passiv  mashina grafikasi




Download 1,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/52
Sana20.05.2024
Hajmi1,98 Mb.
#245827
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   52
Bog'liq
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari

passiv 
mashina grafikasi
ga tegishlidir. 
Interaktiv mashina grafikasi
(IMG) bu tasvirning holati, uning shakli, 
mazmuni, o’lchamlari va rangi displey ekranida interaktiv qurilmalar yordamida 
dinamik ravishda uzluksiz o’zgartirilib, boshqarib turiladi. Zamonaviy shaxsiy 
kompyuterlarda hosil qilinadigan grafikalar amaliy jihatdan qaraganda hammasi 
interaktivdir. 
Passiv mashina grafikasiga planshetli va barabanli grafik quruvchi 
qurilmalar yordamida, shuningdek printer, kino va videokameralar yordamida hosil 
qilinadigan tasvirlar kiritiladi. Bu qurilmalar yordamida hosil qilinayotgan tasvirga 
bevosita ta`sir qilib bo’lmaydi. Displey qurilmasi, sichqoncha yordamida kiritish, 
klaviatura, skaner qurilmalari orqali tasvir hosil qilishda tasvir jarayonini 
istagancha boshqarish mumkin. 
Yukorida ko’rib utilgan hamma tasvir hosil qilish usullarining umumiy 
tomoni shundaki, bu erda tasvir raqamli protsessor yordamida hosil qilinadi. Grafik 
tasvirni hosil qilishni zamonaviy usullari bilan yaxshirok tanishish uchun kompyuter 
grafikasining ikki usulda - rastrli va vektorli usulda hosil qilinishini ko’rib chikamiz. 
Bu ikki usulning asosiy farqi ekran yuzasi bo’yicha nurni haraktlanishini 
turlichaligidadir. 
Vektorli kompyuter grafikasi - bu usulda vektorli displeylardan foydalaniladi. 
Vektorli qurilmalarda xotirlovchi elektron nurli trubka qo’llanilib, nur ekran 


47 
bo’yicha berilgan traektoriya bo’yicha bir marta yugurib o’tadi va shu holat ikkinchi 
buyruq kelmaguncha trubka xotira qurilmasida saqlanib qoladi. 
Rastrli kurilmalarda tasvir uni hosil qiluvchi nuqtalarning yig’indisi sifatida 
paydo bo’ladi. (piksel va PEL-lar yig’indisi). Rastr - deb gorizontal qatorlarning vaqt 
birligidagi yig’indisiga aytiladi. Bunda har bir qator alohida PEL lardan tashkil 
topadi. Nur ketma-ket har bir qator bo’ylab yugurib o’tadi. Har bir PEL lardan 
o’tayotganda nurning yorqinlik darajasi o’zgaradi. Displeylar turli rejimda ishlashi 
mumkin. Bir qatordagi piksellar sonini ekrandagi qatorlar soniga ko’paytmasi 
displeyning sezuvchanlik darajasini ko’rsatadi. Sezuvchanlik darajasi qanchalik 
katta bo’lsa, hosil qilinadigan tasvirni sifati ham shunchalik yaxshi bo’ladi, lekin 
teskari nisbatda apparatura tannarxi qimmatlashib boradi. 
Shaxsiy kompyuterlarda ishlatiladigan displeylar 2-xil sezuvchanlikka ega: 
1. Past sezuvchanlik - 200 vert. Nuqtalar * 320 gorizon. nuqtalar; 
2. Yukori sezuvchanlk - 200 vert. Nuqtalar * 640 gorizon. nuqtalar; 

Download 1,98 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   52




Download 1,98 Mb.
Pdf ko'rish