|
Elektron jadvallar (jadvalli prosessorlar) —
|
bet | 7/13 | Sana | 03.07.2024 | Hajmi | 0,63 Mb. | | #266434 |
Bog'liq doc 2024-06-12 17-23-49. Axborot jarayonlarining dasturiy ta’minotiElektron jadvallar (jadvalli prosessorlar) — tashkil qilingan ma’lumotlarni jadvalli tartibda ishlab chiqish uchun mo’ljallangan dasturlar paketi.
Ishlarni tashkil qiluvchilar — bu, ham ayrim inson, ham butun firma yoki uning tarkibiy bo’linmasini turli resurslar (vaqt, mablag’, materiallar)dan foydalanishni rejalashtirish tadbirlarini avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan dasturlar paketlaridir.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) elektron ma’lumotlarni yaratish, saqlash va olish tadbirlarini avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan. Ko’pgina mavjud iqtisodiy, axborot-ma’lumotnomaviy, bank, dasturli majmualar MBBTning vositalaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi.
Namoyish qilish grafiklarining paketlari ba’zi bir tahliliy tadqiqotlar natijalarini ko’rgazmali va dinamik shaklda taqdim etishga qaratilgan ishga tegishli axborotlar grafik tasvirining konstruktorlari bo’ladi.
Mul’timedia dasturlari paketlari audio va video axborotlarni aks ettirish va ishlab chiqish, ShKdan foydalanish uchun mo’ljallangan. Dasturli vositalardan tashqari, kompyuter bunda xuddi shunday axborotlarni kirish/chiqish, uni raqamli shaklga aylantirishni amalga oshirishga imkon beruvchi qo’shimcha platalar bilan jihozlanishi mumkin.
Loyihalashtirishni avtomatlashtirish tizimlari — grafik tasvirlarni ishlab chiqish bilan bog’liq dasturlar paketlarining o’zgacha turli-tumanligidar.
Ular mashinasozlik, avtomobilsozlik va sanoat qurilishida konstruktorlik ishlarining loyihalarini avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan. Ushbu paketlar quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirishni ta’minlovchi vositalar majmuiga ega:
foydalanuvchilarning tarmoqda paket bilan jamoa bo’lib ishlashi;
fayllarning barcha imkon bo’lgan formatlarda eksporti-importini;
obyektlarni masshtablashtirish;
obyektlarni guruhlarga ajratish, harakatlantirish, kesish, o’lchamlarini o’zgartirish, qatlamlari bilan ishlashda ularni boshqarish;
qaytadan chizish (fonli, qo’lda, uzilgan holda);
fayllarni kutubxonalar va chizmalarning kataloglari qismida boshqarish;
egri chiziqlar, ellipslar, chiziqlarning ixtiyoriy shakllari, ko’p burchaklarni chizishga imkon beruvchi turli-tuman chizmachilik vositalaridan foydalanish, alomatlarning kutubxonalaridan foydalanish, yozuvlarni yozish va h. k.;
|
| |