar - bu buyruqlarning tartiblangan ketma-ketligidir. Istalgan kompyuter dasturlarining yakuniy maqsadi – apparat vositalarini boshqarish va natijalar olishdan iborat bo’ladi.
Odatda, dasturiy ta’minot (Software) deyilganda hisoblash tizimi orqali bajariladigan dasturlar to’plami tushuniladi.
O’z o’rnida dasturiy ta’minot – kompyuter tizimlarining ajralmas qismi hisoblanadi va u texnik vositalarning mantiqiy davomi bo’ladi.
Aniq kompyuterni qo’llanish sohasi undagi dasturiy ta’minotning imkoniyatlari bilan belgilanadi.
Kompyuterning apparat va dasturiy ta’minoti bir-biri bilan ajralmas va uzluksiz o’zaroharakatda bo’ladi.
4.2-rasm.
Bir butun kompyuter, yoki uning tarkiy qismlari o’z-o’zidan axborotlarni qayta ishlay olmaydi. Kompyuterning ishlashini turli xil funksiya va vazifalarni bajaruvchi dasturlar boshqaradi.
Hisoblash tizimining dasturiy ta’minoti dasturli konfigurasiya deb ataladi. Hisoblash tizimlari fizik tugin va bloklarda ajratilgani singari, dasturlararo ham o’zaroaloqa mavjud bo’ladi, ko’plab dasturlar boshqa quyi darajadagi dasturlarga tayangan holda ishlaydi. Dasturiy ta’minot darajalarini piramidaga o’xshash konstruksiyaga qiyos qilish mumkin.
|
| |