1. Faqat muayyan shifrmatn mavjud boigandagi kriptotahliliy
xujum. Bunda kriptotahlilchi bir nechta ma’lumotlarning
Si, S2,
Sj shifrmatnlarigagina ega bo‘ladi, buning ustiga ulaming hammasi
bitta Ek
shifrlash
algoritmi
yordamida
shifrlangan.
Krip-
totahlilchining vazifasi imkon darajada ko‘proq m a’lumotlarning
dastlabki
M i, M 2, ..., Mi
matnlarini ochishdan, yoki, yanada
muhimroq, ushbu m a’lumotlami shifrlash uchun qo‘llangan kalit
Kni topishdan hamda shu yo‘l bilan ushbu
kalit bilan shifrlangan
boshqa ma’lumotlami ham deshifrlashdan iborat.
2. Muayyan ochiq matn mavjud bo‘lgandagi kriptotahliliy
xujum. Kripto-tahlilchi bir nechta m a’lumotlarning
Si, S2,
Si
shifrmatnlarigagina emas, balki
ushbu ma’lumotlarning
M i, M 2,
Mi
ochiq matnlariga ham
murojaat imkoniga ega bo‘ladi. Uning vazifasi bu m a’lumotlami
shifrlashda qo‘llangan kalit Kni topish,
yoki aynan shu kalit bilan
shifrlangan har qanday yangi m a’lumotlarning deshifrlash algoritmi
DKni topishdan iborat.
3. Ochiq matnni tanlash imkoni bo‘lgandagi kriptotahliliy
xujum. Bunda kriptotahlilchi
Si, S2,...,Si
shifrmatnlarga va ular bilan
bog‘liq bo ‘lgan
Mi, M 2, ...,Mi
ochiq matnlargagina kirish imkoniga
ega bo‘lib qolmay, balki ochiq matnlami o‘z xohishiga ko‘ra tanlash
hamda ulami keyinchalik shifrlangan
xolda olish imkoniga ega
bo‘ladi. Bunday kriptotahlil m a’lum bo‘lgan ochiq matnli
kriptotahlilga nisbatan ancha pishiq bo‘ladi, chunki bunda
kriptotahlilchi shifrlash uchun ochiq matnning kalit haqida ko‘proq
m a’lumot bera oladigan bloklarini tanlab
olishi mumkin.
Kriptotahlilchining ishi m a’lumotlami shifrlashda qo'llangan К
kalitni, yoki aynan shu kalit bilan shifrlangan yangi m a’lumotlarning
deshifrlash algoritmi DKni qidirishdan iborat.
4.
Ochiq
matnni
moslashuvchan
tanlashga
asoslangan
kriptotahliliy xujum. Bu ochiq matnni
tanlab xujum kilishning
alohida ko‘rinishidir. Bunda kriptotahlilchi shifrlanishi kerak
bo‘lgan ochiq matnni tanlash imkoniga ega bo‘libgina qolmay, balki
bundan oldingi shifrlash natijalari bilan bog‘liq xolda o‘z qarorini
o‘zgartirishi ham mumkin. Ochiq matnni oddiy tanlashga asoslangan
kriptotahlilda kriptotahlilchi odatda shifrlanishi kerak bo‘lgan ochiq
522
matiming bir nechta yirik blokini tanlab olishi mumkin. Ochiq
matnni moslashtirilgan tanlab olishga asoslangan kriptotahlilda esa u
avval sinab ko‘rish uchun ochiq matnning
maydaroq blokini tanlab
olish imkoniga ega bo‘ladi, keyin dastlabki tanlov natijalariga qarab
uning keyingi blokini tanlab oladi va h.k. Bu xujum turi
kriptotahlilchiga, awalgilariga nisbatan ham ko ‘proq imkoniyatlar
beradi.
0 ‘zbekistondada
EHM
tarmoqlarida,
alohida
hisoblash
komplekslarida va EHMdagi axborotlami ishlash tizimlari uchun
m a’lumotlami kriptografik o‘zgartirishning
yagona algoritmi joriy
qilingan bo‘lib, u O ’z DSt 1105:2009 bilan belgilab berilgan. Bu
standart EHM tarmoqlari, alohida hisoblash komplekslari va
EHMda saqlanayotgan va uzatilayotgan m a’lumotlaming krip
tografik himoyasini qo‘llayotgan tashkilotlar,
korxonalar va
muassasalar uchun majburiydir.
M a’lumotlarni kriptografik o‘zgartirishning bu algoritmi
apparat va dasturiy yo‘l bilan amalga oshiriladi, kriptografik
talablarga javob beradi va himoyalanayotgan axborotning maxfiylik
darajasini cheklab qo‘ymaydi.