Yangi mavzuni mustahkamlash
-
Internetga boglanish tartibini aytib bering.
-
Internet-provayder bilan alokani urnating.
-
Internet Exrlorer programmasini tushitiring.
-
Web sayt.
-
Web server.
-
Elektron pochta.
-
Usenet teleanjumani.
-
Fayllarni protokol yordamida uzatish.
9. Lokal va global tarmoklar bir-biridan nima bilan fark kiladi?
-
Internet kanday komp'yuter tarmog’idir?
-
Elektron pochta kanday maksadda ishlatiladi?
Yakuniy qism.
O’qituvchi dars jarayonida yaxshi qatnashgan o’quvchilarni baholaydi va uyga vazifa:
O’tilgan mavzu yuzasidan test tuzib kelish.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
-
U.Yuldashev, R.R. Boqiyev, F.M.Zokirova “INFORMATIKA” Toshkent. 2002 yil.
-
A.Axmedov, N.Taylaqov “Informatika” Toshkent-2002
-
I.G’. Dusov “Kompyuter”
-
WWW.SOFT.com
-
A.A.Abduqodirov, A.G’.Hayitov, R.R.Shodiyev. “AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” Toshkent-“O’qituvchi”-2003 y.
Xulosa
Kasb-hunar kollejlarining yo`nalish va ixtisos xususiyatlaridan kelib chiqan holda, ta’lim tizimi ishlab chiqarish jarayonlari bilan uzviy bog`lanishi lozim. Ushbu uslubiy ishlanma Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq va jahon andozalariga moslashuv extiyojidan kelib chiqqan holda o`quvchilarning zamonaviy texnika va texnalogiyalardan o`z kasbiy faoliyatlarida foydalana olish malaka va ko`nikmasini hosil qilishga qaratilgan.
Ushbu o`quv ishlanma bank yo`nalishlari bo`yicha tayorlanadigan kichik mutaxassislar uchun mo`ljallangan bo`lib, talabalarning “Informatika asoslari”, “Axborot texnologiyalari” fanlarida o`zlashtirgan nazariy bilimlarini o`quv mashg`ulotlarida mustahkamlash, mustaqil ravishda ishlab chiqarish vaziyadlarini EHM dasturlarini tadbiq etgan holda yechish va o`quvchilarga ko`nikma hamda malakani shakllantirish yo`llari mazkur ishlanmada o`z ifodasini topgan.
Hisoblash texnikasining keng yoyilishi va kompyuter tarmoqlarining turli faoliyat sohalariga joriy etilishi tufayli bugungi kunda har qanday korxona yoki tashkilotning ishi zamonaviy axborot texnalogiyalarini qo`llamay amalga oshmaydi. Shunday qilib, axborotni qayta ishlash, saqlash va uzatishni avtomatlashtirish asoslarini bilish mutaxassislarni qayta tayorlash kurslari tinglovchisiga mexnat bozorida raqobatdosh bo`lish, qiziqarli va istiqbolli ish topa olish imkoniga ega bo’lishi uchun juda zarur.
Mazkur o’quv ishlanma 2 soatga mo’ljallangan hajmdagi materialni o’z ichiga olgan bo’lib, ushbu o’quv-metodik ishlanmada kompyuter tarmoqlari haqida ma’lumot va ularda ishlash haqidagi mavzular o’z aksini topgan.
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, dars boshlanishi miyaga hujum, munozara, musobaqa usullaridan foydalanilsa, o’quvchi o’z bilimini mustahkamlaydi. O’tilgan mavzuni takrorlashda va yangi mavzu rejasini tushuntirayotganda tayanch iboralarga alohida e’tibor berish lozim. Biz “Kompyuter tarmoqlari” mavzusini tushuntirish davomida reja asosida kompyuter tarmoqlarini o’sish tarixi haqida tushuncha berib, ularning turlari, ishlash jarayoni haqida aytib o’tamiz.
Dars yakunida o’tilgan mavzu qo’shimcha savollar bilan mustahkamlanadi, agar vaqt qolsa mustaqil ish asosida savol-javob qilinadi.
Bu usulni nafaqat Kompyuter tarmoqlari darsida balki boshqa fanlarni o’tishda ham qo’llash mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
-
U.Yuldashev, R.R. Boqiyev, F.M.Zokirova “INFORMATIKA” Toshkent. 2002 yil.
-
A.Axmedov, N.Taylaqov “Informatika” Toshkent-2002
-
I.G’. Dusov “Kompyuter”
-
WWW.SOFT.com
-
A.A.Abduqodirov, A.G’.Hayitov, R.R.Shodiyev. “AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” Toshkent-“O’qituvchi”-2003 y.
|