l.S V l telefon
G SM tarnmgM
In tern et
Kabt-l
9.4-rasm. mobil telefonning Intemetga bog‘lanish
hamda aloqa kanallari bo ‘ylab uzatishdan iborat.
Modem
signalni (axborot) telekommunikatsiya kanallar bo‘ylab uzatishni
ta’minlaydi. Modem yordamida internetda oddiy analog telefon
tarmog‘i orqali bog‘lanish mumkin. Bunday modemlaming nazariy
jihatdan eng yuqori foydalanish tezligi 56 Kb/sek.ni tashkil etadi.
Modem ichki va tashqi turlarga bo‘linadi va har ikkalasi ham
intemetga yoki telekommunikatsiya
tarmoqlariga ulanish uchun
xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasidagi Internet tarmog‘ining rivoj
lanishi.
Respublikamizda milliy Intemet-segmentini rivojlantirish
bo‘yicha ishlar 0 ‘zR Vazirlar Mahkamasining “Kompyuter-
Tashqi faks/modem Simsiz modem Ichki modem
9.5-rasm. Modem qurilmasining turlari
228
lashtirishni yana-da rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g ‘risida” 2002-yil 6-
iyundagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan “2002-2010-yillarda
kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
rivojlantirish dasturi”ga asosan amalga oshirilmoqda.
Respublika telekommunikatsiya tizimlarini modemizatsiya
qilish va rivojlantirish bo‘yicha
loyihalarni amalga oshirish
natijasida mamlakatimiz aholisining keng qatlamlari uchun Internet
xizmatlaridan foydalanish borgan-sari ycngil bo‘lib bormoqda.
Hozirgi vaqtda respublikamizda Inlcrncl
foydalanuvchilarining
umumiy soni 7,3 mln. kishidan ortdi, shundan 3,5 mln. kishi, y a’ni
1000 ta fuqarodan 111 tasi aloqa liniyalari orqali Intemetga shaxsiy
kompyuterlari orqali ulanadi. Mobil Internel foydalanuvchilarining
soni esa hozirgi kunda 3,8 mln. kishini tashkil ctadi.
Respublikamizda AKTni rivojlantirishga bo'lgan katta e’tibor
tufayli Internet tarmog‘ida milliy resurslar soni yildan yilga
ortmoqdan. Hozirgi kunda respublikada .uz domen zonasida
ikkinchi darajali domen nomlarini ro'yxatga olish bo‘yicha 7 ta
registratorlar faoliyat ko‘rsatadi: Tomas, Billur.com, Arsenal-D,
Sarkor Telecom, VSS, TV-Inform va Simus.
Milliy axborot resurslarini rivojlantirish bo'yicha llukumat
qarorlari va chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish natijasida .uz
Milliy domen zonasidagi domen nomlarining
soni yildan-yilga
ortmoqda. Jumladan, 01.01.201 ly. holatiga .uz Milliy domen
zonasidagi domen nomlarining soni 11088 tani lashkil etdi, yil
boshiga nisbatan bo‘lgan o‘sish 16 %ni lashkil ctdi.
M a’lumotlarni uzatish, jumladan, Internet tarmog'iga
ulash
xizmatlami taqdim etuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning soni
bugungi kunda 982 tani tashkil etadi, jamoa foydalanish
punktlarining umumiy soni esa 1025 taga yetdi.
Provayder va operatorlaming aksariyat qismi Toshkcnt shahrida
joylashganligiga qaramay, respublikamizning boshqa hududlari,
ayniqsa Samarqand va Buxoro viloyatlarida
ham provayder va
operatorlar sonining barqaror o'sishi kuzatilmoqda.
229
Internet tarmog‘i vazifasi va undan foydalanish maqsadlari.
Internet tarmog‘ining vazifasi internet tarmog‘i abonetlariga veb-
hujjatlami o‘qish, elektron pochta, fayl uzatish va qabul qilish,
muloqotda bo‘lish, tarmoqda hujjatlami saqlash va ular bilan ishlash
xizmatini ko‘rsatish. Internet tarmog‘idan axborotlami almashish,
masofaviy ta’lim olish, konferensiyalar o‘tkazish,
veb-saytlami
tashkil etish, elektron pochtani joriy qilish, muloqot o ‘matish va shu
kabi maqsadlarda foydalaniladi.