118
Axborotlarni himoyalashda birinchi navbatda eng keng qo‘llanilgan dasturiy
vositalar xozirgi kunda ikkinchi darajali himoya vositasi hisoblanadi. Bunga misol
sifatida
parol tizimini keltirish mumkin.
Tashkiliy himoyalash vositalari – bu talekommunikatsiya uskunalarining
yaratilishi va qo‘llanishi jarayonida qabul qilingan tashkiliy-texnikaviy va
tashkiliy-huquqiy tadbirlardir. Bunga bevosita misol sifatida quyidagi jarayonlarni
keltirish mumkin: binolarning qurilishi, tizimni loyihalash, qurilmalarni o‘rnatish,
tekshirish va ishga tushirish.