86
87
– oddiy va qulay ishlatiladi. Skaner klavishlari tez ishlaydi;
–
har xil hajmdagi hujjatlarni, jumladan, qalin kitoblarni ham
qulay
skanerlash mumkin;
– o‘quv materiallarni, hujjatlar, kitoblar,
rasm va boshqalarni tez
skanerlaydi.
Bunday «Epson» skanerlaridan foydalanib, arxiv hujjatlarini
raqamli formatga o‘tkazish, yangi tarqatma materiallar tayyorlash,
matn, grafiklar, rasmlar va fotorasmlar tayyorlash tez va ishonchli
amalga oshiriladi. Mutaxassis bo‘lmagan kishi
ham bemalol bun-
day skanerlardan foydalanishi mumkin.
Quyida shunday «Epson» skanerlariga qisqacha izoh beramiz.
«Epson» V33/V330 axborot-kutubxona muassasalari, o‘quv
yurtlari uchun mo‘ljallangan eng ko‘p ishlatiladigan skanerlardan
biridir.
V33 va V330 slayd skaner plyonka va slaydlarni skanerlash
uchun ishlatiladi.
«Epson» GT–1500
turli xil hajmdagi, oddiy hujjatlarni va hatto
ko‘p betli hujjatlarni avtouzatuvchi (avtopodatchik) yordamida tez
skanerlaydi.
«Epson» CT 550/50N arxiv hujjatlariga ishlov berishda va ular-
ni raqamli formatga o‘tkazishda ishlatiladi.
«Epson» V330
«Epson» GT–1500
«Epson» CT 550/50N
41- rasm.
«epson» skanerlari.
«Epson» kompaniyasi tomonidan ishlab
chiqarilayotgan proyek-
torlar to‘g‘ridan to‘g‘ri axborotlarni asl nusxasidan ko‘rsatish im-
koniyatiga ega. Kitobdan, jurnaldan va boshqalardan proyektorning
88
89
qo‘shimcha vositasi hujjat kamera orqali amalga oshiriladi. Asosiy
xususiyatlari quyidagilardan iborat:
–
turli xil hujjatlar, matnlar, kitob va jurnaldagi rasmlar va
boshqalar skaner qilinmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri asl nusxadan katta
ekranga uzatilishi mumkin;
– taqdimotlarda, kitob obzorlarida yozilgan
axborotlarni hatto
oddiy doskalarga ham uzatish imkoniyatiga ega;
– taqdimot o‘tkazayotgan kishining soyasi ekranga tushmaydi.
O‘ta tez yoqib o‘chirilishi bilan farqlanadi;
– 3LCD texnologiyasi asosida xavfsiz va sifatli tasvirni
ta’minlaydi.
42- rasm.