• Ilovalar tuzish vositalari
  • Axborot tizimlarini tuzishni avtomatlashtirilgan vositalarini
  • Axborot jarayonlarining dasturiy ta’minoti




    Download 0,63 Mb.
    bet12/13
    Sana03.07.2024
    Hajmi0,63 Mb.
    #266434
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    doc 2024-06-12 17-23-49. Axborot jarayonlarining dasturiy ta’minoti

    Dasturlashning uskunaviy texnologiyalari. Bu dasturiy vositalar majmui bo’lib, u dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, sozlash va tadbiq etish texnologiyalarini o’zida mujassamlashtiradi.
    Dasturiy mahsulotlar ishlab chiqishda bajariladigan ishlar qamrovidan kelib chiqib, ilovalar ishlab chiqish (tuzish) vositalarini dasturiy ta’minotini ikkita guruhi shakllangan:

    1. Ilovalar tuzish vositalari – dasturlarni ishlab chiqishni ta’minlovchi, uskunaviy dasturiy vositalar;

    2. Axborot tizimlarini tuzishni avtomatlashtirilgan vositalari. CASE- vositalar, (Computer-AidedSystem Engineering, CASE) - tahlil metodlarini, loyihalashni va dasturiy tizimlarni yaratishni va axborot tizimlarini ishlab chiqish jarayonlarini avtomatlashtirishga mo’ljallangan uskunaviy dasturiy vosita.

    Ilovalar tuzish vositalari o’z navbatida quyidagilarga ajratiladi:

      1. Dasturlar tuzishni lokal vositalari. Bu dastur tuzishni ayrim ishlarni bajarilishini ta’minlovchi – ilovalar yaratish vositalari.

      2. Ilovalarni tuzishni integrallashgan muhiti – dasturlar tuzishni barcha etaplarida barcha o’zaroaloqali ishlar majmuini bajarilishini ta’minlovchi - ilovalar yaratish vositalari.

    Axborot tizimlarini tuzishni avtomatlashtirilgan vositalarini sinflashda, ularni: turlari, kategoriyalari, amalga oshirish vositalariga bog’liqligi kabi sifatlari bo’yicha ajratish mumkin.
    Turlari bo’yicha sinflashda CASE-vositalarni u yoki boshqa hayotiy sikl jarayonlariga funksional yo’naltirilganligini akslantiradi va u o’zida quyidagi turlarni qamrab oladi:
    2.1. Tahlil va loyihalash vositalari. Bu vositalar- predmet sohasi faoliyatini modellar kabi, va yana loyihalanuvchi tizimlarni modellari singari qurish va tahlil qilishga mo’ljallangan. Ularning maqsadi tizim ega bo’lishi lozim bo’lgan tizimli talablar va xossalarni aniqlash, shuningdek bu talablarni qanoatlantiruvchi va tegishli xossalarga ega bo’lgan tizim loyihalarini tuzishdan iborat.
    XULOSA
    Dasturiy ta’minot kompyuterning ikkinchi muhim kismi bulib, u ma’lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bulgan xujjatlarni uz ichiga oladi.
    Kompyuterning turli texnik kismlari orasidagi uzaro bog’lanish - bu, apparat interfeysi, dasturlar orasidagi uzaro boklanish esa - dasturiy interfeys, apparat kismlari va dasturlar orasidagi uzaro boklanish -apparat - dasturiy interfeys deyiladi.
    Shaxsiy kompyuterlar haqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda uchinchi ishtirokchini, ya’ni insonni (foydalanuvchini) ham nazarda tutish lozim. Inson kompyuterning ham apparat, ham dasturiy vositalari bilan muloqotda bo’ladi. Insonning dastur bilan va dasturni inson bilan o’zaro muloqoti - foydalanuvchi interfeysi deyiladi.
    Endi kompyuterning dasturiy ta’minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy ta’minotlarni uchta kategoriya bo’yicha tasniflash mumkin;

    • sistemaviy dasturiy ta’minot;

    • amaliy dasturiy ta’minot;

    • dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari.

    Sistemaviy dasturiy ta’minot (Sistem software) - kompyuterning va kompyuter tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir.
    Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program paskage) - bu aniq bir predmet sohasi bo’yicha ma’lum bir masalalar sinfini echishga mo’ljallangan dasturlar majmuasidir.
    Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari - yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qo’llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo’lib xizmat qiladi, ya’ni ular dasturlarni ishlab chiqish(shu jumladan avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy etishga mo’ljallangan.

    Download 0,63 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 0,63 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot jarayonlarining dasturiy ta’minoti

    Download 0,63 Mb.