• Ma’ruza 3. Texnik tizimlarda ma’lumotlar bazasi(MB). MB xarakteristikasi va modellari. Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari. MySQL tizimi. Reja
  • Axborot kommunikatsiya texnologiyalari




    Download 1,98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/52
    Sana20.05.2024
    Hajmi1,98 Mb.
    #245827
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   52
    Bog'liq
    Axborot kommunikatsiya texnologiyalari

    Nazorat savollari: 
     
    1.
    Fon Neyman printsipiga ko`ra komp’yuterlar qanda tuzilgan? 
    2.
    Komp’yuterning eng asosiy qismlarini ayting? 
    3.
    Komp’yuter shinasi deganda nimani tushinasiz? 
    4.
    Xotira va uning turlari to`g’risida ma`lumot bering? 


    33 
    Ma’ruza 3.
    Texnik tizimlarda ma’lumotlar bazasi(MB). MB xarakteristikasi va 
    modellari. Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari. MySQL tizimi. 
    Reja: 
    1. Texnik tizimlarda ma’lumotlar bazasi. Ma’lumotlarning turlari.
    2. Ma’lumotlar bazasi modellari 
    3. Ma’lumotlar bazasining asosiy ob’ektlari 
    .
    Insonda axborotni tartiblashtirish, qayta ishlash va saqlashga talab qadim 
    zamondan paydo bo’lgan. Masalan, qadim zamonlarda shoh xazinasi va soliqlar 
    miqdori singari turli xil ma’lumotlar hisobi yuritilgan. Barcha hisob-kitob ishlari 
    qo’lda amalga oshirilgan. 
    Hozirgi kunda inson qabul qiladigan axborot yildan yilga oshib borayapti. 
    Kundalik hayotimiz, har bir qiladigan ishimiz ma’lumotlarni qayta ishlash bilan 
    chambarchas bog’lanib ketgan. Umuman olganda, inson ma’lumotni kamida uch xil 
    yo’l bilan qayta ishlaydi va unga o’z munosabatini bildiradi. 
    1. 
    Fiziologik -jismoniy yo’l bilan qayta ishlash
    .
    2. 
    Ongli ravishda qayta ishlash

    3. 
    Aql-idrok va fikrlash asosida qayta ishlash
    .
    Birinchi holda, inson organizmi orqali xabarlarni qabul qilib, shunga qarab 
    ma’lumotga o’z munosabatini bildiradi. Misol uchun, issiq choynakdan ehtiyot 
    bo’ladi, achchiqni sezib ichmaydi, olovni ko’rib uning oldiga bormaydi va h.zo. 
    Ikkinchi va uchinchi hollarda ma’lumotlarni qayta ishlash juda ham murakkab 
    bo’lib, u odamning yoshi, hayotiy tajribasi, mutaxassisligi, hatto hulqi va 
    xarakteriga, unga qanchalik zarurligi singari holatlarga bog’liq. Masalan, mashina 
    dvigatelining notekis ishlashiga haydovchi darrov e’tibor bersa, haydovchi 
    bo’lmagan odam e’tibor bermaydi. Mashina dvigatelning ishlamay qolishi mashina 
    egasi uchun katta hajmdagi axborot bo’lsa, begona odamga kichik hajmdagi 
    ma’lumot bo’ladi. Inson uchun axborotlarni to’plashda uning barcha sezgi organlari 


    34 
    xizmat qilsa, katta hajmli axborotlarni tez to’plash va tahlil qilishi uchun esa bu 
    yetarli emas. Buning uchun maxsus texnik vositalar talab qilinadi. Shuning uchun 
    ham axborotlar ustida bajariladigan asosiy amallar – ularni to’plash, qayta ishlash 
    va uzatish amallarini bajarish uchun insonning turli vositalarga bo’lgan ehtiyoji ortib 
    borgan. Shu sababli, hozirgi kompyuter texnikalari vujudga keldi va axborot 
    texnologiyalari asriga yetib kelindi. Kompyuter axborotni qabul qilish, saqlash, 
    qayta ishlash va foydalanuvchiga taqdim etish xizmatini amalga oshiradi. 
    Kompyuterda katta hajmli axborotlarni saqlash va ulardan jamoa bo’lib 
    ishlashni tashkil qilish natijasida 
    ma’lumotlar bazasi (MB)
    vujudga keldi.
    Ma’lumotlar bazasibu o’zaro bog’langan va tartiblangan ma’lumotlar 
    majmuasi bo’lib, u ko’rilayotgan ob’ektlarning xususiyatini, holatini va ob’ektlar 
    o’rtasidagi munosobatni ma’lum sohada tavsiflaydi
    MBda saqlanayotgan ma’lumotlar real, haqiqiy dunyodagi ob’ektlarning 
    tavsiflarini beradi. Shu sababli, ma’lumotlarning tuzilishi ob’ektlar va ularning 
    tavsiflari o’rtasidagi mavjud aniq munosabatlar va mantiqiy aloqalarni aks ettirishi 
    zarur. MBning ish qobiliyati va samaradorligi aksariyat hollarda ma’lumotlar 
    tuzilishi qanchalik to’g’ri tashkil etilganligi va u kompyuter xotirasida qanday aks 
    ettirilganligi bilan belgilanadi.
    MB muayyan qonun-qoidalarga muvofiq tuziladi va bir qator talablarga javob 
    berishi zarur bo’lib, ulardan asosiylari quyidagilardan iborat: 
    o
    ma’lumotlarning ortiqcha takrorlanmasligi (eng kam ortiqchalik).
    Ma’lumotlarning har bir elementi MB ga bir marta kiritiladi va u yerda yagona 
    nusxada saqlanadi. Ma’lumotlarni kiritishda MBBT ularning takrorlanmasligini 
    tekshiradi; 
    o
    dolzarblashtirish imkoniyati.
    MBda saqlanayotgan ma’lumotlar eskirishi 
    mumkin. Bunda yangi ma’lumotlarni kiritish zaruriyati tug’iladi. Ma’lumotlarning 
    tuzilishi yangi ma’lumotlarni kiritish va eskirganlarini chiqarib tashlash, shuningdek 
    saqlanayotgan ma’lumotlarga o’zgartirish kiritish imkonini berishi zarur. Bunda MB 
    ning umumiy sxemasi va foydalanuvchilarning dasturlari o’zgarmasligi kerak. MB 
    sxemasiga o’zgartirishlarni faqat ma’murgina kirita oladi; 


    35 
    o
    ma’lumotlarnin butunligin ta’minlash
    Tizimda foydalanuvchilarning 
    ehtiyotsiz harakatlari oqibatida tasodifiy xatoliklar yuz berishi, dasturlarda xatolar 
    va uskunalarning to’xtab qolishi yuz berishi mumkin. MBBT bunday holatlarda 
    ma’lumotlarning yo’qolib ketmasligini va buzilgan ma’lumotlarni qayta tiklash 
    imkoniyatini ta’minlashi zarur. 
    o
    qidiruvning yuqori tezligi.
    Xotira qurilmalarida ma’lumotlarni saqlash usuli 
    ma’lumotlar bazasining muloqot rejimida ishlashini ta’minlashi zarur; 
    o
    xavfsizlik va maxfiylik.
    Foydalanuvchilar faqat ularga kerakli ma’lumotlar 
    bilangina ishlashlari zarur. Boshqa ma’lumotlardan foydalanish ular uchun 
    cheklangan bo’lishi kerak. Tizimda saqlanayotgan ma’lumotlardan bunga tegishli 
    huquqi bo’lmagan shaxslar foydalanmasliklari zarur. MBBT, odatda, 
    foydalanuvchilarni identifikatsiyalash vositalariga ega bo’ladi, bundan tashqari, 
    maxfiy axborotlarni saqlovchi MB uchun maxfiylikni ta’minlashning maxsus 
    vositalari ishlab chiqiladi; 
    o
    turli foydalanuvchilarning 
    har xil so’rovlarini
    ta’minlash imkoniyati. Bu 
    MB uchun asosiy talab hisoblanadi. 

    Download 1,98 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   52




    Download 1,98 Mb.
    Pdf ko'rish