|
Axborot jarayonlarining dasturiy ta’minoti
|
bet | 11/13 | Sana | 03.07.2024 | Hajmi | 0,63 Mb. | | #266434 |
Bog'liq doc 2024-06-12 17-23-49. Axborot jarayonlarining dasturiy ta’minotiMatn muharrirlari – matnli fayllarni tuzish va o’zgartirishga, shuningdek ularni ekranda ko’rishga, chop qilishga, matn bo’laklarini qidirishga mo’ljallangan kompyuter dasturlari.
Boshlang’ich matnlarni tahrirlovchi maxsus muharrirlar - dasturlarni boshlang’ich kodini tuzish va tahrlashni amalga oshiruvchi matn muharrirlari. Bu maxsus muharirlar alohida ilova shaklida, yoki integrallashgan dasturlash muhiti tarkibida joylashtirilgan bo’lishi mumkin.
Qism dasturlar bibiliotekasi - dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish uchun
qo’llaniladigan qism dasturlar yoki obyektlar to’plami.
Grafik interfeys muharrirlari.
Dasturlash tizimi. Bu kategoriyaga dastur bo’lgan dasturlar, dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqishga mo’ljallangan bo’ladi:
Assemblerlar – matn shaklidagi dasturni assembler tiliga obyekt kodi sifatida mashina buyruqlariga o’tkazuvchi kompyuter dasturlari.
Translyatorlar – dasturlarni translyasiya qiluvchi dasturlar va texnik vositalar.
Yuqorida qayd qilinganlar integrallashgan dasturlash muhiti tarkibiga kiradi.
Uskunaviy (instrumental) dasturiy ta’minot – dasturiy ta’minot vositalarini qo’llab-quvvatlovchi dasturiy vositalardir.
Dasturiy ta’minot – kompyuterda berilganlarni qayta ishlash va uzatishni ta’minlovchi, turli foydalanuvchilar tomonidan ko’p marotaba foydalanishga va qo’llashga mo’ljallangan dasturlar majmui.
Dasturiy vositalar ishlab chiqaruvchilarga zamonaviy dasturiy ta’minot bozori ko’plab uskunaviy dasturlash vositalarini ta’minotini taqdim qiladi.
4.23-rasm.
Uskunaviy dasturiy ta’minotlar o’zida yangi tuziladigan dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, sozlash, testlash va tadbiq qilish jarayonlarini ta’minlovchi maxsus dasturiy mahsulotlarini qamrab oladi.
Dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish texnologiyalariga mo’ljallangan yo’nalish tezkorlik bilan rivojlanmoqda.
Dasturlash, dasturiy ta’minot vositalarni ishlab chiqish vositalari sifatida, dasturlarni hayotiy siklini va dasturiy muhandisliklikni boshqaruvchisi sifatida, bugun alohida sanoatni tashkil qiladi. Shu boisdan dasturiy ta’minotlar funksional alomatlariga ko’ra birlashtirilib, ulardan uskunaviy dasturiy ta’minotlar sinfi shakllantirildi.
|
| |