• Kalit so‘z
  • Axborot kommunikatsion texnologiyalari yordamida




    Download 0.53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana16.04.2023
    Hajmi0.53 Mb.
    #51879
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    axborot kommunikatsion texnologiyalari yordamida geometriya fanini
    M@R@T, kurs ishi, Кредит модуль тизимида укув жараёни — HERE 2 2, СТРУКТУРА СТАРОСЛОВЯНСКОГО ЛЕКСИКИ, SugurtaJavoblar, Toshboyeva Dildora, 13-Mavzu Papkalarni yaratish va mahalliy kompyuterlarda resursl-fayllar.org, Forma tushunchasi, xususiyatlari-fayllar.org, 3-mavzu. Mutaxassislik masalalarida axborot texnologiyalarini qo, 1. Umumiy tushuncha, 6-sinf tarix 2022 (Umid Shomurodov ) Javob (1), 26061452, 11-сынып Ахметова Маржан, 5-MAVZU (4) (2)


    AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARI YORDAMIDA 
    GEOMETRIYA FANINI O'QITISH METODIKASI
    (10-11-SINFLAR MISOLIDA) 
     
    Zakiya Axmedovna Norimbetova 
    Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti 
     
    Annotatsiya: Maqolada fan va texnika rivojlanayotgan hozirgi paytda ta’lim 
    sohasida 
    zamonaviy 
    axborot 
    texnologiyalaridan 
    foydalanishning 
    ta’lim 
    samaradorligini oshirishdagi o’rni haqida fikr yuritilgan, shu jumladan AKT 
    vositalarini geometriya darslarida qo’llashning amaliy ahamiyati aniq misollar 
    yordamida ko’rsatib berilgan. 
    Kalit so‘z: AKT, AKT dasturlari, dasturiy vosita, animatsiyalar, web sayt.
     
    METHODOLOGY OF TEACHING GEOMETRY WITH THE HELP OF 
    INFORMATION AND COMMUNICATION TECHNOLOGIES 
    (EXAMPLE OF GRADES 10-11) 
    Zakiya Akhmedovna Norimbetova 
    Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region 
    Abstract: The article discusses the role of the use of modern information 
    technology in education in the current development of science and technology in 
    improving the effectiveness of education, including the practical importance of the 
    use of ICT in geometry lessons with concrete examples. 
    Keywords: ICT, ICT programs, software, animations, website. 

    Qadrlar tayyorlash milliy dasturi” va О‘zbekiston Respublikasi Prezidentini 
    “2001-2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, 
    «INTERNET»ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta’minlash 
    dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori, 
    Kompyuterlashtirishni 
    yanada 
    rivojlantirish 
    va 
    axborot-kommunikatsiya 
    texnologiyalarini joriy etish tо‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingan.
    O’tgan yilning 9 
    iyulida O’zbekiston Respublikasi prezidentining”. Matematika ta’limi va fanlarini 
    yanada 
    rivojlantirishni 
    davlat 
    tomonidan 
    qo’llab-quvvatlash, shuningdek, 
    O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi 
    matematika institute faoliyatini tubdan takomillashtirish chora - tadbirlari to’g’risida” 
    gi qarori hamda 2020 yil 7 mayda “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va 
    ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul qilingan.
    "Science and Education" Scientific Journal
    October 2020 / Volume 1 Issue 7
    www.openscience.uz
    244


    Albatta bular ta’lim sohasi yo’nalishlarini rivojlantirish bosqichlari bo’lib, ta’lim 
    jarayonini sifat va samaradorligini oshirishga qaratilgandir.
    Fan va texnika jadal suratda rivojlanayotgan hozirgi paytda ta’lim sohasida 
    ko’pgina o’zgarishlar kuzatilmoqda, jumladan pedagogik ta’lim klasteri modeli ishlab 
    chiqildi. Pedagogik ta’lim rivojlanishining klaster modeli ta’lim berish, o’quv 
    adabiyotlarini yaratish, pedagog kadrlar ilmiy salohiyatini oshirish, ta’lim va tarbiya 
    uzviyligi bilan bog’liq umumiy yo’nalishlarda faoliyat olib boradi. Bu esa 
    muammoning umumiy metodologik xarakterga ega ekanligini ko’rsatadi. Ayni 
    paytda bu umumiy yo’nalishlar ta’limni boshqarish va tashkillashtirish, ta’lim turlari 
    va yo’nalishlari, uzviylik va integratsiyani ta’minlash, o’qitish metodlari va vositalari 
    kabi yo’nalishlarda xususiylashadi.[2]. Ta’limda uzviylik va integratsiyalashuv bilan 
    birgalikda o’qitish metodlari va vositalarini ham yangilash va qayta ko’rib chiqish 
    lozim. Jamiyatimizda ro‘y berayotgan turli xil o‘zgarishlar o‘qituvchilar oldiga 
    muhim vazifalar qo‘ymoqda. Bu vazifalar har tomonlama rivojlangan, mustaqil 
    fikrlay oladigan, ijodkor, aqlli va nozik didli yoshlarni tarbiyalashdan iborat bo‘lib, 
    hozirgi zamon o‘qituvchisidan tinmay ijodiy izlanish, o‘qish va o‘qitishga yangicha 
    munosabatni, fidoiylikni talab qiladi.
    “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da qator vazifalar belgilab berilganki, bu 
    vazifalarga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘z vaqtida ishlab 
    chiqish va joriy etishni ta’minlash hamda ta’lim muassasalarining moddiy-texnik 
    bazasini yangi o‘quv adabiyotlari, zamonaviy jihozlar shu jumladan, kompyuter 
    texnikasi bilan ta’minlash muhim masalalardan biri hisoblanadi.
    Ta’lim tizimida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘quv 
    jarayonida o‘quvchilarni faqat nazariy bilimlari bilan cheklab qolmasdan, balki 
    amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishda, ularning har tomonlama yetuk kadrlar qilib 
    tayyorlashida muhim rol o‘ynaydi. Ta’limdagi axborot texnologiyalari keng me’yoriy 
    tushuncha bo‘lib, olib borilayotgan har bir mavzu ana shu texnika, texnologiyadan 
    foydalanishni taqozo etadi. Chunki, zamonaviy o‘qitish texnikasidan foydalanish 
    ijobiy natijalar beradi. Ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar umumiy o‘rta 
    ta’lim maktablarida fanlarni yangicha uslublarda o‘qitishni nazarda tutmoqda. Shu 
    munosabat bilan barcha o‘quv fanlari qatori geometriya fani oldiga ham aniq 
    vazifalar qo‘yildi.
    Geometriya darslarida tabaqalashgan guruhlar bilan ishlashda axborot 
    texnologiyalarini qo‘llash o‘qituvchiga katta yordam beradi. O’quv-tarbiya 
    jarayonida axborot texnologiyalarini quyidagi shakllarda foydalanish ko‘zda tutiladi:
    ✓ muayyan predmetlarni o‘qitishda kompyuter darslari;
    ✓ kompyuter darslari ko‘rgazmali material sifatida;
    ✓ o‘quvchilarning guruhli va jamoaviy ishlarini takomillashtirish va hokazo. 
    Umumta’lim maktablarida geometriya fanini o‘qitishda yangi pedagogik 
    "Science and Education" Scientific Journal
    October 2020 / Volume 1 Issue 7
    www.openscience.uz
    245


    texnologiyalardan yoki axborot texnologiyasidan foydalanish uchun quyidagi 
    dasturlardan: Macromedia Flash, Microsoft Front Page singari HTML muharrirlari va 
    Microsoft Word, Adobe Photoshop, Corel Draw kabi dasturiy vositalardan 
    foydalanish mumkin. Axborot texnologiyalari yordamida geometriya fani o‘qitilsa, 
    quyidagilarga erishiladi:
    ✓ elektron o‘quv qo‘llanma imkoniyatlaridan foydalanib, o‘quvchilarga 
    mavzuni to‘liq tushuntirish imkoniyati oshadi; 
    ✓ ularning bilim, ko‘nikma va malakalari oshadi;
    ✓ harakatli tasvirlar va animatsiyalar o‘quvchilarning tasavvurlarini 
    kengaytirishda muhim rol o’ynaydi;
    amaliy ishlarga, ya’ni misol va masalalar yechishda, hayotiy misollar 
    keltirishga, o‘quvchilar o‘rtasida savol-javob o‘tkazishga ko‘proq vaqt ajratiladi; 
    ✓ o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyati shakllanadi;
    ✓ o‘quvchilar darsdan ijobiy saboq oladilar, darsga nisbatan qiziqish oshadi; 
    ✓ o‘quvchilarda fazoviy tasavvurni rivojlantirish, mantiqiy fikrlash, geometrik 
    o‘lchash va yasashning amaliy usullarini o‘rganish imkoniyatlarini beradi.
    Geometriya darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarda 
    mantiqiy fikrlash, geometrik o‘lchash va yasashning amaliy usullarini o‘rganish 
    imkoniyatlarini beradi. Asosiysi, axborot texnologiyalari - chizma, diagramma, jadval 
    ko‘rinishidagi ma’lumotlarni o‘qish qobiliyatini rivojlantiradi, mustaqil o‘qish va 
    o‘rganishga imkoniyat yaratadi. Shunday qilib, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 
    axborot texnologiyalari orqali yangi pedagogik texnologiyalarni kiritilishi, o‘quvchi 
    va o‘qituvchi faoliyati, ularning darsdagi o‘rni va vazifalarini keskin o‘zgarishiga olib 
    keladi. Shu bilan birga darsning samaradorligi ortadi, o‘quvchilar bilimlarini 
    o‘zlarining kuchi, qobiliyati va tempiga asosan qabul qilishi va ularni mustaqil 
    ravishda o‘zlashtirishiga olib keladi. 

    Download 0.53 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 0.53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot kommunikatsion texnologiyalari yordamida

    Download 0.53 Mb.
    Pdf ko'rish