Diazografik nusxa ko‘chirish (yorug‘lik nusxa ko‘chirish)




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/177
Sana30.05.2024
Hajmi17,68 Mb.
#257805
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   177
Bog'liq
55c441c91d60c

Diazografik nusxa ko‘chirish (yorug‘lik nusxa ko‘chirish)
– bu diazografiya, sinkografiya. Asosan, katta shakldagi chizma-
texnik hujjatlardan nusxa ko‘chirish uchun qo‘llaniladi. Asl nusxa 
yorug‘likni o‘tkazadigan qog‘ozda, kalkada bajarilgan bo‘lishi ke-
rak. Jarayon yorug‘lik sezuvchi diazoqog‘ozga qo‘yilgan shaffof 
asl nusxa yoritilib hosil qilinadi, bunda diazoqog‘ozning tasvir yo‘q 
joylari oqarib qoladi. Tasvir yarim quruq usul bilan tortib turuvchi 
shkaflarda yoritgich (ammiak) yoki nam usul bilan ishqorli qorish
-
mada tushiriladi; oxirgi holatda nusxalarning chidamliligi ortadi. 
Diazotipli nusxa ko‘chirishning sifati o‘rtacha. Rossiyada ishlab 
chiqarilgan SKA, SKN, va KVS, SKS, SKMP va boshqa apparat-
lar ishlatiladi. Tuzilishi va nusxa ko‘chirish texnologiyasi bo‘yicha 
namli tushirish apparatlari (masalan, SKMP) yarim quruq tushirish 
apparatlariga nisbatan (masalan, SKS) birmuncha oddiy va arzon-
dir, lekin nusxa ko‘chirish sur’ati va ish sifati past. 
Yaqingacha juda keng taralgan nusxa ko‘chirishning bu turi o‘z 
o‘rnini elektrografik nusxa ko‘chirishga bo‘shatib bermoqda. 
termonusxa ko‘chirish
– eng tezkor nusxa ko‘chirish usuli 
(daqiqasiga o‘nlab metr), u nusxani maxsus, anchagina qimmat ter-
moreaktiv qog‘ozga yoki termonusxa ko‘chiriladigan qog‘oz orqali 
oddiy qog‘ozga olish imkonini beradi. Termografik nusxa ko‘chi-
rish usuli quyidagichadir: hujjatning asl nusxasiga yarim shaffof 
termoreaktiv qog‘ozning sezgir qatlami qaratib qo‘yiladi. 
Keyin shu qog‘oz orqali hujjat issiqlik nurlarining jadal oqimi 
bilan nurlantiriladi – asl nusxaning qora joylari bu nurlarni yutadi 
va qiziydi, yorug‘ joylari issiqlik nurlarini qaytaradi va ancha kam-
roq qiziydi. 
Asl nusxaning ma’lum joylari qizishi natijasida unga yopishgan 
termoreaktiv qog‘ozga uzatiladi, bu qog‘ozning qizigan joylari esa 
qorayadi (qorayish yorug‘likni sezuvchi qatlamdagi pigmentning 
erishi oqibatida yoki pigment hosil qiluvchi kimyoviy reaksiyaning 
issiqlik ta’sirida bo‘lib o‘tadi). 
Termonusxa ko‘chirishning kamchiliklari: yuqori bo‘lmagan 
sifat, nusxalarning saqlanish muddati kamligi (1–2 yildan keyin 


102
103
ularning rangi o‘chadi va oqaradi), ishlatiladigan qog‘ozi qimmat.
Modellari Molniya, TENKA,TR–4 va boshqa apparatlar. 

Download 17,68 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   177




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Diazografik nusxa ko‘chirish (yorug‘lik nusxa ko‘chirish)

Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish