|
Tizimli dasturlash o’zida
|
bet | 9/13 | Sana | 03.07.2024 | Hajmi | 0,63 Mb. | | #266434 |
Bog'liq doc 2024-06-12 17-23-49. Axborot jarayonlarining dasturiy ta’minotiTizimli dasturlash o’zida: dasturlash tilini kompilyator yoki interpretatorini; dastur kodini sozlovchisi va optimallashtiruvchi vositalarini; aloqalar muharririni, standart bibliotekalar to’plamini, ma’lumotnoma tizimlarini qamrab oladi.
Dasturlash tili kerakli algoritmni qandaydir matnli ko’rinishda ifodalashga imkon beradi. Bu matn kodni shakllantiruvchi maxsus dastur-translyatorni ishlashi uchun boshlang’ich material bo’lib hisoblanadi.
Ko’p tarqalgan dasturlash tillariga Basic, Pascal, Fortran, C++ larni keltirish mumkin.
Tizimli dasturlash tillari: Turbo Pascal, Borland Pascal, MS Visual Basic, MS Visual C++, Visual Fortran.
Uskunaviy integrallashgan ishlab chiqarish muhiti (IDE – Integrated
Development Environment). Foydalanish yo’nalishi – dasturchilarni mehnat samaradorligini oshirish, dastur kodlarini tuzishni avtomatlashtirish, mijoz-server arxitekturasi uchun, so’rovlar va hisobotlar uchun ilovalarni ishlab chiqishdan iborat.
4.10-rasm.
Bularga Oracle JDeveloper, Jbuilder 3 Enterprise (Borland), VisualCafe for Java (Symantec), Forte for Java (Sun Microsystems) kabi obyektga yo’naltirilgan dasturlash vositalarini keltirib o’tish mumkin.
4.11-rasm.
Lokal vositalar muhiti: dasturlash tizimi va foydalanuvchini uskunaviy vositalariga ajratilib ko’rsatiladi.
Mahalliy (lokal) ilovalar (tillar va dasturlash tizimlari, shuningdek foydalanuvchini uskunaviy muhiti);
dasturlarni ishlab chiqishni integrallashgan muhiti. Asosiy vazifasi – foydalanuvchini grafik interfeysini ta’minlovchi, shuningdek so’rovlar va
hisobotlarni avtomatlashtirish uchun, dasturlar kodini yaratishni avtomatlashtirish hisobiga dasturchilarning mehnat unumdorligini oshirish (Delphi);
2) axborot tizimlarini tuzish vositalari - CASE-texnologiyalari. Mahalliy tarmoqlarda loyihalar ustida jamoa bo’lib ishlashni qo’llab-quvvatlash imkoniyati yuzaga keladi. Bu loyihani istalgan fragmentlarini import qilish, loyiha boshqaruvini tashkillashtirish hisobiga amalga oshiriladi.
O’z navbatida dasturlash tillari quyidagi turlarga bo’linadi:
|
| |