106
107
cham dagisini ko‘chirishi bilan ajralib turadi. Bu apparatlarning
markirovkasi ikki harfdan – EN asliy va nusxaning o‘lchamini bil-
di radigan raqamdan iborat bo‘ladi. Masalan, EN–11K1, EN–12 K1.
O‘qib nusxa ko‘chiradigan elektrofotografik apparatlar.
Keyingi paytda mikrofilmga oladigan
apparatlar tez rivojlanib
ketdi. Binobarin, mikroplyonkaga
axborot yozib olish, ulardan ax-
borot-kutubxona ishlarida keng foydalanish kengaymoqda.
Pefaratsion hisoblash mashinasi bilan bir qatorda mikrofilmga
olish,
axborotni qayta ishlab, uni iste’molchiga yetkazib berishda
bu tipdagi apparatlar qulay texnika vositasi hisoblanadi. Mikro-
filmga olingan axborotni ko‘chirish va o‘qitish, shuningdek, tanlab
olingan kadrlarning nusxasini olish uchun o‘qib nusxa ko‘chiradi-
gan apparatdan foydalaniladi.
Bu apparatlar ikki qismdan iborat:
– apparatning o‘qiydigan qismi;
– elektrofotografik nusxa ko‘chirish qismi.
Axborot markazlari va ilmiy-texnika kutubxonalarida o‘qib
nusxa ko‘chiruvchi apparatning 3 tipdagi elektrofotografik mashin-
kalari – EP, ER, EN ishlatiladi. Kattalashtirilgan pozitiv nusxa-
ni elektrofotografik usul bilan pozitiv
hamda negativ mikrofoto
nusxadan tayyorlash mumkin.
Bunday apparatning «Pozitiv-pozitiv» sxemasi bo‘yicha nusxa
ko‘chirishda ko‘chiriladigan asliy nusxa ma’lum vaqt nur ostida
qoldirilib, u yarimo‘tkazgichli foto qatlamga o‘tkazish yo‘li
bilan
olib boriladi. Negativ mikrofilmlardan «negativ-pozitiv» sxemasi
bo‘yicha nusxa ko‘chirish esa o‘ziga xos xususiyatga ega. Ma’lum-
ki, pozitiv mikronusxa tayyorlashda nur ostida oldirilgan nusxa
ikki foto kimyoviy jarayonda ishlanadi:
a)
negativ olish jarayonida;
b) pozitiv olish jarayonida.
Ma’lumki, negativli uslubda nusxa ko‘chirish va uni tayyorlash
arzon va qulaydir.