Axborot kommunikatsiya texnologiyalari




Download 1,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/52
Sana20.05.2024
Hajmi1,98 Mb.
#245827
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   52
Bog'liq
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari

Bog’lanishlar
. Relyatsion modeldagi relyatsion bog’langan ikki jadvallar 
orasidagi mantiqiy aloqalar jadval munosabatlarining bir xil o’ziga xos 
xususiyatlarining mazmun jihatidan tengligiga ko’ra o’rnatiladi.
Jadvallarni bog’lashda bir jadvaldagi yozuvning bir yoki bir necha atributi 
ikkinchi jadvaldagi yozuvning bir yoki bir necha atributi bilan bog’lanadi. 
Bog’lanishda asosan kalit deb ataluvchi atributlar ishtirok etadi. Kalitlar birlamchi 
yoki ikkilamchi bo’lishi mumkin. 
Jadvallar orasidagi munosabatlarning to’rtta turi mavjud, ular: ‘birga-bir’, 
‘birga-ko’p’, ‘ko’pga-bir’ va ‘ko’pga-ko’p’. 
Birga-bir munosabatning ma’nosi shuki, bitta jadvalning har bir yozuvi 
boshqa jadvalning faqat bitta yozuviga to’g’ri keladi (mos keladi). Misol uchun, agar 
ikkita jadvalni ko’radigan bo’lsak, ulardan birida korxona ishchilari to’g’risida 
ma’lumotlar, ikkinchisida esa-pasport hujjati ma’lumotlari bo’lsa, u holda bu 
jadvallar orasida birga-bir munosabat mavjud. Chunki, bir jadvaldagi bir yozuv 
uchun ikkinchi jadvalda faqat bitta yozuv bo’lishi mumkin. 


42 
Birga-ko’p munosabatning ma’nosi shuki, bitta jadvalning har bir yozuvi 
boshqa jadvalning bir necha yozuviga to’g’ri keladi (mos keladi). U MB da ko’p 
uchraydigan munosabatlar turidir. Berilgan munosabatlar turini ko’rsatish uchun, 
korxona mijozlari va ular bergan buyurtmalar to’g’risida ma’lumotlar bo’lgan 
jadvallarga murojaat qilishimiz mumkin. Boshqa misol sifatida korxona va unda 
ishlaydigan xodimlar orasidagi munosabatlar ko’rilishi mumkin. Xuddi shunday 
munosabatlar kompyuter va unga kiruvchi komponentlar orasida mavjud va h-zo. 
Ko’pga-bir munosabat avval ko’rilgan tur, birga-ko’p munosabat bilan 
o’xshash. Ob’ektlar orasidagi munosabatlar turi sizning nuqtai nazaringizga bog’liq. 
Misol, agar siz buyurtmalar va mijozlar orasidagi munosabatlarni ko’rsangiz, u 
holda ko’p-bir munosabatni olasiz. 
Ko’pga-ko’p munosabat ancha murakkab hisoblanadi. Relyatsion modelda 
ko’pga-ko’p munosabat ko’pga-bir yoki birga-ko’p munosabat orqali bog’lanadi. 
Buning uchun qo’shimcha jadval tuziladi va bu jadval ikkita jadvalni bog’lashga 
xizmat qiladi. 

Download 1,98 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   52




Download 1,98 Mb.
Pdf ko'rish