• Ma’lumotlar bazasi modellari
  • Axborot kommunikatsiya texnologiyalari




    Download 1,98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/52
    Sana20.05.2024
    Hajmi1,98 Mb.
    #245827
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   52
    Bog'liq
    Axborot kommunikatsiya texnologiyalari

    Ma’lumotlarning turlari. 
    Kompyuterda qayta ishlanadigan ma’lumotlar o’z 
    ichiga kundalik turmushda ishlatiladigan barcha axborotlarni oladi. Hozirgi kunda 
    axborot tizimi MB qiymatlari sonli, belgili, sanalar, mantiqiy o’zgaruvchilar, grafik 
    tasvirlar, tovush, video lavha singari axborotlarni o’z ichiga oladi. 
    Sonli ma’lumotlar.
    Bunday turdagi ma’lumotlarga sonlar misol bo’ladi. 
    Sonlar butun va o’nli kasr ko’rinishida taqdim qilinadi. 
    Belgili ma’lumotlar.
    Har qanday belgili ma’lumotning qiymati ixtiyoriy 
    uzunlikdagi alifbo—raqamli belgilar majmuasidan iborat (masalan, «5», «Vatan», 
    «10

    25»,...). Ma’lumotlarni bunday ifodalash eng ko’p tarqalgan. Belgili 
    ma’lumotning qiymati «1055» ga teng bo’lsa, mashina bu qiymatni osongina songa 
    aylantirib olishi ham mumkin. Hozirgi zamon tizimlarida belgili ma’lumot sifatida 
    ixtiyoriy tuzilish va uzunlikdagi (shu jumladan, tasvir va ovoz) ob’ektlar saqlanishi 
    mumkin. 
    Mantiqiy ma’lumotlar.
    Bu turdagi ma’lumotlar (ular Bul qiymatlari deyiladi) 


    36 
    bir-birini inkor qiluvchi TRUE (rost), ya’ni «1» yoki FALSE (yolg’on), ya’ni «0» 
    qiymatlarini qabul qiladi. Ulardan tizimda ko’zda tutilgan maqsadni amalga oshirish 
    uchun foydalanish mumkin. Masalan, «lampa yoniq» (TRUE) yoki «lampa 
    o’chirilgan» (FALSE).
    Bundan tashqari, har bir MBBT da turli xil axborotlarni (rasm, tovush, video 
    lavha singari) saqlash va undan foydalanish imkoniyati beriladi. 
    Ma’lumotlar bazasi modellari
    Bugungi kunda ma’lumotlarni eng ishonchli saqlaydigan vositalardan biri 
    hozirgi zamon kompyuterlaridir. Kompyuterlarda saqlanadigan MB - bu maxsus 
    formatga ega bo’lgan muayyan tuzilmali fayl demakdir. 
    Ma’lumotlar bazasi ob’ekt yoki ob’ektlar to’plami holatini, ularning xossalari 
    va o’zaro munosabatlarini aks ettiruvchi nomlangan ma’lumotlar to’plamini 
    ifodalaydi. 
    Ma’lumotlar bazasiga ob’ektning axborot modeli deb qarash mumkin. 
    Ma’lumotlar bazasi, ma’lumotlar to’plamini cheksiz ko’p marta ishlata olish uchun 
    kerak. Agar ma’lumotlar bazasining vazifasi faqat ma’lumotlarni saqlash bo’lganida 
    edi, uning tasnifi juda oddiy bo’lardi. Lekin, uning boshqa har xil ma’lumotlar 
    elementlari bilan aloqasini ta’minlash kerakligi, MB tasnifini murakkablashtiradi. 
    Har bir MB mustaqildir. MB o’z ichki tuzilmasiga ega bo’lgan mustaqil 
    ob’ektdir va u amaliy dasturlarga bog’liq emas. Ma’lumotlarni ma’lumot 
    tashuvchilarga yozish va ularga murojaat qilish uslublari amaliy dasturiy 
    mahsulotlarga bog’liq emas. MB ga har qanday amaliy dasturiy mahsulot orqali 
    murojaat qilish mumkin va bu vaqtda MB mustaqil ravishda amaliy dasturlarga 
    bog’liq bo’lmagan holda o’z uslublarini qo’llaydi. 
    MB ni boshqarishda keng miqyosda ishlatilishi quyidagi faktorlar bilan 
    aniqlangan: 
    o
    operativligi (ma’lumotlarga tez va operativ kirish imkoniyati bilan); 
    o
    o’ng’ayligi (istalgan talabga javob ola olishligi, ma’lumotlarni 
    takomillashtirish va o’zgartiruvchi effektiv usullarning mavjudligi); 
    o
    himoyalanganligi va yaxlitligi (ma’lumotlarga ruxsatsiz kirish mumkin 


    37 
    emasligi hamda kompyuter texnik vositalarining nosozligidan himoyalanganligi). 
    Ma’lumotlar bazasi bo’yicha ko’plab mutaxassislar bugungi kunda 
    ma’lumotlar bazasini qurishga uch xil yondoshish mumkin deb hisoblashadi; 
    pog’onali (ierarxik), tarmoq va relyatsion. 

    Download 1,98 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   52




    Download 1,98 Mb.
    Pdf ko'rish